Mumtoz musiqa haqida tushuncha



Download 180 Kb.
bet9/15
Sana25.02.2022
Hajmi180 Kb.
#462547
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
2 5332813677420614022

ROST MAQOMI
«Rost» maqomi - qadimiy maqomlardan biri bo’lib, 12 maqomning biri hisoblangan. Rost maqomi borasida turli afsonalar ham mavjud bo’lib, Odam ato va Momo Havodan qolgan deb ham yuritiladi. «Rost» iborasi «mos keladigan, to’g’ri tushadigan» mahnolarini bildiradi. Bu maqomning ladiga ko’p kuy va ashulalar mos kelgani uchun Rost deb nomlangan. Rost maqomi ham cholg’u va ashula bo’limlaridan iborat bo’lib, mushkulot qismi Tasnifi Rost, Garduni Rost, Muhammasi Rost, Muhammasi Ushshoq, Muhammas Panjigoh, Saqiliy vazmin, Saqiliy Rag-rag deb nomlanadi. Rostning ashula yo’llari birinchi va ikkinchi sho’hbalardan tarkib topgan bo’lib, birinchi guruh Sarahbori Rost, Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Navro’zi Sabo sho’hbalari va Ufari Ushshoq qismidan iborat.
Rost maqomining ashula bo’limi bosh mavzui bo’lgan Sarahbori Rost o’zining kuy tuzilishi jihatdan betakror ashula yo’llaridan bo’lib, juda murakkab qiyofaga ega. Rost maqomining ikkinchi sho’hbasi «Talqini Ushshoq» deb nomlanadi. Bu maqomda Ushshoqnoma bilan mashhur bir necha sho’hba va qismlar mavjud. Birinchi guruh sho’hbalarida Nasri ushshoq va Ufori Ushshoq ashula yo’llari mavjud. Ularning barchasi bir-biri bilan hamohang bo’lib, kuy tuzilishi va tarkibiy qismlari ham bir xildir. Ushshoq iborasi arabcha «Oshiqlar» mahnosini anglatadi. Ushshoqning cholg’u va ashula yo’llari ishqiy, lirik ohang kasb etishini o’zi ushbu mahnoga monandligini ko’rsatadi.
O’tmish musiqiy manbalarida Navro’zi Arab, Navro’zi Xoro, Navro’zi Bayot, Navro’zi Ajam, Navro’zi Sabo singari navro’z bayramiga nisbatan berilgan sho’hbalar mavjud bo’lganligi aytiladi. Bahor manzaralarini lirikasini tasvirlaydigan ushbu ijrolar 12 maqomda rohaviy maqomini sho’hbasi sanalgan. SHashmaqomda esa Rost maqomi tarkibiga kiritilgan.
Rost maqomining birinchi guruh sho’hbalari juda mashhur ashula yo’llari sanaladi. Ular asosida Savt ijrolari, ularning shohobchalari, Ushshoqning qator variantlari, Gulyori SHahnoz va uning shahobchalari, surnayda chalinadigan qator musiqa asarlari yuzaga kelganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Rost maqomining birinchi guruh sho’hbalari Sarahbori Rostdan boshlanib, uning 4 ta taronasi aytiladi. Turkum esa Talqini Ushshoqqa ulanib ketadi. Taronasining ijrosidan so’ng Talqini Ushshoqqa ulanib ketadi. So’ngra ikkita taronasi, Navro’zi Sabo uning talqinchasiga o’tiladi. Birinchi guruh sho’hbalari Ufori Ushshoq va oxirgi siporishi bilan yakunlanadi.
Rost maqomining ikkinchi guruh sho’hbalariga Savti Ushshoq, Savti kalon, Savti Sabo kiradi va Rostning birinchi guruh sho’hbalari asosida yaratilgan bo’lib, ularning variantlari sanaladi. Bulardan Savti Ushshoq sho’hbasi alohida mazmunga ega bo’lib, yangicha sayqal bilan jilolanadi va boy mazmundor ashula yo’llariga egadir.
Savti Ushshoqning kuy ohanglari asosida xalq bastakorlari juda ko’p kuy va ashulalar yaratganlar. Xalqimiz orasida mashhur bo’lgan «Guluzorim», «Farg’onacha tanovar», «Tong otguncha», Xorazm dostonlarida aytiladigan «Naylayin» ashulasi «Izlayman» va boshqa Farg’onacha qo’shiq va yallalar bunga misol bo’la oladi. Bundan tashqari, Muxtor Ashrafiyning «Dilorom» operasidagi Dilorom ariyasi, Doni Zokirovning «Ko’rmadim» romansi, Dadaali Soatqulovning Muqimiy g’azaliga yozgan «Nav­bahor» romansi, To’xtasin Jalilov ijodiga mansub bir necha ashula yo’llari, G’anijon Toshmatovning «Istadim» qo’shig’iga o’xshagan mashhur ijrolar Savti Ushshoq hamohangligi natijasida yaratilgan bo’lib, musiqiy madaniyatimizning durdonalariga aylanib ketgan.
Rost maqomining mashhur sho’hbalaridan biri «Savti kalon» sanaladi. «Kalon» so’zi bastakor taxallusidir. «Savti kalon» besh qismli ashula yo’li bo’lib, uning shahobchalari Tal­qin­cha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufordir. Ular asosida ko’plab kuy va ashulalar yaratilgan bo’lib, Qalandar 1- II (raqqosasidan) “Farhod va SHirin” dramasidagi SHirin ariyasi shular jumlasidandir.
Ushbu sho’hbadagi Soqinomayi Savti kalon ashulasi mashhur ijrolardandir. Rost maqomi yo’llariga mos kuy va ashulalar xalqimiz musiqiy merosidan munosib o’rin olgan bo’lib, san’atkorlarimiz tomonidan sevib ijro etilib kelinadi.

Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish