Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet79/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Uyushgan so‘zshakl. Uyushgan so‘zshakl har doim sintaktik mavqe va morfologik shakllanish jihatidan bir xil bo‘ladi. Ular boshqa so‘z bilan bog‘lanishda tenglik saqlaydi. Ammo ularning qanday so‘z bilan ifodalanishi – so‘z turkumi jihatdan bir xil bo‘lishi va demak, bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi shart emas: Seni (olmosh) va Salomatning ukasini (ot) taqdirlashadi.
Uyushgan so‘zshaklning oxirgisi tegishli grammatik shaklni olib, oldingilari olmagan bo‘lishi ham mumkin: Maydonni begona o‘t, tosh va har xil chiqindilardan tozaladik. Bunda uyushgan so‘zshaklning oxirgisi (chiqindilardan) chiqish kelishigi bilan shakllangan. Bu uyushgan so‘zshaklning grammatik shakllanishi har xil bo‘lishi ham mumkin degani emas. Chunki oxirgi so‘zshakldagi chiqish kelishigi uyushgan so‘zlarning boshqalariga ham tegishli. Faqat nutqiy tejamkorlik grammatik ko‘rsatkichning barcha so‘zshaklda takrorlanishiga monelik qiladi.
Uyushiq so‘zshaklning muhim nutqiy belgisidan biri sanash ohangi bilan aytilishidir. Sanash ohangi bo‘lmasa, sintaktik mavqe, grammatik shakl va ifodalanish jihatlari bir xilligiga qaramasdan so‘zshakllar uyushiq sanalmaydi. Masalan, Mening diqqatimni dumaloq oppoq toshlar tortdi gapidagi dumaloq va oppoq so‘zshakli toshlar so‘zshakliga tobelanib, ifodalanish va grammatik shakl jihatdan bir xil. Biroq ular uyushtiruvchi (sanash) ohangsiz uyushmagan kengaytiruvchi hisoblanadi.
Demak, sintaktik mavqe, grammatik shakl bir xilligi va uyushtiruvchi ohangga egalik uyushgan tenglanish qatorining zaruriy belgisidir.
Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyati. Uyushgan ega, hol, to‘ldiruvchi va aniqlovchida tegishli grammatik shakl har bir so‘zshaklda alohida-alohida mavjud bo‘lishi ham, faqat oxirgisida bo‘lib, oldingilarida bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq uyushgan kesimlarda kesimlik shakllari bilan faqat oxirgi kesim shakllangan, boshqalari esa bu qo‘shimchani olmagan bo‘ladi: 1. Bizning yoshlar dono va zukkodirlar. 2. Do‘kondorlar molini maqtab va xaridorlarni chorlab turardilar. 3. Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan borishimiz va masalaga oydinlik kiritishimiz lozim.
So‘z kesimlik ko‘rsatkichi bilan shakllangan va kesimlik sintaktik pozitsiyasini egallagan bo‘lsa, u alohida hukm va tugal ma’no ifodalaydi hamda gap hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan gapda ham uyushgan kesimning barchasi [Pm] ko‘rsatkichi bilan shakllantirilganda, ularning har biri alohida-alohida gapni hosil qiladi va natijada qo‘shma gap vujudga keladi. Qiyoslang: 1. Siz a’lochi va jamoatchisiz (uyushiq kesimli gap) – Siz a’lochisiz va jamoatchisiz (qo‘shma gap). 2. U vaqtlarda otam kosib, onam tikuvchi edi (uyushgan sodda gap) – U vaqtlarda otam kosib edi va onam tikuvchi edi (qo‘shma gap).
Ikkinchi gapning har bir kesimini [Pm] bilan to‘la shakllantirib, qo‘shma gap tarzida qo‘llash uslubiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi. Shu bois ushbu o‘rinda qo‘shma gap emas, balki uyushiq kesimli sodda gapni ishlatish qulay.
O‘zbek tilida uyushiq kesim har xil so‘z turkumi bilan ham ifodalanishi mumkin. Bu holat ot va olmoshda mavjud: Taniganim, bilganim sen va Halimdir. Biroq fe’l va boshqa turkum so‘zi uyushiq kesim hosil qila olmaydi. Chunki ot, fe’l boshqacha va qolgan turkumlar boshqacha tuslanishga ega bo‘ladi: Itingdurman va bo‘zlagaydirman. Bu gapda kesimlik ko‘rsatkichlarini ikkala so‘zshakl uchun bitta qilib bo‘lmaydi: Itingdur va bo‘zlagaydirman kabi.
Uyushiq kesimlarning oldin turgani -i(b) shaklli ravishdosh bilan ifodalanganda, hol bilan monand bo‘lib qoladi: 1. U ko‘rqib baqirib yubordi. 2. U tanib, bilib so‘ray boshladi. Har ikkala qo‘llanishda ham fe’l so‘zshakllar bir-biriga o‘xshaydi. Biroq gaplardan birinchisida fe’l hol (ko‘rib) va kesim (baqirib yubordi) vazifasida. Keyingi gapda esa uyushiq kesim mavjud. Biroq birinchi gapda uyushiqlikning zaruriy belgisi – uyushtiruvchi ohang mavjud emas.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish