Mundarij a I. I o‘quv materiallar (ma’ruza)


YUkni jo‘natishga buyurtmani rasmiylashtirish



Download 8,83 Mb.
bet100/138
Sana20.09.2021
Hajmi8,83 Mb.
#179785
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138
Bog'liq
2 5408966548545080053

YUkni jo‘natishga buyurtmani rasmiylashtirish

Muntazam shaharlararo liniyalarda yuklarni tashishning yuk egalariga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlaydigan (yuklarni eng kichik transport xarajatlari bilan kafolatlangan muddatlarda etkazib berish va tashiladigan yuklarning to‘liq saqlanishini ta’minlash, shuningdek harakatlanuvchi sostavda joy bron qilish) progressiq texnologiyalari qo‘llaniladi.

Bir jinsli yuk partiyasining butun hajmi transport vositasining yuk ko‘tarish quvvati yoki yuk sig‘diruvchanligiga ekvivalent bo‘lgan hollarda yukning konkret partiyasini konkret transport vositasining konkret yukxonasida tashish uchun jo‘natmaga buyurtmani rasmiylashtirish ("bukirovka qilish", "birkitish", "bron qilish") operatsiyasi va tashuvchi tomonidan bunday buyurtmaning qabul qilinishi (tasdiqlanishi) unchalik murakkab bo‘lmaydi.

YUkni yig‘ma partiyalar bilan "liniyali xizmat ko‘rsatish" (linerservice): liniyali kemachilik. liniyali aviareyslar, yig‘ma poezdlar, yig‘ma vagonlar, yig‘ma konteynerlar texnologiyasi tamoyillari asosida ekspluatatsiya qilinadigan transport vositalariga “birkitish” texnik jihatdan anchagina murakkab. Transport vositasida yuk sig‘diruvchanlikni rezervlash amaliyoti transportning barcha turlarida bir-biriga o‘xshash bo‘ladi, shu sababli uni liniyali kemani yuklar bilan komplektatsiyalash misolida ko‘rib chiqamiz.

YUklarni bukirovka qilish bilan shug‘ullanar ekan, liniya agenti tarmoqdagi barcha davriy tijorat nashrlarida liniyaning eng yaqin davr – hafta, oy uchun jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan reklama e’lonini chop qiladi. Bundan tashqari agent doimiy ravishda jadvalni aniqlashtirish, korrektirovka qilish ishlarini olib boradi va bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mijozlarga etkazadi (sailinglist). Yirik yuk egalari va ekseditorlarga liniyaning kelgusidagi jadvallari va reklama materiallari muntazam ravishda yuborib turiladi.

O‘zining yukini e’lon qilingan jadval bo‘yicha ishlaydigan kema bilan yuborish uchun yuk jo‘natuvchi (ekspeditor) agentga pochta, teleks, faks yoki telefon orqali yukning xarakteristikasi, kemaning nomi va jadval bo‘yicha jo‘nash sanasini ko‘rsatish bilan yukning konkret partiyasini jo‘natishga buyurtma beradi.

Agentlik kompaniyasining bukirovkalash bo‘limi (bookingdepartment) kemaning umumiy sig‘diruvchanligidan agentning ixtiyoriga ajratilgan kvota doirasida (ellotment) yuklarni kemalarga bukirovka qiladi (birkitadi, bron qiladi). Ellotmentlarning mumkin bo‘lgan taqsimlanish sxemasi 8-rasmda keltirilgan.

8-rasm. Ellotmentlarni taqsimlash sxemasi

Bukirovkalash davomida agentlar kema egasining dispetcherlik apparati bilan uzluksiz bog‘lanishni yo‘lga qo‘yadi. Kema egasi kemaning har bir kirish portidagi tonnajga bo‘lgan talabga bog‘liq ravishda bukirovkaning borishini faol tarzda o‘zgartirishi mumkin, masalan, talab yuqori bo‘lganda agentlar o‘rtasida ellotmentlarni o‘zgartirish, liniyaga qo‘shimcha kema qo‘yish yoki kattaroq tonnajga ega bo‘lgan boshqa kema qo‘yish, talab past bo‘lganda – portgp kirishni bekor qilish, agent tomonidan sig‘imni fraxtlashdan foydalanish bilan bron qilingan yukni shu manzilga boradigan boshqa kemada, jumladan, liniyada birgalikda ishlaydigan sheriklardan birining kemasida va hatto raqobatchi liniyaning kemasida jo‘natish hollari o‘z o‘rniga ega bo‘ladi (ushbu maqsadlar uchun ba’zan yagona bukirovkalash markazlaridan foydalaniladi).

Tashish uchun taklif qilingan yukni qabul qilishdan bosh tortishga hohlanmaydigan hodisa sifatida qaraladi, bu “ishonchli tashuvchining” bozordagi obro‘sining pasayishiga olib kelishi mumkin (reliablecarrier). Ushbu qoida maxsus yuklarni: xavfli yuklarning ba’zi bir klasslari, ulkan yuklar, o‘ta og‘ir yuklar, o‘ta uzun yuklar (12 m dan oshiq), past temperaturalarda tashishni talab qiladigan yuklar, quyilgan yoki uyilgan holda tashiladigan yuklar, jadvalda ko‘zda tutilmagan portlarga etkazilishi lozim bo‘lgan yuklar, kema seyfida tashilishi lozim bo‘lgan qimmatbaho yuklarni (qulf ostidagi yuk - lockercargo) tashishga taalluqli bo‘lmaydi.

Ba’zan jo‘natuvchining o‘zi, yukning og‘irligi va hajmi, portga etib kelish sanasi unga hali aniq ma’lum bo‘lmagan hollarda shartli bukirovka qiladi. Agent shartli bukirovkani qabul qiladi, biroq yuk to‘g‘risidagi informatsiyani aniqlashtirishning eng chekka muddatini belgilaydi. Agent yukni jo‘natish uchun qabul qilib olgandan keyin bukirovkaga tartib nomeri beradi va yukni unga yukning rekvizitlari kiritiladigan maxsus reestr – buking-varag‘iga (bookinglist) kiritadi (9-rasm). Buking varag‘i va unga qo‘shimcha qilinadigan barcha informatsiya kema egasiga teleks (faks) bo‘yicha yuboriladi.

YUk etib kelgandan keyin, stividor tomonidan ko‘zdan kechirilgandan keyin, ekspeditor tomonidan tayyorlangan konosament va yuklash orderining qoralamasi bilan tanishgandan keyin buking-varag‘idagi ma’lumotlar aniqlashtiriladi va u tartib bo‘yicha keyingi transport hujjati – “yuklashga ruxsatnoma” ga (loadingpermit) aylanadi.




Reys № i

Etkazib berish porti

Ellotment

Sana

YUk jo‘na

tuvchi


O‘rinlar

soni


va upakovka xarakteri

YUkning

nomi



Tonnalar,

1000 kg


Kubo

metr


lar

Kemada joylashtirishga nisbatan maxsus talablar





















Download 8,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish