U
|
shoir
|
qolipi
|
[S - P]
|
Aktual bo’linishi
|
T
|
R
|
-
Nutqiy hosila
|
Bulbullar
|
sayradi
|
qolipi
|
[S - WPm]
|
Aktual bo’linishi
|
T
|
R
|
Ba’zan aktual tuzilish bilan sintaktik tuzilish o’zaro mos kelmasligi yoki sintaktik bo’linishga ega bo’lgan muayyan gap yoki bir jumla ayni vaziyatda aktual bo’linishga ega bo’lmasligi ham mumkin. “Bunday holatlarda jumla yaxlitligicha yangi xabarni ifodalab, to’liq diktal so’roqqa javob bo’ladi”2. Masalan:
Qor yog’di. – Nima bo’ldi?
Ko’rinadiki, jumla aktual tuzilishining semantik tuzilish bilan ham munosabati o’ziga xos. “Agar jumlada subyekt tema funksiyasida, predikat rema funksiyasida kelsa, aktual tuzilish semantik tuzilishga muvofiq keladi. Tema funksiyasida subyektdan boshqa semantik bo’laklar kelganda esa bu moslik buziladi”3.
Er boyligi – yo’lda,
So’z boyligi – tilda. (O’zbek xalq maqoli)
Bu misolda bog’lovchisiz qo’shma gapning egalari temani, kesimlar esa remani tashkil etmoqda.
Tema–rematik va grammatik moslik ko’proq Hind-Yevropa tillari oilasiga xos. Chunki bu tillarda kesim egasiz ifodalanmaydi va bir tarkibli gaplar bu tillar uchun umuman xos emas. Yuqorida keltirilgan Tы chital. Ya uchitelnisa.Zdorovы li vы? kabi misollarda subyekt, ya’ni egalar (ya, tы, vы) temani, predikatlar, ya’ni kesimlar (chital, uchitelnisa, zdorovы) remani tashkil etadi va ma’lum – yangi munosabatli jumlalarni hosil qiladi hamda «tinglovchi uchun faktdan – xabar, dalildan boshlanib, noma’lum yangi fakt – xabar, dalil tomon yo’naladi va bunda “tema” bilan “rema”ning “ma’lum” bilan “yangi”ga to’liq mos kelishi kuzatiladi”1.
Lekin turkiy tillarda, xususan, o’zbek tilida kesim shaxs–son jihatdan mukammal shakllangan va uning morfologik tarkibi ega haqida to’liq ma’lumot bera oladi. Shuning uchun u egasiz ham gapni hosil qilaveradi. Masalan, rus tilidagi Ya uchitelnisa gapini o’zbek tilida O’qituvchiman deb bersa ham bo’laveradi. O’zbek tilidagi bunday sodda yig’iq gaplarning aktual bo’linishi semantik tuzilishi bilan mos kelmaydi. O’qituvchiman gapida o’qituvchi axborotni, ya’ni yangi xabarni bildirgani uchun remani, shaxs-son ko’rsatkichi, ya’ni ishora semasi bo’lgan –man esa temani tashkil etyapti:
Nutqiy hosila
|
O’qituvchi
|
man
|
Qolipi
|
[WPm]
|
Aktual bo’linishi
|
R
|
T
|
Bunda ta’kid O’qituvchiga qaratiladi. Chunki ohang ham gapning eng muhim, xarakterli belgilaridan biri bo’lib, u kommunikativ tuzilishni ifodalovchi eng asosiy vositadir. “Qolgan vositalar (shu jumladan, so’zlar tartibi ham) o’zlarining bu boradagi funksiyalarini intonasiya zamirida amalga oshiradilar. Boshqa vositalar aktual tuzilishni ifodalashda qatnashmasa, prosodik vositalar yaqqol yetakchilik qiladi»2. Ma’lumki, gapni aktuallashtiruvchi prosodik vositalarga urg’u va u bilan bog’liq bo’lgan nutq tempi hamda pauza, ya’ni to’xtam kiradi. Shunday ekan, yuqoridagi O’qituvchiman sodda ixcham gapida ta’kid O’qituvchiga qaratilgani uchun bu jumla yangi-ma’lum munosabatli jumlani tashkil etmoqda. Lekin bu gapda ta’kidni yanada kuchaytirib, Men o’qituvchiman tarzida ham qo’llashimiz mumkin. Chunki gapning mazmuniy–sintaktik tahlilida «kishilik olmoshining qo’llanib-qo’llanmasligi bayonning hissiy-nohissiyligi, aniqroq qilib aytganda, tuslanish vositasi (kesimni shakllantiruvchi vosita)ning valentligi va gapning aktual (kommunikativ, nutqiy) bo’linishi bilan uzviy bog’liq»3dir. Yuqoridagi misolda ta’kid kishilik olmoshiga qaratilgan bo’lib, ayni vaqtda shu kishilik olmoshi remani tashkil etadi.
-
Nutqiy hosila
|
Men
|
o’qituvchiman
|
Qolipi
|
[E-WPm]
|
Aktual bo’linishi
|
R
|
T
|
Tilshunos G’.Zikrillayev o’zining «Istiqlol va adabiy til» risolasida «... o’zbek tilida remani ta’kidlash zarurati bo’lmasa, kishilik olmoshi ishlatilmaydi, fikr ifodalash uchun kesim (tuslanish vositasi)ning o’zi yetarli bo’ladi. Natijada gap birgina so’zdan tuziladi. ... butun diqqat–e’tibor axborot uchun muhim hisoblangan so’zga qaratiladi. Ayni paytda ixchamlik, tejamkorlikka erishiladi», - deb ta’kidlaydi va «gap rema vazifasidagi birgina so’zdan iborat bo’lganda xabarning bir qismi (temasi) oldingi yoki keyingi gapda muayyan vosita bilan ifoda etiladi, yo bo’lmasa matnning umumiy mazmunidan anglashiladi», – deydi hamda Arslonbekmisiz? Soliqni aytmadingizmi? – Aytdik kabi misollarni keltiradi. Shu o’rinda Arslonbekmisiz? Aytdik kabi sodda yig’iq gaplarni rema deb e’tirof etadi va ularning temasi keyingi gap mazmunidan anglashiladi, degan fikrlarni ham bildiradi1. Aslida esa bu yerda olmosh tejalgani bilan bu so’zlarga gap mavqyeini berayotgan morfologik ko’rsatkich, ya’ni Pm (-di, -k) ma’lum (tema) bo’lib, gap kim haqida ketayotganligini shaxs-son ko’rsatkichlari (-siz, -k) dan bilib olishimiz mumkin. Demak, bunday gaplar faqat remadan iborat emas, balki rema-tema, ya’ni yangi-ma’lum munosabatli jumlalardan tuzilgan. Arslonbekmisiz? Aytdik kabi misollarda Arslonbek, ayt so’zlari remani, -siz, -di, -k ko’rsatkichlari esa temani tashkil qilmoqda.
Ma’lumki, so’z turkumlari bilan gapning funksional bo’laklari orasida muayyan xoslanishlar bor, ya’ni ma’lum bir so’z turkumi ma’lum bir sintaktik vazifani bajarishga xoslangan bo’ladi. Shunday ekan, «so’z turkumlari va ularning morfologik shakllari gapning sintaktik qurilish ashyolari (materiallari) hisoblanadi»2 hamda ular tema (ma’lum) va rema (ma’lum)ga ham befarq emas. Ya’ni so’z turkumlarinig gapdagi vazifasi ularning tema-rematik munosabatiga ham bog’liq.
Sodda yig’iq gaplarda ot turkumidagi so’zlar ega vazifasida kelganda, bu turkumdagi so’zlarning tipik vazifasi temani ifodalashdan iborat bo’ladi. Masalan: Yoz issiq. Jimlik hukmron. Bu sodda yig’iq gaplarning egasi, ya’ni yoz, jimlik kabi so’zlar tema (ma’lum) ni, kesimlari – issiq, hukmron so’zlari esa remani tashkil etadi.
Otlar kesim vazifasida yoki kesim guruhi tarkibida kelganda ko’pincha rema vazifasini bajaradi. Aytilganidek, sodda yig’iq gaplar uch xil ko’rinishda namoyon bo’ladi:
Egasi ifodalanmagan sodda yig’iq gap. Bu gaplarning qolipini [WPm] tarzida bergan edik.
Egasi ifodalanishi lozim bo’lgan sodda yig’iq gaplar. Bu gaplar [E-P] ko’rinishida namoyon bo’ladi.
So’z-gapdan iborat yig’iq gap ([WP]).
Shunga ko’ra, birinchi ko’rinishdagi [WPm] qolipli gaplarda ism kesim ot bilan ifodalanganda, ya’ni, oo Shifokordirsiz gapida W qism, ya’ni shifokor – remani, Pm qismi esa, ya’ni -dirsiz ko’rsatkichi temani tashkil etadi. Xuddi shuningdek, bu qolipli gaplarda ism kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalanganda ham, W remani, Pm temani bildiradi. Masalan: Chiroylidir. A’lochiman. Nodonsan. O’ttizdaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |