Mundarij a


Kirish Mavzuning dolzarbligi



Download 87,2 Kb.
bet2/16
Sana31.12.2021
Hajmi87,2 Kb.
#228748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
xurshidaga

Kirish Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqllikka erishishi tufayli barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu o‘zgarishlar uzluksiz ta’lim tizimiga ham tegishli bo‘lib, maktabgacha ta’lim zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017—2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida 2016-yil, 29-dekabrdagi 2707-sonli PQ da maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator chora tadbirlar belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni harakatlar strategiyasining 4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bandida ham maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ham ko‘rsatilganidek maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lomva yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Yosh avlod shaxsini shakllantirish vazifasini esa maktabgacha ta’limning, samarali psixologik-pedagogik metodlarini yaratib, amaliyotga joriy etmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi. Ma’lumki, bolalarni maktabga tayyorlashda tevarak-atrof bilan tanishtirish muhim o‘rin tutadi.Tevarak-atrofni o‘rganish narsa va hodisalarni idrok etish, o‘zini qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida fikr yuritish, o‘ylash, nutq o‘stirishni rivojlantirishga yordam beradi. Tovush va so‘zni tug‘ri talaffuz etish bola shaxsining shakllanishida katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan tevarak-atrofni o‘rganishga oid mashg‘ulotlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirishga alohida e’tibor berilmog‘i lozim. Hozirgi zamon talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar adabiy talaffuz meyorlariga binoan faol o‘z lug‘atidagi barcha tovush va so‘zlarni aniq va tiniq talaffuz etib, urg‘ularning to‘g‘riligiga rioya qilmog‘i lozim. Tevarak-atrof bilan tanishtirish maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oldiga qo'yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha taълим yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo'lga qo'yar va boshqarar эkan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olamni bilishga bo'lgan qiziqishini o'stiradi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga aҳloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda ularning sўz boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fik grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. Agar bola kichik yoshidan boshlab to'g'ri gapirishga (so'zlashishga) o'rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola меъёр holatda rivojlanadi, ya’ni awвal tasavvur etish, kеyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi.Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, шуningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur vah.k.) shunchaki bola organizmining o'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo'lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takomillashadi. Bolaga nutqini o‘stirishda tevarak-atrof bilan tanishtirishni o'rgatish bilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatiladi.Ko'pgina tajribalar shuni ko'rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to'liq shaxs sifatida kamol topmaydi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o‘rganish jarayonida nutqni rivojlantirishning samarali yo‘llari hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch bo‘ladigan tavsiyalarni yoritishga qaror qildik.


Download 87,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish