Мунаввар қори абдурашидхонов



Download 0,8 Mb.
bet2/4
Sana12.07.2022
Hajmi0,8 Mb.
#779825
1   2   3   4
Bog'liq
Munavvar qori Abdurashidxonov hayoti va pedagogik faoliyati

«Hurmagpli Qori afandi!
Ushbu yubordig‘im kitoblarni tezda adresi zakaznoy banderol ila yubormog‘ingizni rijo qilurman. Mumkin qadar qo‘lyozmaligi po‘chta ma’murlarina ma’lum o‘lmaydurg‘on tarzda o‘ramoq lozim.
Qancha harajat bo‘lsa, men berurman.
Adres: Star. Margelan, CHayniy bazar, g-nu Zaynullinu. Hamza Hakimzoda maxsus.
Hisoblar nima bo‘ldi? Tamom bo‘lishi uchun qachon yig‘in qilamiz? SHuni ham yozib yuboring!
Hamza Niyoziy».
Maktubdan sezilib turibdiki, Hamza o‘z piridan asarlarini bostirish sarf-harajati masalasida yordam so‘rayapti. Javobni ham tez olishni istayapti. CHunki, o‘sha davrda Munavvar qori «Turkiston kutubxonasi»ning muassislaridan biri va rahbari edi. Binobarin, nashr, tahrir masalalari uning zimmasida bo‘lgan. SHu bois Hamzaning yordam so‘rashi tabiiy. Xo‘sh, unda qaysi asar xususida gap boryapti. Nima uchun qo‘lyozma sir tutilmoqda. Bu savolga quyidagi maktub oydinlik kiritadi.
«Birodari azizim Hamza afandi!
Kitoblaringiz bundan bir necha oy muqaddam banim qo‘limg‘a tegmish esa-da, tamom ko‘rib chiqib, bir fikr bayon etmakka fursat topa olmadig‘imdan tavalloyi maktublaringizga javob yoza olmadim. Endi, hozirda, tamom ko‘rub chiqtim. SHe’ringiz ila «Feruzaxonim»ingiz bosilurlik. Faqat xele islohg‘a muhtoj. Xususan, «Feruzaxonim»ning mavzui bik yaxshi. Faqat ichindagi «mal’un, bedin» kabi adabdin horij so‘zlarni chiqarilsa, eshon ila boyni — bedin va mal’unligi so‘z ila emas, qiliqlari, yomon ishlar ila ko‘rsatilsa, hamda: «CHoyi qo‘lida, so‘zi bo‘g‘zida qolg‘on Norbobo o‘rnidan turdi-da do‘konga ketdi» kabi jumlalarni «Norboboning choyi qo‘lida, so‘z bo‘g‘zida qoldi-da, o‘rnidan turub, do‘konga ketdi» ravishda yozilsa, daxo ochiq va suchukroq bo‘lurdi. Hamda Mansur ila Feruzaning yozishqon maktublari bir oz qisqaroq bo‘lub, suhbatlari bir oz uzaytirilsa, muassirroq chiqardi. SHe’ringizda yaxshi. Faqat «Marhabo» kabi ba’zi she’ringiz chiqarilub o‘rniga kichikroq she’rlar oralashtirulsa yana yaxshiroq bo‘lurdi. «Turdiqul» ila «Ikki maktab» kitobingiz uncha maqbul ko‘rilmadi. Agarda isloh qilub yuborsangiz, she’r ila «Feruzaxonim»ni Turkiston kutubxonasi nashr qilub ko‘radur. Ikkinchi tab’ining ihtiyori o‘zingizga qolmak shartila. Faqat birinchi tab’idan sizga haqqalam o‘laroq yuz dona kitob beriladir. Rozi o‘lsangiz go‘ndirursiz. Hozirda kitobingiz menda. Oltmish tiyinlik marka yuborsangiz «zakaznoy banderol» ila qaytarurman.
1915 yil, 4-5 noyabr,
Muhibbingiz Munavvar qori».
«Birodari azizim Hamza afandi janoblarina!
Avvalgi maktubingiz kelgan kuni kitobxona ochiq o‘lmadigindan puchtalyon boshqa bir do‘kong‘a topshurg‘on ekan. Maaltaassuf ul do‘kondorning xotiridan chiqub, hanuz manga topshurmagon ekan. So‘ngg‘i maktubingiz vosili dastbusim o‘lg‘och surushturub avvalg‘i maktubingizni ham topub oldim. SHe’ringiz ham salomat etushdi.
Emdilikda ushbu she’r kitobingizni qo‘limdan kelguncha isloh qilub, ba’zi siyosiy so‘zlarini chiqorub, kitobxona tarafindan bosturmak niyatidaman. Sizga berilajak qalam haqi esa, har tab’idan yuz dona (mingdan emas) bo‘lur. Zotan, o‘zi ham mingdan ortiq bosturmakni ko‘tarolmaydur.
«Feruzaxonim» ila boshqa kitoblaringizni esa ertaga po‘chtadan inshoolloh yuborurman. Agarda «Feruzaxonim»ni man aytgoncha, ya’ni:
«1) Eshon va boylarning mal’un va ablahliklarin ochiqdan — ochiq «mal’un, johil, xoin, majnun, palid, nobakor» kabi so‘zlar ila emas, qilg‘on ishlarining yomonligi ila ko‘rsatilsa.
2) Mansur va Feruzaxonimlarning maktublari bir oz qisqartirilsa, chunki bunday yoshirin maktublar faqat qisqa bo‘lur.
3) Bir-birlari ila qurushqondag‘i hollari bir oz uzoqroq tasvir qilinsa, chunki romanga ruh kiritadirg‘on va o‘quvchilarni qiziqsinduradirg‘on o‘rinlar
shul vasl hollari bo‘lur.

4) Avval, muvassiflar zikr qilinub, so‘ngra sifatlar zikr qilinsa, ya’ni «Har bir nazir qilinmish qizlarni yigirma bir yoshiga kirgizub, so‘ngra
nikohina oluvg‘a odatlangan nobakor Tohir eshon» kabi jumlalarni «Ul Tohir eshon har bir nazir qilinmish qizlarni 21 yoshigacha umrini o‘tqorub, so‘ngra nikohiga olishga odatlangan edi» kabi qisqaroq jumlalarg‘a tahvil qilinsa...»


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish