Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


-§. Aniqlovchining ma’noviy turlari



Download 1,48 Mb.
bet71/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

96-§. Aniqlovchining ma’noviy turlari. Aytilganidek, aniqlovchi mohiyatan uch xil bo‘ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.
Sifatlovchi. Sifatlovchili birikmada tobe a’zo (sifatlovchi) hokim uzvning biror xususiyatini aniqlab keladi va unga tobe aloqaning bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Sifatlovchining qo‘llanishida ikki holatni farqlash lozim:
1) sifatlovchining sifatlanmish ma’nosini toraytirishi – muayyanlashtirishi: Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani? Bunda oq so‘zi bilan ifodalangan sifatlovchi sifatlanmish zamiridagi tushunchani ajratish, farqlash vazifasini bajargan (qora ilon, sariq ilon,oq ilon);
2) sifatlovchining ta’kid vazifasini bajarishi. Bunda ajratish, muayyanlashtirish vazifasi kuzatilmaydi: oppoq qor, oq sut bergan ona, oq paxta. Bu holat nutqiy jihatdan me’yoriy bo‘lsa-da, lisoniy nuqtayi nazardan ortiqlik sanaladi. Chunki qor, sut, paxta tabiatan oq bo‘lganligi sababli uni yana aniqlovchi bilan takrorlab o‘tirishga hojat bo‘lmaydi.
Sifatlovchi vazifasida tabiatan tobe uzvlikka xoslangan so‘z kelganligi bois, u sifatlanmishga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Sifatlovchi vazifasida kelgan ot ham «tobega xos»lardek xususiyat kasb etib, hokim uzvga bitishuv yo‘li bilan birikadi.
Sifatlovchi qaratuvchili birikmaga kengaytiruvchi bo‘lganda, ikki holat farqlanadi. Sifatlovchi bunda qaratuvchili birikmaga butunicha yoki undan faqat qaratuvchigagina kengaytiruvchi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Quyidagi gaplarda sifatlovchi kengaytiruvchining kengayuvchiga munosabatini qiyoslaymiz: yangi xo‘jalik rahbari – yangi xo‘jalik rahbari. Birinchi gapda yangi so‘zi xo‘jalik so‘zining kengaytiruvchisi bo‘lib, bu hokim so‘zning qaratqich kelishigini olishini taqozo etadi. Keyingi birikuvda yangi sifatlovchisi – xo‘jalik rahbari birikmasining kengaytiruvchisi.
Sifatlovchilar ketma-ket kelib sifatlovchi zanjirini tashkil etadi. Sifatlanmish uyushiq holatda bo‘lganda, sifatlovchining barcha uyushgan birliklarga yoki ularning biriga tegishli ekanligi anglashilmay qoladi. Bunda belgining qaysi birlikka xos ekanligi matndan, biriktiruvning valentlik imkoniyati yoki boshqa nutqiy omillardan ayon bo‘lib turadi.

Qiyoslang:


1. Aqlli bolalar, qizlar.
qizlar bolalar


Aqlli


2. Gulli chit, tufli


chit, tufli
Gulli
Sifatlovchi va sifatlanmish izofa shaklida – sifatlanmish-sifatlovchi ko‘rinishini olgan bo‘lishi mumkin: majnuni gumroh, devonai Mashrab, oynai jahon va boshqalar. Bunday birikuv o‘zbek nutqi nuqtayi nazaridan sifatlovchili birikma sifatida qaralmaydi.
Sifatlovchi va sifatlanmish tobelanishida sifatlovchining birikuv omillari MJSh tartibida bo‘ladi. Chunki sifatlovchi maxsus ko‘rsatkichlarsiz tobe a’zo maqomini egallaydi. Shu boisdan unda shakliy omil o‘ta kuchsizlanadi. Sifatlovchi va sifatlanmish orasiga so‘z kiritish, ularni bir-biridan uzish imkoniyati bo‘lmaganligi, bog‘lanishda sintaktik pozitsiya ustuvor ahamiyatga ega bo‘lganligi bois joylashuv omili faollashadi. Birikuvda ma’noviy omil birinchi o‘rinda bo‘ladi. Uning joylashuv omilidan ustunligi birikuvchi unsurlarning ma’noviy muvofiqligi har doim ham ahamiyatli bo‘lib qolishi bilan belgilanadi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish