3.2. MAKTABGACHAKATTAYOSHDAGIBOLALARNUTQINIRIVOJLANTIRISHGAOIDMASHG‘ULOTLARNIREJALASHTIRISHVATASHKILETISH.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh hamda individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olishni aytilsa ham amalda unga deyarli e’tibor berilmadi. Shuning uchun ham “Ta’lim to’g’risidagi qonun”ning 8-moddasida Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi- deb belgilab qo’yilgan.
. Kadrlar malakasining pastligi, shubxasiz, hozirgi sharoitda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nega-ki, jaxon standartlari asosida nutqni rivojlantirishning hozirgi zamon metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari yuksak mezonlar bilan ulchanadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning qulay shart-sharoitlarini aniqlash natijasida ularning tevrakatrof obyektlarini o‘rganishlarida quyidagi metodlardan foydalangan holda o‘z ishlarini rejalashtirishlari maqsadga muvofiq degan xulosaga keldik: - kuzatish metodi (qurilayotgan bino, inshootning diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirish, boqqa sayohat va shu kabilar); - fotosuratlar, videoroliklar namoyish etish (tevarak-atrof obyektlarini bevosita o‘rganish imkoni yo‘q bo‘lgan takdirda); - o‘yinchoqlarni tomosha qilish. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid mashg‘ulotlarni rejalashtirishda suhbat metodi, imitatsiya metodi, qayta hikoyalash va og‘zaki insho metodlaridan foydalanishni alohida hisobga olish zarur. Nutqni rivojlantirishda S.V.Petrina tomonidan tavsiya etilgan ko‘rgazmali o‘yinmashg‘ulotlari va etnik harakterdagi o‘yin inssenirovkalar ham muhim o‘rin tutadi. Aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, nugqni rivojlantirishda suhbat, ko‘gazmali hamda o‘yin usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda ko‘roq quyidagi usullarni qo‘llash mumkin: - nutqiy namuna (bu tarbiyachining tug‘ri va sayqallangan nutq faoliyati); - takrorlash (aynan bir xil nutq elementlari tovushlar, so‘zlar, iboralardan bir necha marta foydalanish); - tushuntirish (biron-bir hodisa yoki harakat obrazining mohiyatini ochib berish); - maktabgacha yoshdagi bolalarga qanday harakat qilish, talab qilinadigan natijaga qanday erishish lozimligini ko‘rsatish, izohlash — maktabgacha katta yoshdagi bolalarning muayyan nutq harakatini ko‘p marta bajarishi. Maktabgacha ta’limning hozirgi advoli damda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini hisobga olib, bolalar bog‘chasida mashg‘ulotlarni rejalashtirishda, avvalo, nutq o‘stirish bo‘yicha ustivor masalalarni hisobga olmoq lozim. Ushbu metodning mohiyati quyidagilardan iborat; Adabiy manbalarni taqlil qilish, ish tajribalarini o‘rganish asosida so‘rovnomalar natijalari hisobga olindi. Qayd etuvchi eksperimentlar yetgkazilib, maktabgacha katta yoshdagi bolalar tomonidan tevarak-atrofni o‘rganiisha ular nutqini rivojlantirish masalalarini u yoki bu darajada hal etish aniqlanadi. So‘ngra ekspertlar tanlandi (bular yetakchi olimlar, metodistlar, tajribali tarbiyachilar va boshqalar). Maktabgacha katta yoshdagi bolalarnigvarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nutqini rivojlantirishga oid masalalar ruyxati
Do'stlaringiz bilan baham: |