Multimediyali aloqa tarmoqlarini boshqarish


Tarmoqni boshqarish masalalari



Download 206,76 Kb.
bet3/4
Sana17.12.2022
Hajmi206,76 Kb.
#889402
1   2   3   4
23.3. Tarmoqni boshqarish masalalari
TMN ga tegishliITU-T tavsiyalarida masalalarning barcha to‘plami quyidagilarni boshqarish guruxlariga bo‘linadi (16.1-jadval):

  • biznesni;

  • tarmoq konfiguratsiyasini;

  • ishdan chiqishlar oqibatlarini bartaraf etish;

  • sifatni;

  • axborotni ximoyalashni;

  • o‘zaro xisob-kitoblarni.

Tarmoqni boshqarish deganda:

  • tarmoq operatorlarining tizimli maqsadlarini aniqlash va unga erishish;

  • boshqa tarmoqlar (zona, qit’a, dunyo) operatorlarining boshqarish tizimlarining o‘zaro aloqasi;

  • tarmoqni boshqarishning usullari va vositalarini belgilab beruvchi tartibga soluvchi xujjatlarni ishlab chiqish tushuniladi.

23.1-jadval

Tarmoqni boshqarish darajalari

Boshqarish masalalari

Konfiguratsiyalarni

Ishdan chiqishlarning oqibatlarini bartaraf etish

Sifatni

O‘zaro xisob kitoblarni

Axborotni ximoyalashni

Biznesni

-




-

-

-

Xizmatlarni







-







Tarmoqni

-

-

-

-




Tarmoq elementlarini




-

-




-

Konfiguratsiyani boshqarish deganda:



  • tarmoqni raqamlash rejasini yaratish va kuzatib borish;

  • tarmoqni shakllantirish va rivojlantirish;

  • tarmoqni va uning ayrim elementlarining rekomfiguratsiyasi;

  • rivojlanish bilan bog‘liq xizmatlar va ishlarni rivojlantirish;

  • tarmoq ma’lumotlar bazalarini yaratish va yuritish tushuniladi.

Bu vazifalar tarmoq parametrlarini va boshqariluvchi elementlarni konfiguratsiyalashdan iborat. SHlyuzlar, marshrutizatorlar, multipleksorlar va boshqa elementlar uchun bu vazifalar guruxi yordamida tarmoq manzillari. Identifikatorlar. Geografik xolati aniqlanadi, tarmoq elementlari orasidagi aloqalar va foydalanish jarayonida bu aloqalarning o‘zgarishi yangi mantiqiy yoki fizik kanallarning tashkil etilishi, kommutatsiya va marshrutlashtirish jadvallarining o‘zgarishi aks ettiriladi.
Ishdan chiqishlarning oqibatlarini bartaraf etishni boshqarish (Fault Manage­ment, FM) deganda:

  • nosozliklarni aniqlash, ko‘payishga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish;

  • tarmoqning barcha muxim elementlari xolatini xaqiqiy vaqtda nazorat qilish;

  • tarmoqni tezkor rekonfiguratsiyalash;

  • nosozliklarni bartaraf etish;

  • ishdan chiqqan aloqa qurilmasini tiklash tadbirlarini boshqarish;

  • to‘xtab qolishlari to‘g‘risidagi xabarlarni qayd qilish, filtrlash va akslantirish;

  • nosozliklarni qayd qilish jurnalini yuritish;

  • foydalanilayotgan tarmoq modeli va uning elementlari asosida xabarlarni korreksion taxlil qilish;

  • tarmoqdagi reglament bo‘yicha va avariya ishlari to‘g‘risida foydalanuvchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish tushuniladi.

Vazifalarning bu guruxi o‘z ichiga yana tarmoq ishidagi to‘xtab qolishlar va ishdan chiqishlarning oqibatlarini aniqlashni belgilab olishni va bartaraf etishni qamrab oladi. Bu darajada faqat xatoliklar to‘g‘risidagi xabarlarni qayd etishgina emas, balki ularni ma’lum bir korrelyasion model asosida filtrlash, marshrutlash va taxlil qilish ishlari ham bajariladi. Filtrlash xatoliklar to‘g‘risidagi xabarlarning jadal oqishidan faqat eng muhim xabarlarni ajratib olishga imkon beradi. Marshrutlash ularni kerakli elementga etkazib berishni ta’minlaydi, korrelyasion taxlil esa o‘zaro bog‘liq xabarlarning oqimini yuzaga keltirgan sababni (masalan, kabelning uzilishi, tarmoqlar va serverlarga kirish mumkin emasligi to‘g‘risida katta miqdordagi xabarlarning sababchisi bo‘lishi mumkin) topishga imkon beradi. Xatolarni bartaraf etish avtomatik tarzda ham, yarimavtomatik tarzda ham bo‘lishi mumkin.
Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini boshqarish (Performance Management, RM) deganda:

  • trafikni boshqarish;

  • xizmatlar sifatini oshirish va ularning assortimentini kengaytirish;

  • taqdim etilayotgan xizmatlarning darajasi to‘g‘risidagi bitimlarni ishlab chiqish. Xulosa chiqarish va ijrosini nazorat qilish (SLA);

  • tarmoqlar va ularning elementlarini faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va taxlil qilish (tarmoq resurslaridan foydalanish samaradorligini xisobga olish va tarmoq hamda uning elementlari ishlashining ishonchliligini nazorat qilish);

  • telekommunikatsiya tarmoqlarining ekspluatatsion tavsiflarini yaxshilash uchun, aloqa xizmatlarini taqdim etishni yaxshilash va assortimentini kengaytirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

  • aloqa tarmoqlarini boshqarish uslublarini takomillashtirish maqsadida boshqarish va nazorat qilish tizimlarining faoliyat yuritilishini taxlil qilish;

  • xizmatlar sifatini boshqarish tizimining ta’sirchanligini taxlil qilish (u yaratilgandan so‘ng) va uni takomillashtirish tushuniladi.

Bu guruxning vazifalari to‘plangan statistik axborot asosida tizimning aks ta’sir ko‘rsatish vaqti, tarmoqning ayrim kanallari va kanallarida trafikning jadalligi, fizik yoki virtual aloqa kanalining o‘tkazish qobiliyati, ma’lumotlarni tarmoq orqali uzatishda ularning buzilish extimoli, shuningdek tarmoqning tayyorgarlik koeffitsienti kabi parametrlarini baxolash bilan bog‘liq. Tarmoq resurslaridanfoydalanish samaradorligini, tarmoq va uning elementlari ishonyaliligini nazorat qilish funksiyasi ham tarmoqni tezkor boshqarish uchun, tarmoqning rivojlanishini rivojlantirish uchun zarurdir.
O‘zaro xisob kitoblarni boshqarish (Accounting Management, AM) deganda:

  • taqdim etilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash;

  • taqdim etilayotgan aloqa vositalari va xizmatlari uchun tariflar ishlab chiqish va takomillashtirish;

  • taqdim etilayotgan xizmatlar xajmi va nomenklaturasini hamda ularning qiymati xisob-kitobini xisobga olish;

  • ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar summasini xisobga olish;

  • ko‘rsatilgan xizmatlar xajmi va nomenklaturasi xamda ularga to‘lovlar masalasi bo‘yicha abonentlarga ma’lumotnoma axborot tarzida xizmat ko‘rsatish;

  • istagan qonuniy shakldagi xizmatlar ko‘rsatishga aloqa operatorlari bilan shartnomalari bo‘lgan abonentlarni ro‘yxatga olish va xisobini olib borish;

  • taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni nazorat qilish.

Tarmoqni avtomatlashtirilgan boshqarish masalalarini xal etish uchun boshqarish tizimi (BT) va boshqarish ob’ektlari – tarmoq elementlari (NE) o‘rtasida jadal ma’lumotlar almashinuvi zarur. Tarmoqni boshqarish tizimlarining intellektual vazifalari bir vaqtda faoliyat yurituvchi amaliy jarayonilar uchun xisoblash resurslarini ajratishni ta’minlovchi kuchli operatsion tizim va boshqarishning o‘ziga xos masalalarini echishni ta’minlovchi amaliy dasturiy ta’minoti bo‘lgan kompyuterlar majmui bilan amalga oshiriladi.
Boshqarish tizimi uchun platforma sifatida MSEM (Italtel), ALMA 1360 (Alcatel), C&NMS (Siemens), HP Open View Network Node Manager (Hewlett-Packard) foydalanishi mumkin (23.3-rasm).



23.3-rasm.NGN ni boshqarish tizimi
BT va tarmoqlar xamda ularning elementlari (NE) o‘rtasida axborot almashinuvi IP/MPLS texnologiyali transport tarmog‘i va UKS7 signalizatsiya tarmog‘i tomonidan ta’minlanishi kerak. Bu tarmoqlarning tavsiflariga qattiq talablar qo‘yilgan (yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatish, xabarlarni jo‘natish extimolligining kichikligi, yashovchanlik darajasining yuqoriligi)



Download 206,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish