Munavvar Qori Abdurashidxonovning pеdаgоgik qаrаshlаri.
Reja:
1. Jadid maktablari va o‘qitish tizimi.
2.Jadid ma’rifatparvarlari tomonidan yaratilgan darsliklar va ularning mazmuni.
3. M.Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov va A.Shakuriylarning
pedagogik g‘oyalari.
4. A.Avloniyning hayoti va ijodi.
5. Avloniy tashkil etgan maktablar va darsliklar.
6. “Turkiy Guliston yohud axloq” asaridagi komil inson tarbiyasiga oid ilgari surilgan g’oyalar.
Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, 20-asr oʻzbek millim mat-buoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Tosh-kentning Shayxontohur dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan. Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon oʻgʻli mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja mudarris qizi otinoyi boʻlgan. U oilada uchinchi oʻgʻil boʻlib, katta akalari Aʼzamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) muallim boʻlishgan. Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlim tarbiyani onasidan olgan. Soʻng oʻz davrining mashhur oʻqituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni oʻrganib, hofizi Qurʼon boʻlgan. 1885—90 yillarda Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Tosh-kentga qaytib, imomlik va muallimlik bilan shugʻullangan. Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom ettirgan. 1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1904-yildan ijtimoiy siyosiy, madaniy xayotga aralasha boshlagan. 1906-yildan "Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy", "Taraqqiy" gaz.larida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida "Xurshid" gaz.ni tashkil etgan. "Shuhrat" (1907), "Tujjor" (1907), "Osiyo" (1908) gaz.larini gʻoyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. Soʻng "Sadoyi Turkiston" (1914—15) gaz.da masʼul muharrir muovini, "Al-isloh" jur. (1915—17)da maxfiy muharrir, "Najot" va "Kengash" (1917) gaz.larida masʼul muharrir.
M. turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U "Jamiyati Imdodiya" (1909), "Turon" (1913), "Turkiston kutubxonasi" (1914), "Umid" (1914), "Maktab" (1914), "Koʻmak" (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, aʼzo. Shoʻrolar hukumati davrida Xalq dorilfununi shoʻrosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk shoʻbasining ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahri maorif noziri, Sharq xalqlari sʼyezdi (1920, Boku) delegat va hayʼati aʼzosi. BXSR Maorif nozirligi vaqf boʻlimi boshligʻi (1920—21), Toshkent shahri ijtimoiy tarbiya boʻlimi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi ped. texnikumi, ayollar ped. intida muallim (1923 — 25), Samarqand shahri muzeyida ilmiy xodim, Oʻzbekiston osori-atiqalarni saqlash qoʻmitasining Toshkent-Fargʻona boʻlimida masʼul kotib (1927-28).
M. bir qancha darslik muallifidir. Uning "Adibi avval" (1907), "Adib ussoniy" (1907), "Usuli hisob", "Tarixi qavm turk", "Tajvid" (1911), "Havoyiji diniya", "Tarixi anbiyo", "Tarixi islomiya" (1912), "Yer yuzi" (1916—17), 4 qismdan iborat "Oʻzbekcha til sabokligi" (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga, 1925—26, 4qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914-yilda taraqqiyparvar oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini jamlab, "Sabzavor" nomi bilan nashr etgan.
M. ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻzi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻtkir publitsist adib sifatida tanilgan. Makrlalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va xurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.
M. oʻz faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan.
Yevropa savdosanoat, ilm-fanini oʻrganishga chaqirgan, maʼnaviy qoloqlikni qoralagan. Chor va shoʻro hukumatlari olib borgan mustamlakachilik si-yosatiga karshi izchil kurash olib borib, 1917—1924-yillarda "Shoʻroyi islom", "Turk adam markaziyat", "Ittihod va taraqqiyot", "Milliy ittihod", "Nashri maorif" kabi jamiyat, firqa va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori boʻlgan. Shu sababli Qoʻqon shahrida tashkil topgan Turkiston muxtoriyatinm (1917) qoʻllab-quvvatlagan. Umr boʻyi oʻz vatanini mustaqil koʻrishni istagan.[1] M. 1929-yil 6 noyab.da qamoqqa olinib, Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991-yilda rasman reablitatsiya qilingan
1-topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |