Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


Hol. Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik shakllari – [Pm]



Download 1,48 Mb.
bet64/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Hol. Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik shakllari – [Pm]ning ma’noviy xususiyatini muayyanlashtiruvchi, oydinlashtiruvchi bo‘lak, ya’ni gap kengaytiruvchisi sanaladi. Quyidagi gaplarni qiyoslaylik:
1. Jamshid ishladi.
2. Jamshid kecha ishladi.
3. Jamshid ertaga ishlaydi.
Keltirilgan gaplardagi ishladi va ishlaydi so‘zshakllari gap kesimi vazifasida kelgan bo‘lib, boshqa bo‘laklar ana shu markaziy bo‘lakning muayyanlashtiruvchilari:
1. ishladi


Jamshid
2. ishladi


Jamshid kecha
3. ishlaydi


Jamshid ertaga


Jamshid so‘zi har uchala gapda ham kesimdagi [Pm]ning shaxs-son, kecha, ertaga so‘zlari esa payt ma’nosini muayyanlashtirgan. Ega va gap markazidagi shaxs-son ma’nolari kabi, hol va kesimlik kategoriyasi [Pm] voqelanishidagi zamon ma’nolari ham bir-biriga muvofiqlashgan. Aniqrog‘i, kesimlikda o‘tgan zamon ma’nosi voqelanganda, hol hozirgi yoki kelasi zamon ma’nosida bo‘lmaydi. Demak, ma’lum bo‘ladiki, gap qurilishida gap markazidagi kesimlik kategoriyasi ma’nosi bilan uzviy bog‘langan gap kengaytiruvchisi payt holidir. Payt holi kesimga bog‘lanar ekan, undagi lug‘aviy qism ma’nosi bilan emas, balki kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma’nosi bilan bog‘liq ekanligi ot-kesimli gaplarda yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ot leksema o‘z semantik valentligini to‘ldiruvchi har xil aniqlovchilar bilan erkin birikuv hosil qila oladi: a’lochi talaba, shaharlik talaba, o‘nta talaba va h. Bunda birikuv hosil qilish uchun talaba so‘zining gap hosil qilishi, gap tarkibidan o‘rin egallashi shart emas. Qiyoslang: a’lochi talaba, Jamshid a’lochi talaba. Har ikkala holatda ham hosil bo‘lgan birikuv me’yoriy. Chunki aniqlovchi so‘z kengaytiruvchisi. Biroq bugun talaba, ertaga talaba, kecha talaba kabi so‘z birikmalari g‘ayrime’yoriy bolib, ular gap tarkibiga kiritilganda va talaba so‘zi kesim mavqeini egallaganda, bu g‘ayrioddiylik yo‘qoladi: 1.Men bugun talabaman. 2. Sen kecha talaba eding. Demak, bugun, kecha so‘zlari gap kengaytiruvchici bo‘lganligi va gap markazidagi [Pm]ga tortilganligi, bog‘langanligi sababli so‘z birikmasidagi nome’yoriylik gap tarkibida barham topadi.
O‘rin holi ham so‘z kengaytiruvchisi emas, balki gap kengaytiruvchisi ekanligi bunday vazifada keluvchi so‘zlarni gapda va gapdan tashqarida SB hosil qilish uchun ot-leksemaga tobelab ko‘rish asosida amin bo‘lish mumkin. Qiyoslang: 1. Qishloqda muallim, zavodda ishchi. 2. Halim shaharda o‘qituvchi, G‘afur zavodda ishchi.
Ko‘rinadiki, birinchi guruh birikuvlar g‘ayrime’yoriy, ikkinchi guruh birikuvlar esa o‘zbek nutqiga xos me’yoriy qurilma ekanligi hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Demak, o‘rin hollari payt hollari kabi gap kengaytiruvchilaridir.
Endi holning boshqa turlariga diqqat qilamiz:
1. Ilgari ikkalamiz birga talaba edik.
2. Bu payt sen kabi o‘qituvchiman.
3. Shu boisdan dadam ishchi edi.
Birinchi gapda birga so‘zi ravish, ikkinchi gapda sen kabi o‘xshatish, uchinchi gapdagi shu boisdan so‘zshakli sabab holi. Ular gap kengaytiruvchilarimi yoki so‘z kengaytiruvchilari ekanligini aniqlash uchun birikuvlarni gap tarkibidan chiqarib, zikr etilgan so‘zshakllar talaba, o‘qituvchi, ishchi so‘zshakllarining ma’noviy valentligini to‘ldirayotgan-to‘ldirmayotganligini tekshiramiz:
1) birga talaba;
2) sen kabi o‘qituvchi;
3) shu boisdan ishchi.
Ko‘rinadiki, birikuvlar nome’yoriy va tobe so‘zshakllar hokimlarining lug‘aviy-ma’noviy birikuvchisi emas, balki ularning kesimlik vazifasi, mavqei bilan har doim mantiqan bog‘langan.
Demak, holning mazkur turlari ham gap kengaytiruvchilaridir.
Holning gap kengaytiruvchisi ekanligini asoslash uchun ot-kesimli gaplardan foydalandik. Bunda holning bu xususiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Hol gap markazini shakllantiruvchi [Pm] bilan bog‘lanar ekan, u, umuman, gap konstruktiv tizimida qanday mavqega ega bo‘ladi?
Hol gapning bevosita konstruktiv uzvi emas. Chunki holsiz ham gap tashkil topaveradi. Demak, hol kesimdan quyi mavqeni egallaydi. Ko‘pincha holning gap tarkibiga kiritilishi [Pm] ma’nolari bilan zich bog‘lanmaydi. Shu boisdan hol egadan ham quyi mavqeni egallaydi. Chunki nutqiy gaplarda kesim orqali egani tiklash holni tiklashdan ancha qulay. Ifodalanmagan holni tiklash qiyin. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ba’zan kesimning [W] si maqomida o‘rin, payt, sabab, maqsad va boshqa ma’noli aktantlar bilan kuchli aloqada bo‘ladigan leksema yuzaga chiqqanda, gapning yuza qolipida hol egadan ko‘ra zarurroq mavqega ega bo‘ladi. Masalan, yurish fe’llari (bormoq, kelmoq, etmoq, ketmoq) kesim vazifasida kelganda gapda o‘rin hollarining ishtirok etishi zaruriyati kuchayadi: Uyga bordi. Shahardan keldi. Maktabga ketdi. Manzilga yetdi. Bu, albatta, kesimlik kategoriyasi birikuvchanligi bilan emas, balki kesim vazifasida kelayotgan fe’lning ma’noviy xususiyati bilan belgilanadi.
Demak, holning gap qurilishidagi zaruriy bo‘lak darajasiga ko‘tarilishi kesimdagi [W] ning muayyanlashish ehtiyoji bilan belgilanadi. Hol gapning konstruktiv bo‘laklari sifatidagi kesim va egadan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish