Mumtoz musiqa haqida tushuncha


Kurs ishi mavzusining hajmi



Download 180 Kb.
bet3/15
Sana25.02.2022
Hajmi180 Kb.
#462547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5332813677420614022

Kurs ishi mavzusining hajmi: kurs ishi kirish qismi, 2 bob va har bir bob 2 paragraf hamda xulosa, foydalanilgan afabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat bo’lib 50 sahifani tashkil etadi.


I BOB. Og’zaki an’anadagi professional musiqa.
I.1. Dostonlar.
O`rta Osiyo xalqlari qadimgi ajdodlarining musiqali-poetik ijodi o`zbek xalqining musiqa madaniyati ko’p asrlik tarixga ega, ko’pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og`zaki an`anadagi professional musiqa san`ati bu haqida guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi O`zbekiston hududida O`rta Osiyo xalqlari ajdodlari yaratgan qadimgi sivilizatsiya mavjud bo`lgan.
Arxeologiya ma`lumotlari, tasviriy san`at asarlari, sharqshunoslarining yangi tadqiqotlari va nihoyat o`rta asrdagi O`rta Osiyo olimlarining musiqiy risolalari tarjimasi o`zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga yordam beradi. O`zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari O`rta Osiyo hududida yashagan qardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog’langan. Bu musiqa asarlarning X-XI asrgacha o`zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o`zbek va tojik musiqasi shakllanishi uchun umumiy asos bo`lib xizmat qildi.1
O`rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo`lgan birinchi mingyillikdan boshlanadi. Bular o`troq dehqonlar (sug`diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko’chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) kabilalar edi. Ular haqidagi ma`lumotlar Avestoda ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san`atining boshlanishi o`sha davrlarga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san`ati dastlab sinkretik holatda bo`lgani to`g`risida Avesto kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklar, shuningdek, O`rta Osiyo xalqlarining revolyutsiyagacha bo`lgan turmushi, ularning urf-odatlari, to`y-tomoshalarining arxeologik elementlari guvohlik beradi. Buni arxeologiya, etnografiya va boshqa fanlar bergan ma`lumotlar ham tasdiqlaydi. Sinfsiz jamiyat sharoitida O`rta Osiyoda musiqa asboblarining asosiy - ya`ni urib chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga kelgan edi.
Urug`chilik jamiyatining yemirilishi va sinfiy jamiyatga o`tish, Baqtriya, Sug`diyona va Xorazmda davlatlarining paydo bo`lishi, ahamoniylarning xarbiy-ma`muriy jixatdan birlashuvlari, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-baqtriya podsholigining vujudga kelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrigacha bo`lgan juda katta tarixiy davrni o`z ichiga oladi. Bu davr epik xarakterli mifologik qahramonlik ustun bo`lgan qadimgi og`zaki musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir qahramonlik afsonalari, epik qo`shiqlar O`rta Osiyo xalqlarining o`z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor kurashlarining bo`yoqdor tasvirlari bilan to`la, o`z xalqining ozodligi yo`lida jonini qurbon qilgan cho`pon Shiroqning mislsiz jasorati, vatanga bo`lgan muhabbati to`g`risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Masalan, Rustam va uning janglari, malika Tahminaga bo`lgan muhabbati, tanimagan otasi qo`lida qatl qilingan o`g`li Suxrob to`g`risida hikoya qiluvchi qo`shiqlar mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik bu qo`shiqlar tojik xalqining ajoyib eposi – “Shoxnoma” da o`z aksini topdi. Rustam, Siyovush va boshqa baxodirlar to`g`risida afsonalar sikli yaratildi. Xudolarga sig`inish bilan bog`lik bo`lgan turli xil marosimlarda ham qo`shiq aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan. Avesto gimnlari (qo`shiqlar)ning o`zi rechitativ tarzida ijro etilgan. Gimnlar xor bo`lib aytish mumkin bo`lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy, yarim vaznli rivoyatlardan iborat bo`lgan. Xudolarga sig`inish bilan bog`liq bo`lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo`shiq aytilgan, raqs tushilgan. Xalqning bayram marosimlari, masalan: bahorda kun va tunning baravarlashuvi-Navro`z keng tarqalgan edi. O`rta asr yozuvchilari musiqaning mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bilan tabiatdagi o`lish va tirilish xaqidagi miflar bilan bog`lashga bo`lgan intilishlarini ham ko’rsatib o`tganlar. O`rta Osiyoning yirik davlatlari hududida vujudga kelgan zo`ravonlikning mustahkamlanishi ularni atrofidagi davlatlar bilan yanada yaqinlashtirdi: O`rta Osiyo Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga, keyinchalik esa Grek-baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan edi. O`rta Osiyo tarixida a n t i k deb nomlangan bu davr (eramizdan oldingi IV asrdan eramizning III asrigacha) madaniyatda aks ettirilgan. Grek musiqa asboblarining tasviri saqlanib qolgan. Qadimgi O`rta Osiyodagi antik madaniyatning ko’pgina xususiyatlarini aniqlagan holda Sharqshunoslar uni bilishning o`ziga xosligini, aytaylik musiqa asboblarida (nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko’rsatib berdilar. Mahalliy traditsiyalarning yunon, hind va boshqa traditsiyalar bilan chatishib ketishi so`zlarda ham aks etgani o`sha davr madaniyatining o`ziga xos harakterda bo`lganini nazarda tutadi. Garchi Gretsiyaning O`rta Osiyo musiqa madaniyatiga ta`sirini o`rta asrdagi O’rta Osiyolik olimlarning musiqaga oid risolalarida uchratish mumkin bo`lsa ham, vaqtlar o`tishi bilan bu ta`siri yo`qola bordi.
Kichik terraktiv haykaltaroshlik O`rta Osiyo antik madaniyatining yorqin yodgorligi hisoblanadi. Afrosiyob (qadimgi Samarqand shaqrining o`rni)dan topilgan ko’pgina haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirlangan. Ko’plab topilgan haykalchalar musiqaning sug`dlar va ularning poytaxti bo`lgan Samarqand hayotidagi ahamiyati to`g`risida guvohlik beradi. O`zbek klassik adabiyoti asarlarida qayta-qayta ta`kidlanganidek, Xorazm musiqasi ham boy va rang-barangligi bilan ajralib turadi. O`zbek xalqining o`z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi monodiyaning barcha xilma-xil janrlari hamda boy tasviriy vositalari bilan bizning kunlarimizda ham yangramoqda. U o`zida xalq ijodi (ya`ni asl folklor) hamda kuy tuzilishi jiqatdan rivojlangan ashula va cholg`u asarlar (jumladan sikllik maqom va boshqa janrlar)ni o`z ichiga olgan og`zaki an`anadagi professional musiqani birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona-lirik mazmundagi epik asarlar - dostonlar ham muhim o`rin egallaydi. O`zbek cholg`u asboblari hamda musiqa amaliyoti, musiqa ijrochiligi uslublari bilan bog`lik bo`lgan cholg`u musiqa janrlari ham hayot rang-barangligi va boyligi bilan harakterlanadi.
O’zbek xalq dostonlari nihoyatda ko’p bo’lib, uzoq asrlar davomida yaratildi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kuylanib keldi. Bu hol ularni muayyan turlarga bo’lib o’rganishni taqozo etadi. Dostonlar, dastlab V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov, keyinroq M.Saidov tomonidan nashr qilindi. O’zbek xalq dostonlari qahramonlik, jangnoma, tarixiy, romanik, kitobiy dostonlarga bo’linadi.
1. Qahramonlik dostonlari. Qahramonlikdostonlari bizgacha sof holida «Alpomish» misolida etib kelgan.
2.Jangnoma-dostonlar. Hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan shaxslarni xalq orasida targ’ib qilish maqsadida jangnoma asarlaridan foydalangan. Natijada «Jangnomai Abo Muslim», «Jangnomai Sayid Battol G’oziy», «Jangnomai Amir Hamza» kabi islom dinini zo’rlik bilan targ’ib etgan shaxslarning nomi bilan bog’langan jangnomalar yuzaga kelgan. O’rta Osiyoda keng tarqalgan jangnomalarning qadimgi namunalariga Firdavsiyning «SHohnoma»sini va «Jangnomai Jamshid», «Qahramoni Qotil», «Ho’shang», «To’maris» kabilarni ko’rsatish mumkin.
3. Tarixiy dostonlar. Tarixiy dostonlar tarixdagi konkret voqealar va faktlarni tasvirlash xarakteri, hujjatiylikning darajasi jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar. Ularni shu xususiyatiga qarab:
a) tarixiy-qahramonlik;
b) tarixiy-fantastik;
v) tarixiy-konkret yoki yangi dostonlar;
g) avtobiografik dostonlar
kabi ichki turlarga bo’lish mumkin. Tarixiy-qahramonlik dostonlarining eng yaxshi namunalaridan biri «Oysuluv» dostonidir.
Tarixiy-fantastik dostonlarga «Tulumbiy», «SHayboniyxon» kabilarni kiritish mumkin. «SHayboniyxon» dostonida epik voqelik yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga ega bo’lsa, «Tulumbiy»da ayrim tarixiy shaxslar nomidan bo’lak hech narsa qolmagan, ya`ni unda syujet tarixiy voqelik asosida emas, balki ishqiy-sarguzasht asosida rivojlanadi. Bunday dostonlarda qachonlardir bo’lib o’tgan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar epik bayon uchun umumiy fon vazifasini o’taydi, xolos. Xalq orasida ertak va afsonalar holida juda keng tarqalgan «Xurshidoy» qissasining ikkinchi qismi sifatida «SHayboniyxon» dostoniga kiritilishi va SHayboniyxonning hukmdorlik davri bilan bog’lanishi ham shu bilan izohlanadi.
Tarixiy-konkret yoki yangi dostonlarga XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida baxshilar tomonidan yaratilgan asarlar kiradi. Bunday dostonlar o’zlarining mustahkam tarixiy asoslariga, qahramonlarining … ega. «To’lg’onoy», «Namoz», «Mamatkarim polvon», «Jizzax qo’zg’oloni», «Mardikor», «Amir qochdi», «Ochildov», «Hasan batrak» kabilar yangi dostonlarning eng yaxshi namunalari hisoblanadi. Aniq faktlar va hujjatlarga asoslanish bunday dostonlarning bosh xususiyatidir.
Ergash Jumanbulbul o’g’lining «Tarjimai hol», Fozil Yo’ldosh o’g’lining «Kunlarim», Islom Nazar o’g’lining «Baxtiyor avlodlar», Abdulla Nurali o’g’lining «Kunlarim» kabi dostonlari buning yorqin namunalaridir.
4. Romanik dostonlar. Romanik dostonlarning tuzilishi nihoyatda murakkab. Qahramonlik dostonlarida romanik elementlar bo’lganidek, romanik dostonlardan qahramonlik elementlari, jangnomalar xususiyatlari ham mustahkam o’rin olgan. Hatto bir dostonda bir necha tema baravar ishlangan bo’lishi mumkin. SHularni hisobga olib, bu tip dostonlarni:
a) qahramonlik-romanik;
b) ishqiy-romanik;
v) maishiy-romanik
dostonlar kabi ichki turlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir.
5. Qahramonlik-romanik dostonlarda («Rustamxon», «YAkka Ahmad», «Go’ro’g’li» turkumiga kiruvchi bir qancha asarlar) qahramonlik yo’nalishi ustun tursa, ishqiy-romanik dostonlarda («Kuntug’mish», «Go’ro’g’li» turkumining so’nggi xalqalari) sevgi mojarolari, sarguzashtli voqealar tasviriga alohida e`tibor beriladi. Maishiy-romanik yoki ijtimoiy-maishiy dostonlarda («Sohibqiron», «Orzigul», «Erali bilan SHerali» va boshqalar) realistik momentlar, mavjud tuzumdan ijtimoiy norozilik kayfiyatlari, maishiy turmush bilan bog’liq turli-tuman tafsilotlarni batafsil tasvirlash etakchilik qiladi. Bunday dostonlar syujeti feodalizm sharoitida o’zining real zaminiga ega. Bu xil dostonlarda xalqimiz va baxshilarning demokratik qarashlari yanada yorqinroq aks etgan.


  1. Download 180 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish