Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet72/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Qaratuvchi aniqlovchi. Qaratuvchili birikmada qaralmishdan anglashilayotgan predmet yoki predmet tasavvuridagi narsaning qaratuvchidan anglashilgan narsa/shaxsga mansublik, tegishlilik kabi daxldorligi anglashiladi. Qaralmish vazifasidagi so‘zning lisoniy valentligida qaratuvchi to‘ldiradigan bo‘sh o‘rin fakultativ, nozaruriydir. Shu boisdan qaralmish egalik qo‘shimchalari bilan shakllanib, bu lisoniy nozarurlikni zaruriyatga aylantiradi.
Qaratuvchi va qaralmish munosabati ikki tomonlama bo‘lib, birinchi a’zo (qaratuvchi) qaratqich kelishigi yoki bosh kelishik bilan, hokim a’zo esa egalik qo‘shimchasi bilan yoki usiz shakllanadi.
1.Qaratuvchining qaratqich kelishigi bilan shakllanishi: olmaning shoxi, ammamning daftari, Halimning kitobi.
2.Qaratuvchining bosh kelishikda bo‘lishi: mart oyi, bozor kuni, nafrat hissi.
3.Qaralmishning egalik qo‘shimchasisiz shakllanishi: bizning uy, sizning ayvon, Bizning yorni ko‘rgan bormi
Qaratuvchili birikmadagi so‘zlarning o‘zaro munosabatidan turli ma’no anglashilishi mumkin:
1) qarashlilik: Azizaning kitobi, mening onam;
2) xoslik: olmaning bargi, piyozning po‘sti;
3) butun-bo‘lak: stolning oyog‘i, uyning eshigi;
4) tur-jins: olmaning yaxshisi, odamning aqllisi;
5) bajaruvchi va harakat munosabati: bolaning yig‘isi, itning hurishi.
Bu ma’nolarning barchasi [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi q qaratuvchi va qaralmish] qolipi emas, balki so‘zlarning ma’noviy munosabati hosilasi.
Qaralmishdagi egalik affiksi qaratuvchining qaysi shaxsda ekanligini bildirib turadi. Shu boisdan ko‘p hollarda qaratuvchi qo‘llanilmasligi ham mumkin: ukang, kitobing kabi. Bunda ta’kid muhim rol o‘ynaydi. Qaratuvchini ta’kidlash lozim bo‘lganda, u, albatta, qo‘llanadi. Boshqa hollarda qaratuvchining qo‘llanishi nutqiy ortiqchalikni keltirib chiqaradi.
Umuman, qaratuvchining qo‘llanmasligi quyidagi hollarda yuz beradi:
1) qaratuvchi vazifasida o‘zlik olmoshi qo‘llanishi lozim bo‘lganda: Halim o‘rtoqlariga xat jo‘natdi;
2) qaratuvchidan anglashilgan ma’no oldingi gaplardan ma’lum bo‘lib turgan bo‘lsa, uslubiy ortiqchalikdan qochish maqsadida: 1.Men (mening) sevgan qizimga uylandim. (Mening) Xotinimning otasi savdogar edi;
3) ta’kidlash lozim ko‘rilmaganda: Bog‘imda anorim bor.



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish