Mundarij a I. I o‘quv materiallar (ma’ruza)


Avtomobil transportidagi iqtisodiy o‘zgarishlar



Download 8,83 Mb.
bet4/138
Sana20.09.2021
Hajmi8,83 Mb.
#179785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
2 5408966548545080053

2. Avtomobil transportidagi iqtisodiy o‘zgarishlar

90-yillargacha avtomobil transportining oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri iste’molchi tashkilotlar bo‘yicha taqsimlangan rejani qanday bo‘lsa ham bajarish bo‘lib, uni hal etish ma’muriy buyruqbozlikka va yuqoridan rejalashtirishga asoslangan edi.

Amaldagi rejalashtirishda avtomobil transporti va u xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlarning o‘zaro munosabatlari markazlashtirilgan asosda qurilgan edi. Avtotransport korxonalariga yuqori tashkilotlar tomonidan majburiy mijozlar va yuklar nomenklaturasi, mijozlarga esa ularga xizmat ko‘rsatadigan avtotransport korxonalari biriktirib qo‘yilar edi.

Markazlashtirilgan bunday rejalashtirishda raqobat yuzaga kelishi mumkin bo‘lmas edi. Bunda avtotransport korxonalariga iste’molchilar emas balki avtotransport korxonalari hech qanday qiyinchiliklarsiz mijozlariga o‘z shartlarini o‘tkazar edilar. Aholi va korxonalarga yuqori sifatli transport xizmatini ko‘rsatish ko‘proq deklarativ xususiyatga ega edi. Ko‘plab avtotransport korxonalari faqat tashish jarayoni operatsiyalarini bajarib, mijozlarning boshqa shartlari bilan qiziqmas edilar.

Transportning «ishlab chiqaruvchi - tashib beruvchi - iste’molchi» zanjirida quyidagi kamchiliklar mavjud edi:

- transport korxonalari va ular xizmatidan foydalanuvchi iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat juda past darajada edi;

- tashish jarayoni qatnashchilari o‘rtasida axborot aloqasi etarli darajada emas edi;

- yuk punktlarida transport vositalarining o‘z vaqtida etib kelmasligi natijasida yuk ortish- tushirish mashina va mexanizmlarining (oborotdagi konteynerlarning) kutib qolish holatlari ko‘p uchrab turardi;

- bekatlarda yo‘lovchilarning kutish vaqtlari va o‘z manzillariga belgilangan vaqtda etib olishlari kafolatlanmagan edi;

- iste’molchilarga yuklarning jo‘natilishi va qabul qilishga etib kelish vaqti to‘g‘risida etarli ma’lumot etkazilmas edi;

- xujjatlar aylanish tizimi takomillashmagan edi.

SHunday qilib, ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi iqtisodiyotda o‘zining hayotga mos emasligini ko‘rsatdi. Mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish muammosi yuzaga keldi.

Prezidentimiz I. Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” nomli kitobida qayta qurishning pirovard maqsadlari aniq belgilab berildi. Bu “barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolar jamiyatini barpo etishdir”.

Bu maqsadga mazmun va tuzilish jahatdan sobiq ittifoq davridagi siyosiy-iqtisodiy tizimni butunlay isloh qilmay turib erishib bo‘lmas edi. Avtomobil transportida ham ham eng dolzarb masala uni davlat tasarrufidan chiqarish va monopoliyaga barxam berish edi.

Islohotlarning boshidanoq Respublikada avtomobil transportini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni monopoliyaga barham berish hamda turli mulkchilik shakllaridagi tadbirkorlik uchun raqobatni rag‘batlantiradigan sharoitlarni yaratish yo‘nalishida olib borildi.

Bozor munosabatlariga o‘tish uchun, avvalo, bozor munosabatlari nima va ular o‘rtasida qanday bozor munosabatlari mexanizmi mavjudligi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak.

Nemis iqtisodiyotchisi F.Xayek bozor munosabatlariga o‘tishning uchta asosiy tamoyilini shakllantirib berdi:

- faqat narxlargina vositalarni qaerga yo‘naltirilsa, ulardan samarali foydalanishni ko‘rsatib beradi;

- hamma darajalar bo‘yicha raqobatni rivojlantirish;

- ishbilarmonlik faoliyatini kengaytirish.

Avtotransport korxonalari o‘zlarining tijoriy va ishlab chiqarish faoliyatini qayta ko‘rib chiqqan holda uni tahlil qilish, iste’molchilar talablarini o‘rganish va uni qondirishga yo‘naltirishlari kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida avtotransport korxonalari faoliyat ko‘rsatishining xarakterli tomoni iste’molchilar bilan yangi iqtisodiy shartnomalar tuzish, transport xizmati bozorini tashkil etish, transport korxonalari va boshqa transport turlari o‘rtasidagi erkin, teng huquqli raqobatni kuchaytirishdir.

Bozor talabini hisobga olmay turib bironta ham korxona rivojlana olmaydi. Bozor sharoitida faoliyat ko‘rsatadigan har bir korxonaning yakuniy maqsadi xizmat ko‘rsatishdan keladigan foyda hisoblanadi.

Avtotransport korxonalari xodimlari avtomobil transportining bozor iqtisodiyotidagi roli va uning o‘rnini aniq tasavvur qilishlari kerak. Bozorga tez moslashgan korxonalar etakchi pozitsiyani egallab, mustahkam iqtisodiy mavqega ega bo‘ladilar.

Xususiylashtirishda yirik transport korxonalari ko‘p sonli mayda va o‘rtacha korxonalarga bo‘linib ketishi ular o‘rtasidagi raqobatni yuzaga keltirdi.

Raqobat deganda bir maqsad sari ijtimoiy sub’ektlarning faol musoboqadagi o‘zaro munosabatlari tushuniladi.

Ruqobat tufayli uning ishtirokchilari raqobatda yutib chiqishi uchun boshqa raqobatchilarning faoliyatini kuzatib boradi, tahlil qiladi va qiyoslash natijalariga qarab maqsadga erishishning eng optimal yo‘llarini tanlaydi.

Asrimizning eng buyuk tadbirkorlaridan biri- mashhur “Soni” kompaniyasining boshlig‘i yaponiyalik Akio Morita shunday deydi: ”YApon biznesining shuhrati ham, keskir qilichi ham, sanoatimizni harakatlantiruvchi kuch- bu o‘sha marhamatli kuch- marhamatli raqobat hisoblanadi”.

Demak, raqobat mahsulot (xizmat) birligiga mehnat sarfini kamaytirishga, eng mukammal texnologiyalarni ishlab chiqishga va qo‘llashga, mahsulot sifatini yaxshilash va narxini kamaytirishga olib keladi.


Download 8,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish