II.2. Shashmaqom-mumtoz musiqamiz asosi.
SHashmaqom tojikcha so’z bo’lib, olti maqom mahnosini anglatadi. SHashmaqom ijrosi qadimdan bastakorlik anhanalari natijasida dunyoga kelgan va xalq bastakorlari ijodining mahsulidir. Bastakor so’zi forsiy atama asosida bog’lovchi degan mahnoni anglatadi. Barcha maqom turkumlari ijrolarining sho’hbalarini qaysidir bir bastakor yaratgan va xalqona bo’lganligi uchun xalq mulkiga aylanib ketgan. SHuningdek, buning natijasida maqom yo’llari boyib boravergan. Hozirda ham bu anhana davom etmoqda.
SHashmaqom o’zbek musiqiy madaniyatida beqiyos o’ringa ega va xalqimiz musiqiy merosining asosini tashkil etadi. Uning tarkibida 250ga yaqin mushkulot (cholg’u) va nasr (ashula) yo’llari bo’lib, bularning barchasi aniq lad va uslublar asosida bir-biriga bog’langandir. SHashmaqom tarkibida o’ziga xos shakldagi yirik turkumlar bo’lib,ular Buzruk, Rost, Navo, Dugox, Segox, Iroq deb nomlanadi. Bularning har biri 20tadan 45 tagacha katta va kichik hajmdagi maqom yo’llaridan iboratdir. SHashmaqomdagi har bir turkum yakka kuy va ashulalar tarzida sozanda, xonanda va dastalar tomonidan ijro etilgan va hozir ham ijro etiladi. Maqomlarning har biri ikki bo’limdan iborat bo’lib, ular cholg’u va ashula bo’limlarga ajraladi. Yuqorida aytganimizdek, mushkulot va nasr deb ataladi.
Maqomlarning mushkulot qismida bir xil nom bilan aytadigan cholg’u qismlari mavjud bo’lib, ohanglari turlicha bo’ladi, lekin usuli bir xil chalinadi. Ular Tasnif, Tarji, Gardun, Muhammas, Saqil deb nomlanadi. Maqomlarda nomdosh bo’lmagan cholg’u qismlar ham uchraydi. Masalan, Navoda - Nag’mai Oraz, Dugohda Peshravi Dugoh va Samoi Dugoh, Segohda - Xafifi Segoh va hokazo.
Har bir cholg’u qism xona va bazgo’ylardan tashkil topgan.
«Xona» - uy mahnosini bildirib, kuyning o’zgaruvchan bo’lagidir. Bunda kuy mazmuni yangicha uslubda avj tomon harakatlanib, bosh pardaga qaytib tushadi va mazmunan boyib boradi.
«Bozgo’y» - «qaytariq» mahnosini anglatadi, bunda kuy xonalaridan so’ng takrorlanadi va tugallanadi. Yana ijrolarning takomillashuvida «peshrav» kuy qismlari katta ahamiyat kasb etadi. Peshrav - oldinga yuruvchi mahnoni beradi va kuyning turli balandliklarida bir necha marta takrorlanadi va bozgo’yga ulanib ketadi.
SHashmaqomning nasr (ashula) bo’limining sho’hbalari ham bastakorlik ijodining mahsulidir. Bunda 200 dan ortiq turli shakldagi ashulalar mavjud bo’lib, ular asosida ham bastakorlar tomonidan yuzlab kuy va ashulalar yaratilgan. SHashmaqomning ashula bo’limlari anchagina murakkab shakldagi sho’hbalardan tarkib topgan va asosan, bir-biridan ajralib turadigan ikki xil sho’hbalar guruhiga bo’linadi.
Birinchisi _ Sarahbor, Talqin, Nasr va Ufar qismi. Ikkinchisining esa asosan, Savt - mo’g’ulcha shaklidagi sho’hbalar kiradi. Ashula bo’limi ijrolarida namudlar katta o’rin tutadi. «Namud» - ko’rinish, o’xshash mahnosin anglatib, mahlum bir ashula qismining ikkinchisida qaytarilishi tushuniladi. Namudlar shashmaqomning ashula bo’limida ko’p uchraydi. Bular Dugoh, Segoh, Bayot, Navo, Uzzol, Ushshoq, Oraz, Nasrulloyi, Muhayyari CHorgoh namudlaridan iborat bo’lib, bularning atalishidan maqomning qaysi sho’hbasidan olinganini bilib olish mumkin. Bir maqomdan olingan namud ikkinchi maqomda foydalanilganda, shu maqom sho’hbasining kuy harakati, tuzilishi va doira usullariga moslashtiriladi. Namudlar yirik shakldagi xalq ashulalarida ham uchraydi. Bundan tashqari, anhanaviy qo’shiq ijrosidagi asosiy ishlatiladigan avjlar, yahni Zebo pari avji, Turk avji singari avjlar ham namudlar vazifasini bajaradi va ijroga jilo beradi.
Zebo pari avji - Segoh maqomidan tashqari barcha maqomlarda ishlatiladi va mashhur avj sanaladi. Bu avjni isfaralik mashhur hofiz Zebo pari yaratgan bo’lib, maqom va anhanaviy qo’shiq ijrosiga yangilik sifatida kirib kelgan va mashhur bo’lib ketgan.
Turk avji deb nomlanuvchi avj qadimiy bo’lib, Buzruk va Segoh maqomlari sho’hbalarida foydalanilgan. Bundan tashqari, anhanaviy qo’shiq ijrosida ham juda zaruriy avj sifatida ishlatiladi. Mazkur namud va avjlar maqom sho’hbalarida kuy tuzilmalarining qonuniy rivojlanishi, kuyning ruhi, qiyofasi lad asosining parda tuzilishi va doira usulining xususiyatlariga moslab olinadi. Ular turli usuldagi ashulalarda o’ziga xos ohang bilan jilolanadi.
Yuqorida aytganimizdek, SHashmaqomning birinchi guruh sho’hbalariga Sarahbor, Talqin, Nasr, ularning taronalari va Ufar qismlari kiradi. Har bir maqom turkumi Sarahbor bilan boshlanadi.
Sarahbor - tojikcha «sar», yahni bosh, axbor - arabcha «xabar» mahnosini beradi va bosh ijro yo’li mazmunini anglatadi. Olti maqomning har birida ular maqomlar nomi bilan qo’shilib, Sarahbor, Buzruk, Sarahbori Rost, Sarahbori Navo, Sarahbori Dugoh, Sarahbori Segoh, va Sarahbori Iroq - deb nomlanadi. Ular 11-14-15 bo’g’inli shehriy vaznda ijro etiladi.
Talqin - arabcha «tushuntirish» mahnosini anglatib, bu sho’hba Iroqdan tashqari barcha maqomlarda uchraydi va Talqini Uzzol, Talqini Ushshoq, Talqini Bayot, Talqini CHorgoh, Talqini Segoh deb yuritiladi. Talqinning taronalari esa, Sarahbordagi kabi vazifani bajaradi. Foylatun-foylatun-foylatun-foylun shehriy vazn bilan ijro etiladi.
Nasr - sochma mahnosini anglatib, ular SHashmaqomda o’n to’rtta nom bilan ataladi:
Buzrukda - Nasrulloyi, Nasr Uzzol;
Rostda - Nasr Ushshoq, Navro’zi Sabo;
Navoda - Nasri Bayot, Orazi Navo, Xusayniy Navo;
Dugohda - Nasri CHorgoh, Orazi Dugoh, Xusayniy Dugoh;
Segohda - Nasri Segoh, Navro’zi Xoro, Navro’zi Ajam;
Iroqda - Muxayyari Iroq.
Ular mafoiylun - mafoiylun - mafoiylun vaznli shehriy turkumlar asosida ijro etiladi.
Ufar - maqom ijrolarining yakunlovchi qismi bo’lib, sho’x doyra usulida ijro etiladi. Har bir maqomning sho’hbalari va ularning taronalari turkum tarzida ijro etilib, ufar bilan tamomlanib, oxirgi suporish bilan yakunlanadi. Ufar ijrolarida turli vazndagi shehrlardan foydalaniladi.
Ashula bo’limining ikkinchi guruh sho’hbalari Savt va mo’g’ulchalar usulida ijro etiladigan ashula yo’llaridir. Ikkinchi guruh sho’hbalari besh qismdan iborat bo’lib, asosan ashula yo’llaridan iboratdir. Bundan tashqari, Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma, Ufar shaxobchalari ham mavjuddir. Ular Ramal, Komil, Muzoreh, Rajaz, Mutroqiy vaznidagi shehrlar bilan ijro etiladi.
Ikkinchi guruh sho’hbalari orasida Rok, Iroqi Buxoro, Mustahzodi Navo o’z tuzilishi bilan Savt mo’g’ulcha sho’hbalaridan farq qiladi va ularning bosh qismlari Sarahbor va Talqin usullarida ijro etiladi.
Biz quyida SHashmaqomning har bir turkumining nomlanishi, mazmuni, kuy va ashula yo’llari tuzilmalari haqida qisqacha bayon etishni lozim topdik va shu asosda jadvalda ko’rsatishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |