Tanlangan sohaning shaklini o’zgartirish va u ustidan har xil amallarni bajarish mumkin. Buning uchun Redaktirovar - Edit menyu buyruqlari bizga yordam beradi. Masalan, tanlangan soha nusxasini xotiraga olish va qirqib olish (Kopirovat-Copy, Vыrezat-Cut), xotiradan chiqarish (Vstavit-Paste). Endi qolgan buyruklar bilan tanishaylik:
Erkin o’zgartirish - Svobodnoe preobrazovanie (Free Transform)- ushbu buyruq natijasida tanlangan soha yoki rasm chegaralarida maxsus nuqtalar paydo bo’ladi. Ular yordamida tanlangan sohani cho’zish, egiltirish, aylantirish va boshqa harakatlarni bajarishimiz mumkin.
O’zgartirish - Preobrazovanie (Transform)- ushbu buyruq ichida bir nechta imkoniyatlar mavjud:
Scale - Gorizontal va vertikal bo’yicha o’lchamlarni o’zgartirish
Rotate - Aylantirish
Skew – Bir uchidan cho’zish
Distort - Bir nechta uchidan cho’zish
Perspective – Soha effekti
Flip Horizontal – Gorizontal aylantirish
Flip Vertical – Vertikal aylantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |