Kombinatsiyalashgan tashish – yuklarni qayta yuklamasdan tashish. Bunda yuk yo‘nalish bo‘yicha bir konteynerda, ochiladigan kuzovlarda tashiladi.
Kontreylertashish – avtotransport vositalari (avtomobillar va yarimtirkamalar) ni past platformali vagonlarda temir yo‘l transportida tashish.
Intermodal tashish – bir nechta transport turlarida yuklarni qayta yuklamasdan tashilayotgan yuk birligida yoki transpotni o‘zi bilan birgalikda tashish.
Multimodal tashish - nechta transport turi ishtirokidan qat’iy nazar, butun yo‘nalish bo‘ylab yuklarni yagona hujjati asosida tashish.
Amodal tashish – transport turidan qat’iy nazar, aniq bir marshrutda amalga oshiriladi va yagona dispetcherlik punkti orqali boshqariladi.
YUnimodal tashish – bir transport turida tashish (bir yoki bir nechta tashuvchilar orqali).
Transport xizmat ko‘rsatishda yuk jo‘nativuchidan qabul qilib olinadi, tashishga tayyorlanadi va tushirib olinadi, agar lozim bo‘lsa bir transport turidan boshqasiga qayta yuklanadi, agar zarur bo‘lsa tegishli joyda saqlanadi, transport vositasidan tushiriladi va qabul qiluvchiga topshirriladi. TEXK uchta tashkil etuvchidan iborat: transport, ekspeditsion va vositachilik.
Transport xizmati ko‘rsatish deganda – yuk jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga yuklarni etkazib berish ortish-tushirish ishlarini bajarish tushuniladi.
Ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish – yuklarni tayyorlov-yakunlov, omborlashtirish va ekspeditorlik xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi yuklarni o‘z vaqtida hamda sifatli tashishni ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatlar majmui.
Vositachilik – bu birinchi navbatda yuklarni qabul qiluvchiga etkazib berishga yo‘naltirilgan tashkiliy, maslahat, tahlil va ahborot xizmati ko‘rsatishdir.
Transport xizmati ko‘rsatuvchilar
Transport xizmatlar bozorida uning asosiy ishtirokchilari va sub’ektlarini aniqlash lozim bo‘ladi.
Barcha TEXK sub’ektlarini uchta asosiy guruhga ajratish mumkin:
Davlat organlari;
Transport xizmati ishtirokchilari;
Tashish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar.
Tashish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar: tashuvchilar, transport-ekspeditorlik, agentlik (brokerlik), transport va yuk terminallari, omborlar, sug‘urta, stividorlik, talman, konsalting, logistik va lizing kompaniyalari.
Transport xizmatlar tasnifi.Asosiy faoliyat bilan bog‘lanish belgisiga ko‘ra TEXK:
Tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi;
Tashish faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan;
Faoliyat harakteriga ko‘ra:
texnologik
tijorat,
tashish,
servis ,
axborot-ma’lumotlari.
TEXKning xilma-xilligi korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lum bir miqdordagi tijorat bo‘yicha, ish yuzasidan va axborot aloqalarini, hamda ularning o‘rtasidagi o‘zaro xuquqiy munosabatlarni aniqlaydi. Transport-ekspeditorligining shunday munosabatlari shaklidan biri bo‘lib topshiriq shartnomasi hisoblanadi. Bunda, topshiriq shartnomasining tomonlari yuridik va jismoniy ishonchli shaxslar va yuridik va jismoniy ishonuvchi shaxslar bo‘ladi. Quyida 2-rasmda topshiriq shartnomasi qatnashchilarining o‘zaro munosabatlari tasvirlangan.
2-rasm.Topshiriq shartnomasi bo‘yicha ishonuvchi shaxslar, ishonchli shaxslar va uchinchi shaxslarning o‘zaro munosabatlari sxemasi.
Topshiriq shartnomasi bo‘yicha ishonchli shaxs ishonuvchi shaxsning nomidan va hisobidan uning manfaatlari uchun aniq xuquqiy harakatlarni o‘zining nomidan va hisobidan jarayonlarda qatnashish majburiyatini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |