3.3.5 – jadval.
“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasi Urgut fermentatsiya zavodining 2013-2015 yillarda asosiy vositalar samaradorligining mehnat unumdorligi va ularning mehnat resurslar bilan ta’minlanganligini.
|
Ko’rsatgichlar
nomi
|
O’lch. bir.
|
2013
yil
|
2014
yil
|
2015
yil
|
2015 yilda 2014 yilga nisbatan
|
(+;-)
|
%
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
1
|
Mahsulot sotishdan tushgan tushum
|
ming.
so’m
|
1706335
|
2855083
|
2935461
|
80378
|
102,8
|
2
|
Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati
|
ming.
so’m
|
81832
|
111076
|
149632
|
38556
|
134,7
|
3
|
Ishlovchilarni o’rtacha ruyxatdagi soni
|
kishi
|
167
|
207
|
173
|
-34
|
83,6
|
4
|
Asosiy vositalarning samaradorligi,(1k /2k)
|
ming.
so’m
|
20.8
|
25.7
|
19.6
|
-6.1
|
76.3
|
5
|
Mehnat unumdorligi
|
ming.
so’m
|
10217,5
|
13792,6
|
16967,9
|
3175,3
|
123,0
|
6
|
Asosiy vositalarning xodimlar bilan ta’minlanganligi
|
ming.
so’m
|
490.0
|
536.6
|
864.9
|
+328.3
|
161
|
Manba. “O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasining Urgut fermentatsiya zavodi hisobotlari.
“O’ZBAT A.O.” qo’shma korxonasi Urgut fermentatsiya zavodining 2013-2015 yillarda asosiy vositalar samaradorligining mehnat unumdorligi va ularning mehnat resurslar bilan ta’minlanganligini tahlili mahsulot sotishdan tushgan tushum ko’rsatkichlari yillar davomida o’zgarib borgan. 2013 yilda 1706335 ming so’mni, 2014 yilda 2855083 ming so’mni va 2015 yilda 2935461 ming so’mni tashkil qilgan.Bu ko’rsatkichlarni o’tgan yil bilan solishtirsak, ya’ni 2015 yilni 2014 yildan ayirsak 80378 ming so’mga ko’p mahsulot ishlab chiqilgan yoki 102,82 foizga teng bo’lgan. Asosiy vositalarni o’rtacha yillik qiymati 2014 yilda 111076 va 2015 yilda 149632 ming so’mga teng bo’lgan. Ishlovchilarning o’rtacha yillik soni 34 kishiga kamayib 83,57 foizni tashkil qilgan. Asosiy vositalarning samaradorligi 2013 yilda 20,85 so’mni, 2014 yilda 25,70 so’mni va 2015 yilda 19,61 so’mlik samarali bo’lgan. 2015 yilni 2014 yil bilan solishtirsak, 6,09 so’mga kamaygan yoki 76,3 foizni tashkil qilgan. Mehnat potensialini natijaviyligi, ya’ni mehnat unumdorligi, bu ko’rsatkich 2013 yilda 10217,57 ming so’mni, 2014 yilda 13792,67 ming so’mni va 2015 yilda 16967,98 ming so’mni tashkil qilgan. 2015 yilni 2014 yil bilan solishtirsak, 3175,311 ming so’mga oshgan yoki 123,02 foizni tashkil qilgan. Asosiy vositalarning xodimlar bilan ta’minlanganligi 2013 yilda 490,0ming so’mni, 2014 yilda 536,6ming so’mni va 2015 yilda 864,93 ming so’mga teng bo’lgan. O’tgan yil bilan solishtirsak, 328,3 ming so’mga ko’p asosiy vositalar bilan ta’minlangan yoki 161 foizga teng bo’lgan. Korxonadagi debitorlik qarzlari 52 foizga kamaygan. Kreditorlik qarzlari esa o’tgan yilga nisbatan 80,9 foizga yoki 615528 ming so’mga oshgan. Korxonaning iqtisodiy ko’rsatgichlarini yaxshilash uchun quyidagilarni amalga oshirilishi kerak:
o’z mablag’lari ulushini xo’jalik mablag’’lari so’mmasida, shuningdek, aylanma mablag’’lari ichida oshirish,
jalb qilingan mablag’lar ulushini kamaytirish,
debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish,
- muddati utgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini tugatish.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mulkchilikning turli shaklida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda xodimlarni moddiy jihatdan rag’batlantirishning eng maqbul shakl va uslublarini topish va qo’llashni taqozo etmoqda. Ana shu masalada moddiy jihatdan rag’batlantirishning korxona faoliyati natijalari, bu natijalarga erishishda har bir xodimning hissasini hisobga olish bilan bog’liqligini ta’minlash, ish haqining davlat tomonidan boshqarilishi, bozor konyunkturasi iloji boricha to’liq hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |