Mundarij a kirish



Download 61,39 Kb.
bet7/7
Sana09.04.2022
Hajmi61,39 Kb.
#539077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
M U N D A R I J A

2-jadval. G‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy xulqli bolalar va o‘smirlarning qiziqishlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma natijalari (% hisobida)

namoyon qilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy xulqqa ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘zlarining g‘ayriqonuniy harakatlariga nisbatan bo‘lgan qiziqishlarini yashirishga harakat qiladilar.


Shuning uchun tadqiqotimizda ishtirok etgan respondentlarning garchand g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy harakatlarga nisbatan qiziqishlari darajasi past bo‘lsa-da, ular tomonidan g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy harakatlarning amalga oshirilganlik holatini ko‘rishimiz mumkin.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, g‘ayriijtimoiy qiziqishlarga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning barchasi ham g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlarni amalga oshiravermaydi. Ular uchun g‘ayriijtimoiy qiziqish ba’zan shunchaki bir qiziquvchanlik ko‘rinishida namoyon bo‘lganligi kuzatiladi.
G‘ayriijtimoiy harakatlarga nisbatan qiziqishi yuqori bo‘lgan bolalar va o‘smirlard xulq og‘ishining kelib chiqmasligining oldini olish uchun, eng avvalo, ulardagi g‘ayriijtimoiy qiziqishlarga barham berish, ularda axloqiy, huquqiy va ma’naviy me’yorlarga bo‘lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqotlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, bolalar va o‘smirlarning g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy harakatlari shaxs xususiyati va ijtimoiy vaziyatlarga bog‘liq holda yoki moddiy boyliklarga nisbatan qiziqishlarning ta’siri ostida sodir etiladi.
Moddiy qiziqishlar tadqiqotimiz natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, bolalar va o‘smirlarda yosh davriga ko‘ra turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan, 11-15 yoshda asosan «gastronomik», ya’ni oziq-ovqatga (shirinlik, konfet, muzqaymoq, shirin taom) nisbatan bo‘lgan qiziqish yorqin ifodalanadi. Buni so‘rovnomada «shirin taom va shirinlikni yoqtirasanmi?» deb berilgan savolga 12-15 yoshli bolalarning 86,2%i «yoqtiraman» deb, 1,6%i esa «yoqtirmayman» deb javob berganliklari ham ko‘rsatib turibdi. 12-13 yoshda spirtli ichimlikni iste’mol qilish va tamaki chekishga nisbatan bo‘lgan qiziqish boshqa yosh davriga qaraganda ancha kam ko‘rsatkichga ega ekanligi kuzatildi. Ya’ni, bu yoshda spirtli ichimlik iste’mol qilish va tamaki chekishga bo‘lgan qiziqish ko‘rsatkichi 10,6%ga teng bo‘lgan bo‘lsa, 16-17 yoshda keskin oshganligi, xususan, 56,8%ga ko‘tarilganligini ko‘ramiz. Shuningdek, bu yoshga kelib, yaxshi kiyinish va kiyim-kechakka nisbatan bo‘lgan qiziqish ham nisbatan oshganligi kuzatiladi (48,2%).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bolalar va o‘smirlarda g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy xulqning kelib chiqishida moddiy qiziqishlarning yetakchilik qilishi va ularning namoyon bo‘lishi ular shaxsining individual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq ravishda yuzaga kelganligi kuzatiladi. Shu boisdan bunday qiziqishni shakllantiruvchi shart-sharoitlar va omillarni tadqiq qilish g‘ayriijtimoiy qiziqishlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.
Shuningdek, voyaga yetmagan bolalar va o‘smirlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalarni aniqlab, mahalla yig‘inlarida muhokama qilish, ularga jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish, lozim hollarda ushbu ota-onalar bilan tegishli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish va mahalla faollaridan birini ularga biriktirish; huquqbuzarlik, jinoyat qilishga moyil va tarbiyasi og‘ir bo‘lgan voyaga yetmaganlarni aniqlab, ularning qiziqishlari, iqtidorlariga qarab ularni har xil to‘garaklarga jalb qilish; mahalla faollarining voyaga yetmaganlar xulq og‘ishining oldini olish ishlarida mahalla, maktab, oila hamkorligini ta’minlashga erishish; voyaga yetmaganlarni mahalla jamoatchilik ishlari, turli xil tadbirlar, mahalla ijtimoiy hayotiga keng ravishda jalb etish; mahallada istiqomat qilayotgan voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganliklarini maktab, ota-onalar bilan hamkorlikda nazorat qilish; moddiy-maishiy sharoitning yetarli emasligi voyaga yetmaganlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’sir etishini hisobga olib, bunday oilalarga mahalliy hokimiyat, ijtimoiy ta’minot idoralari va xayriya jamg‘armalari tomonidan moddiy yordamlar berib turishni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

1

2

3

4


Download 61,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish