II bob yuzasidan xulosa: Bitiruv malakaviy ishimizning II-bobida “Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrofolam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarining ahamiyati” bo‘lib, bunda Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida makgabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirish usullari, bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlashi, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlash, jumlalar mazmuni kengaya borishi, grammatik tomondan gapni to‘g‘ri tuza boshlashlari, lug‘at boyligi ham ortib borishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutq madaniyatini o‘sishida oilaning o‘rni, ota-onalar avvalambor, bolalarining nutq madaniyatini nazorat qilib borishlari, bolalari nutqqa jiddiy e’tibor berishlari, muloqotda nutq etiket qoidalariga rioya qilishlari, bola nutqini takomillashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari kerakligi keng yoritib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |