Terminallarda transport xizmatlar ko‘rsatish
Terminallar namunaviy (tiplashgan) yoki individual loyihalar bo‘yicha, shuningdek amaldagi yuk avtostansiyalari va boshqa omborxona binolarini rekonstruksiya qilish yo‘li bilan yaratiladi. Terminal o‘zida ishlab chiqarish-omborxona korpusi, ko‘prikli kranga ega bo‘lgan konteyner maydonchasi, katta gabaritli yuklar uchun mo‘ljallangan maydoncha, tirkamalarni tirkash uchun mo‘ljallangan maydoncha, avtopoezdlarning turish joylari, avtomobil tarozisi, ma’muriy-maishiy korpusni o‘z ichiga oladigan muhandislik-texnik inshootlar majmuasini taqdim qiladi. Terminalga xizmat ko‘rsatuvchi harakatlanuvchi sostavga texnik xxizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash, konteynerlarni mayda ta’mirlash uchun ishlab chiqarish-omborxona korpusida mos keluvchi uchastkalarni jihozlash tavsiya qilinadi. Magistral tashishlarni amalga oshiradigan haydovchilar uchun terminal qoshida ovqatlanish punkti va mehmonxona bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Terminal tomonidan bir yilda ishlov beriladigan yuklar miqdori terminalning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. YUk terminalining quvvati, uning ixtisoslashganligi va foydalaniladigan texnik vositalarning ro‘yxati tashishlar hajmi, tashiladigan yuklarning nomenklaturasi, bajariladigan operatsiyalar va yuklarni etkazib berishni ta’minlash bo‘yicha transport xizmatlarining ro‘yxati bilan belgilanadi. Yirik terminallarda omborxonalarni yaratish va ekspluatatsiya qilishda ularni rivojlantirishning quyidagi texnik tendensiyalari hisobga olinadi:
yuklarni ko‘p yarusli (qavatli) joylashtirish;
saqlash zonasini maxsus shtabellovchi mashinalar (avtomatik stellajlar va ko‘prikli kran-shtabelerlar) bilan jihozlash;
yuklarni omborxona ichida ko‘chirish uchun mo‘ljallangan, avtomatik adreslashtirishga ega bo‘lgan uzluksiz transport vositalarini yuklarni taqsimlash, to‘plash va saralash uchastkalarini tashkil qilish bilan qo‘llash;
omborxonalarni yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar (paket shakllantiruvchi mashinalar, upakovka qilish, qayta yuklash, tortish, yuklarni sanash, yuk o‘rinlarining gabaritlarini nazorat qilish qurilmalari va hokazolar) bilan jihozlash.
Kichik partiyali yuklarni etkazib berish uchun terminalda omborxonalar to‘rtta zonaga – yuklarni qabul qilish zonasi, saralash zonasi, jo‘natish zonasi va shuningdek eksport-import yuklarni qayta ishlash zonasiga bo‘linadi. Omborxona maydonidan ratsional foydalanish va yuklarni qayta ishlash uchun omborxona stellajlar, ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, tagliklar, takelajlar, yuklarni markirovkalash (tamg‘a bosish) vositalari bilan jihozlanadi.
Omborxonalar harakatlanuvchi sostavni yuklash-tushirish uchun mo‘ljallangan postlarning zaruriy soniga ega bo‘lishi lozim. Omborxonalarning eshiklari ikki tomonga siljib ochiladigan bo‘lishi, yong‘inga qarshi qurilmalar va signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim. Kichik partiyali yuklar uchun mo‘ljallangan omborxonalar yuklash-tushirish mashinalarining (pogruzchiklar) turli avtomobillarning kuzovlariga kirib-chiqishi uchun mo‘ljallangan muvozanatlovchi maydonchalar va tashqi rampalar (past to‘siqlar) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Omborxonalar, rampalar, maydonchalarning pollari, yuklash-tushirish postlariga kelish-ketish yo‘llari qattiq, tekis bo‘lishi, iloji boricha asfalt-beton yoki sement-beton qoplamaga ega bo‘lishi lozim.
Terminal omborxona binolarining ichi va butun territoriyaning yoritilishiga ega bo‘lishi lozim, bu sutkaning qorong‘i paytlarida ham ishlarni bajarish imkonini beradi. Terminalda kichik jo‘natmalarni yuklash va ularni qabul qilib oluvchilarga tarqatishni kunning birinchi yarmida, yuklarni yig‘ish va terminalga olib kirishni – kunning ikkinchi yarmida amalga oshirish tavsiya qilinadi. Jo‘natmalarni saralash va yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlashtirishni, xalqaro bog‘lanishlarda qatnaydigan avtopoezdlarni kechqurun va tungi vaqtda yuklash tavsiya qilinadi. SHunga ko‘ra terminalning 2-3 smenali ish rejmmida ishlashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Terminallarda tashishlarni operativ rejalashtirish, tashishlarni informatsion ta’minlash, yuklarni hisobga olish, yuklarni omborxona ichida qayta ishlashni nazorat qilish va tahlil qilish masalalarini hal qilish uchun shaxsiy elektron-hisoblash mashinalariga, shuningdek zamonaviy aloqa vositalariga ega bo‘lish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |