Multimediyali aloqa tarmoqlarini boshqarish


Tarmoqlarni boshqarish muammolari



Download 206,76 Kb.
bet2/4
Sana17.12.2022
Hajmi206,76 Kb.
#889402
1   2   3   4
23.2. Tarmoqlarni boshqarish muammolari
Tarmoqni boshqarish tizimini tashkil etishda asosiy muammolardan biri operatorlarning ko‘pincha turli, xil etkazib beruvchilarning qurilmalaridan foydalanishlari hisoblanadi. Odatda ularning har biri faqat o‘z qurilmasini boshqarishning etarlicha kuchli va ko‘p funksionalli tizimini taklif etadi. Boshqa tomondan ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa prinsiplari asosida qurilgan HP Open View (Hewlett - Packard). Net view (IBM) Sun Net Manager kabi platformalar mavjud bo‘lib, ular turli xil qurilmalarning keng spektrini boshqarishga imkon beradi, lekin ular tarmoqli boshqarish uchun faqat asos bo‘lib hisoblanadilar. Tarmoqni ma’lumotirishning bu platformalari bir konsoldan turli xil etkazib beruvchilarning boshqaruv ilovalariga kirishni ta’minlaydi.
Anik bir boshqarish tizimini amalga oshirish uchun tayyor echimlar mavjud emas – hatto boshqarish tizimlari uchun ishlab chiqarilgan boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli (Gommon Management Information Protocol, CMIP)va tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli (Simle Nework Management Protocol, SNMP)kabi protokollarni hiosbga olgan holda ham. M’lum bir kompaniya tomonidan amalga oshirilgan tarmoqni boshqarish tizimi buyurtmachining tarmog‘i xususiyatlarini hisobga olib qayta ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi.
Tarmoqni boshqarish platformasini (TBT), malakali tarzda tanlash juda muhimdir, ya’ni qo‘yilgan barcha vaziflarning echimini qo‘llab-quvvatlash uchun dasturlar mazmunini. Agar operator tarmog‘i turli xil ishlab chiqaruvchilarning qurilmalariga ega bo‘lsa, u holda TBB kommutatsiya kanallariga ega tarmoqni ham (PSTN),paketlar kommutatsiyasi bo‘lgan tarmoqni (IP/MPLS, ATM, Fram Relay, SDH, x 25 va boshq.) ham yuqori samadorlikda boshqarishni platformasi quyidagi masalalarni xal etish uchun moslangan bo‘lishi kerak:

  • uzoqlashtirilgan bo‘g‘inlar, modullar, portlar, kanallarni grafik interfeys yordamida konfiguratsiyalashni;

  • foydalanuvchilarning talab qilingan miqdordagi multipleksorlari va kanallarini boshqarishni;

  • har qanday konfiguratsiyadagi birikishlarni yaratishni: “nuqta-nuqta”, “nuqta-guruh”, “guruh-guruh”;

  • haqiqiy vaqt rejimida tarmoq holatini nazorat qilishni tashkil etishni;

  • tarmoqni sinxronlashtirishni akslantirishni;

  • tarmoq resurslaridan foydalanishni akslantirishni;

  • nosozliklarning oldini olish va bartaraf etish uchun tashxislashni o‘tkazishni;

  • quyidagi kontekstlardan birida tarmoq holatini ko‘rib chiqishni: ob’ektga yo‘naltirilgan va mantiqiy yo‘naltirilgan.

Ob’ektga yo‘naltirilgan holda ko‘rib chiqish tarmoqning fizik komponentlarini, jumladan, multipleksorlar, modullar, portlar, kirish qurilmalari, kanallar kabi komponentlarni taqdim etishni amalga oshirishga imkon beradi. Kommunikatsiya bo‘g‘inlari tarmoq operatorining ishlashi uchun qulay bo‘lish uchun tanlab olgan istalgan guruhlash tamoyilga ko‘ra guruhlarga yoki qism tarmoqlarga birlashtirilishi mumkin.
Mantiqan yo‘naltirilgan ko‘rib chiqish yuqori tezligi (IP) MPLS domenlarda LSP traktlar, Franc Relay kanallari, virtual traktlar va ATM virtual kanallari) va post tezligi qo‘yilgan tarmoqlarning “nuqta-nuqta” birikmalari tashkil etilgan yo‘lni ko‘rsatish imkonini beradi.
Tarmoqni boshqarish platformasi quyidagilarni taqdim etish kerak:

  • tarmoq elementlariga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun mablag‘lar va kompaniyaning texnik,hisob-kitob va marketing xizmatlarining o‘zaro aloqalari;

  • qurilmaning konfiguratsiyasini boshqaruvchi va tarmoq holatini kuzatuvchi operatorlar va ma’lumotlar uchun keng imkoniyatlar.

Telekommunikatsiya tarmog‘ining barqaror ishlashi asosi barcha xizmatlar o‘rtasida tezkor, statistik va boshqa axborotning barcha xizmatlar o‘rtasida taqsimlanishi, kompaniyaning barcha bo‘linmalarining yaxshi o‘zaro aloqalarini ta’minlash hisoblanadi.
Tarmoqni boshqarish platformasi tarmoqda to‘xtab qolishlar yoki ortiqcha yuklanishlar yuzaga kelganda quyidagi vazifalarni hal etishni ta’minlovchi dasturiy vositalarga ega bo‘lishi kerak:

  • haqiqiy vaqt rejimida avariya to‘g‘risidagi xabarlarni kommutatsiya bo‘g‘inlari, aloqa liniyalari, interfeyslar va abonentlik uchliklari guruhlari bo‘yicha taqsimlash va nomerga ajratish;

  • avariya xabarlari bilan bir vaqtda vujudga kelayotgan muammolarni tezkor xal qilish uchun zarur mufassal axyuorot olish;

  • amalga oshirilgan xarakatlar natijalari to‘g‘risida, nosozlikning sababi to‘g‘risida, shuningdek mazkur muammo bilan shug‘ullangan avariya xizmati operatori yoki muxandisining familiyasi to‘g‘risidagi axborotni qayd qilish;

  • xar bir tarmoq elementi to‘xtab qolishlarning miqdori va davomiyligi to‘g‘risida, shu jumladan foydalanuvchi axborotni uzatadigan bo‘g‘in, modul, port yoki kanal bo‘yicha ishdan chiqish va to‘xtab qolishlarning miqdori va davomiyligi to‘g‘risida statistik axborotni yig‘ish, to‘plash va o‘qish.

Bu axborot tarmoqning ishlash qobiliyatini taxlil qilish va mijozlar bilan o‘zaro xisob-kitoblar qilish uchun foydalanishi kerak.
Tarmoqni boshqarish jarayonini rejalashtirish va tashkil etish (E.412, E.413 tavsiyalari). Telekommunikatsiya tarmog‘ining xolati quyidagi sabablar oqibatida vaqt bo‘yicha o‘zgaradi:

  • foydalanuvchilar yaratadigan trafikdagi o‘zgarishlar;

  • qurilmalarning shikastlanishi;

  • avariyalar;

  • xizmatlar ishidagi rejali tanaffuslar.

Katta yuklanish kunlarini rejalashtirish. Katta yuklanishni yuzaga keltirish mumkin bo‘lgan voqealar orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • umumiy bayramlar – yangi yil, Navro‘z;

  • xar yilning aynan bir kuniga to‘ri kelmaydigan diniy bayramlar, sportning ommaviy turlari bo‘yicha jaxon chempionatlari yoki qit’a birinchiliklari;

  • milliy bayramlar;

  • nodavriy voqealar, jumladan, savdo yarmarkalari, davlat arboblarining rasmiy tashriflari, xalqaro konferensiyalar va yig‘ilishlar.

Katta yuklanish kunlari uchun rejalar tuzishda quyidagi chegaralarni nazarda tutish kerak:

  • qo‘shimcha kanallarni ishga tushirish;

  • kanallarni ikki tomondan band qilish yo‘nalishlaridan bir tomondan band qilishga o‘tkazish;

  • trafikni odatda foydalanilmaydigan tranzit bo‘g‘inlar orqali marshrutlashtirishni nazarda tutadigan aloqa yo‘nalishlari rejasini o‘zgartirish;

  • odatdagi tranzit bo‘g‘inlarning ortiqcha yuklanishini bartaraf etish;

  • katta yuklanishlar davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar to‘g‘risida foydalanuvchilarni xabardor qilish;

  • rejani ishlab chiqishda qo‘llaniladigan mezonlarni asoslash.

Qurilmaning shikastlanish vaziyatlari. SHakastlanishlarning oldini olish rejalarini tuzishda, agar shunday rejalarni tarmoq ob’ektlarini kuzatish tajribasidan kelib chiqib tuzish imkoni bo‘lsa, unga quyidagilarni kiritish zarur:

  • shikastlanish miqyochlari xali aniqlanmagan sharoitda qabul qilinadigan dastlabki choralar;

  • shikastlanish sabablari va miqyoslari aniqlangandan so‘ng qabul qilinadigan keyingi choralar;

  • tarmoq ishida yuzaga kelgan sharoitlarni baxolash.

Tarmoqda shikastlanishlarga aks ta’sir ko‘rsatish rejalariga quyidagi choralar kiritilishi kerak:

  • shikastlanish ta’sir ko‘rsatgan punktlarni yoki boshqa ob’ektlarni identifikatsiya qilish;

  • tarmoqning profilaktika qilish maqsadida shikastlangan yoki vaqtincha o‘chirib qo‘yilgan (uzib qo‘yilgan) uchastkalarini aylanib o‘tish uchun foydalaniladigan aylanma yo‘llar bo‘yicha trafikni vaqtincha yo‘naltirish;

  • foydalanuvchilar uchun maxsus yo‘riqnomalar;

  • rejani bajarish mezonlari (mazkur reja foydalaniladigan shartlar ro‘yxati).

Avariyalar. Avariyalarni oldindan bilish muammoli masala, ammo ularning oqibatlarini ma’lum bir aniqlikda oldindan ko‘ra bila olish maqsadga muvofiqdir. Avariya xolatlariga munosabat bildirish rejalariga quyidagilar kiritilishi kerak:

  • manfaatdor ma’muriyatlar, xususiy tarmoq xizmatlari va foydalanuvchilarning xabarnomalari ro‘yxatlari;

  • avariya sharoitida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xarakatlar ro‘yxati;

  • xodimlar shtatini oshirish va ish vaqti davomiyligini oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar.

Xizmatlar ishidagi rejali tanaffuslar. Tarmoq uchastkalari, bo‘g‘inlari va stansiyalari ishida ko‘zda tutilgan tanaffuslar vaqtida quyidagi choralarni ko‘rish zarur:

  • boshqa ma’muriyatlar talab qiladigan nazariy tadbirla;

  • manfaatdor operatorlar uchun mo‘ljallangan shoshilinch chaqiruvlarni belgilash tadbirlari.

Tarmoqni boshqarishni tashkil etish. (E.413 tavsiyasi) tarmoqni boshqarishni tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga qamrab olishi kerak:

  • tarmoqni boshqarish uchun xizmatlarning o‘zaro aloqalarini rejalashtirish va tashkil etish;

  • tarmoqni boshqarish buyruqlarini amalga kiritish va chiqarish;

  • tarmoqni boshqarish tizimini rivojlantirish.



23.2-rasm. Ishchi stansiya monitorida tarmoq xolatining aks ettirilish namunasi


Ishchi stansiya monitorida tarmoning xolati to‘g‘risidagi axborotning aks ettirilishi. Tarmoq tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifati to‘g‘risidagi axborot xizmatlarni boshqarish darajasi ishchi stansiyasi (WS) monitorida tezkor tarzda aks ettirilishi kerak (23.2-rasm).
Xizmat ko‘rsatish sifatining xar bir ko‘rsatkichiga ma’lum bir pog‘ona qo‘yilishi kerak. Agar xizmatlar sifatining birorta ham ko‘rsatkichi pog‘onaga etmasa, u xolda monitorda «NORM» aks etadi. Aks xolda «ALARM» aks tadi. Taxlikali xolat quyidagi sharoitlarda yuzaga kelishi mumkin:

  • aloqaning real ortiqroq yo‘nalishlarida ortiqcha yuklanish (Overload), %;

qurilmalarning ishdan chiqishi (Failure).

Download 206,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish