Nazorat savollari?
1.TEXlar qanday xuquqiy-me’yoriy xujjatlar asosida tartibga solinadi?
2.TEXKlardada ‘voishlarining tashkil etilishi?
3.Ekspeditorlik topshiriqnomasi qanday rasmiylashtiriladi?
4.Tijorat dalolatnomasi nima?
4-mavzu. Transportda logistik xizmatlar bozorida ekspiditorlar ishini tashkil qilish (4 soat)
Tayanchiboralar: xizmatlar bozori, raqobat, strategiya, progressiv texnologiyalar, menejment, marketing, intensifikatsi, diversifikatsi, daromadlar, foyda, yo‘riqnomalar, bozor modeli,menejer,nomenklatura
Transport xizmatlar ko‘rsatish bozorida raqobat
Transport-ekspeditsion korxonalarning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sekin sur’atlar bilan amalga oshadi. Transportxizmatlar bozori yetarlicha rivojlanmagan bir sharoitda barcha ekspeditorlar ham o‘zining ishini yangi shart-sharoitlar va talablarga muvofiq qayta qurishga qiziqavermaydi va bunga qodir bo‘lavermaydi. Ekspeditsion korxonalar va tashkilotlar hali tashishlar va boshqa xizmatlarning to‘lovga qodir bo‘lgan talabi va boshqa bozor rag‘batlariga zaif javob qaytarmoqda.
Bozor sharoitlarida transport-ekspeditsion korxonaning raqobatbardoshliligi xizmatlar sohasida ma’lum bir bozor mavqeini (hatto unchalik yuqori bo‘lmasa ham) egallash va ushlab turish qobiliyatidan iborat bo‘ladi. Raqobatbardosh bo‘lish – bu avvalambor barcha iste’molchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda transport xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlashdir. Transport xizmatlarning bosh sifat ko‘rsatkichlaridan biri ularning pand bermasligidir. Pand bermaslik darajasi past bo‘lganda transport xizmatlarning qolgan iste’molchilik jihatlari o‘zining jalb qiluvchanligini yo‘qotadi.
Transport-ekspeditsion korxonalarning raqobatbardoshliligini zizmatning iste’molchilik xususiyatlarining jamlanmasi sifatida ham ta’riflash mumkin, bu ularning raqobatchining xizmatidan ehtiyojlarni qanoatlantirish xarajatlari, narxlar nisbati va xizmatning iste’molchilik sifatini hisobga olish bilan konkret ehtiyojlarga mos kelish darajasi bo‘yicha ajralib turishini xarakterlaydi. Bundan tashqari raqobatbardoshlilik darajasiga quyidagi asosiy omillar (faktorlar) ham ta’sir ko‘rsatadi:
tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni bilish darajasi;
progressiv texnologiyalarning qo‘llanilishi;
xizmatlar nomenklaturasining kengayishi (yangi transportxizmat ko‘rsatish turlarining qo‘llanilishi);
transport-ekspeditsion korxonalarning ishlab chiqarish bazasi bilan ta’minlanganligi;
logistik tizimlarning qo‘llanilishi;
xodimlarning malaka darajasi, menedjment;
marketing va boshqalar (xizmatlar bozorini tadqiq qilish).
Raqobatbardoshlilikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda mijozlarning talablaridan kelib chiqish zarur bo‘ladi, ularning asosiylari:
a) tovarni (yukni) o‘z vaqtida etkazib berishga;
b) yukni ortish-tushirish va transportirovka qilish paytida yukning saqlanishini ta’minlashga;
v) etkazib berishning tejamli bo‘lishiga;
g) transport va ekspeditsion korxonalarning mahsulotni sotish, oraliq saqlash, upakovka qilish, shuningdek boshqa operatsiyalar va xizmatlar bo‘yicha funksiyalarni o‘ziga olishga tayyorligiga keltiriladi.
Transport va ekspeditsion korxonalar bu omillarni yaxshi bilishi va har bir mijoz uchun ularning ahamiyatini to‘g‘ri baholay olishi lozim.
Transportxizmatlar bozorini o‘zlashtirish strategiyasini ishlab chiqish
Tijorat va moliyaviy yutuqlarga erishish uchun har bir transport-ekspeditsiya korxonasi avvalambor transport xizmatlar bozorini o‘zlashtirish strategiyasini ishlab chiqishi lozim bo‘ladi. Bunda quyidagi omillarni hisobga olish zarur bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |