Kurs ishining ilmiy-nazariy va metodologik asosi: “Oliy ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek, mavjud adabiyot va ilmiy tadqiqot ishlari olib brogan pedagogik olimlarning nazariy qarashlari, chet el olimlarining ilgari surgan fikrlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik manbalarda bayon etilgan ta’limotlarga tayanildi.
Ishning amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida boshlang’ich ta’limning savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid ilmiy-pedagogik qarashlar, nazariy yondashuvlar bilan boyitildi. Shuningdek, savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish asosida ta’lim jarayonini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, texnologiyalari, uni tashkil etish yo‘llari, shakl va metodlari, o‘quv-biluv jarayonini tashkil etishga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan ta’lim jarayonida foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |