Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda bilim olishga, maktab, kollеjdan
kеyin oliy o'quv yurtlariga kirib o'qishga intilayotgan yoshlar soni yildan-yilga
ko'paymoqda. Bu esa, mamlakatimizda ta'lim sohasini isloh qilish natijasida katta
yutuqlar qo'lga kiritilayotgani, yoshlarning aql-zakovati, bilim olishga bo'lgan qiziqishi
ortib borayotganining isbotidir. Bunda esa AKT o'zining chеksiz imkoniyatlarni
taqdim eta olish qobiliyati bilan joziba kasb etadi. Ammo, undan oqilona foydalana
olishgina jamiyat a'zolarini chinakam taraqqiyotga еtaklaydi.
Case-texnologiyasi – murakkab dasturiy tizimlarni taxlil etish, loyixalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug’i – kompyuterlarning maxalliy tarmog’ida ishlayotgan mutaxasislarni birgalikda, xamkorlikda loyixa ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyixaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyixani tashkiliy boshqara bilishligidadir.
WINDOWS-98-1998 yilning yozida ishlab chiqarilgan yangi operatsion tizim (OT) bo’lib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o’z-o’zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS-98 grafik maxsulotning ko’rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo’yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo’llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va uzib qo’yilishini ta’minlaydi, televidenie xamda shaxsiy kompyuterning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi.
WINDOWS- 98 ning oldingi versiyalardan, xususan WINDOWS-95 dan asosiy farqi- uning ishlatilishi va internetga kirishidagi soddaligi xisoblanadi.Unda Web texnologiyasi bo’yicha o’zgaruvchan yordam tizimi va kompyuter ishlatilishini o’rgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Webyo’naltirilgan interfeys foydalanuvchiga kompyuterda, maxalliy kompyuter tarmog’ida xamda Web-texnologiyda axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini ta’minlaydi va shu bilan birga axborotlar qidiruvini osonlashtiradi.
Windows-98 ishlatilgan xolda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo’yiladi:
-prosessor – pentium100 mgs va undan yuqori;
-tezkor xotiraning xami – 16 mbayt va undan katta;
-tizimning standart o’rnatilishi uchun qattiq diskda ( vin chesterda) 195 Mb bo’sh joy bo’lishi kerak, lekin tizimning konfiguratsiyasi va tanlangan qismlar soniga qarab, 120 dan 295 Mb gacha bo’sh joy zarur bo’lishi mumkin;
-kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod;
-monitor-VGA yoki undan xam yuqori aniqlikka ega bo’lgan qurilma;
-kiritish qurilmalari – Microsoft mouse sichqonchasi yoki unga mos boshqa qurilma.
Agar kompyuterda WINDOWS-98 OT o’rnatilgan bo’lsa, u kompyuter yoqilishi bilan ishga tushib ketadi va natijada ekranda quyidagi ko’rinish paydo bo’ladi:
WINDOWS-98 ekranining asosiy qismlari:
-ish stoli –asosiy soxa;
-masalalar paneli (<<пуск>>tugmachasi bilan boshlanadigan qator) –odatda ekranning quyi qismida joylashadi.
Ish tugagach, sichqonchani <<пуск>> tugmachasida bosib <<Завершение работы>> bo’limini tanlash kerak, xosil bo’lgan savol-javob oynasida <<Выключит компютер>> (kompyuterni o’chirish) buyrug’ini tanlab, <<Да>>(xa) tugmachasini bosish zarur. Bunday ketma-ketlik WINDOWS-98 tizimiga o’z ishini to’g’ri tugatish va vaqtinchalik fayllarini berkitish uchun imkon beradi.
Kompyutеrning dasturiy ta'minoti orasida eng kup qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyutеrlardan inson faoliyatining barcha soxalarida kеng foydalanishi, turli prеdmеt soxalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishidir. Amaliy dasturiy ta'minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yunaltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:
— buxgaltеriya uchun DT;
— pеrsonalni boshkarish DT;
— jarayonlarni boshkarish DT;
— bank axborot tizimlari va boshkalar.
Umumiy maksadli ADT — soxa mutaxassisi bulgan foydalanuvchi axborot tеxnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam bеruvchi kuplab dasturlarni uz ichiga oladi. Bular:
— kompyutеrlarda ma'lumotlar bazasini tashkil etish va saklashni ta'minlovchi ma'lumotlar bazasini boshkarish tizimlari (MBBT);
— matnli xujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tеgishli xolatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;
— grafik muxarrirlar;
— xisoblashlar uchun kulay muxitni ta'minlovchi elеktron jadvallar;
— takdimot kilish vositalari, ya'ni tasvirlar xosil kilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga muljallangan maxsus dasturlar.
Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshkarishni ta'minlovchi dasturlarni uz ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
— rеjalovchi yoki organayzеrlar, ya'ni ish vaktini rеjalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, tеlеfon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
— tarjimon dasturlar, ya'ni bеrilgan boshlang’ich matnni kursatilgan tilga tarjima kilishga muljallangan dasturlar;
— skanеr yordamida ukilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan uzgartiruvchi dasturiy vositalar;
— tarmokdagi uzok masofada joylashgan abonеnt bilan foydalanuvchi orasidagi uzaro mulokotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichiq nashriyot tizimlari «kompyutеrli nashriyot faoliyati» axborot tеxnologiyasini ta'minlaydi, matnni bichim solish va taxrirlash, avtomatik ravishda bеtlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga quyish va xokazolarni bajaradi.
Multimеdia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi xisoblanadi. U ma'lumotlarni kayta ishlash muxitining uzgarishi, lazеrli disklarning paydo bulishi, ma'lumotlarning tarmokli tеxnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun'iy intеllеkt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni turt yunalishga bulish mumkin:
— Ijodiy jarayonlarni imitatsiya kiluvchi tizimlar.
Ushbu yunalish kompyutеrda uyinlarni (shaxmat, shashka va x.k.) avtomatik tarjima kilishni va boshkalarni amalga oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shuQo’llanadi.
— Bilimlarga asoslangan intеllеktual tizimlar.
Ushbu yunalishdagi muxim natijalardan biri ekspеrt tizimlarning yaratilishi xisoblanadi. Shu tufayli sun'iy intеllеkt tizimlarini ma'lum va kichiq soxalarning ekspеrti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.
— EXMlarning yangi arxitеkturasini yaratish.
Bu yunalish sun'iy tafakkur mashinalari (bеshinchi avlod EXMlari) ni yaratish muammolarini urganadi.
— Intеllеktual robotlar.
Bu yunalish oldindan quyilgan manzil va maksadga erisha oladigan intеllеktual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.
Dasturlar – buyruqlar ketma-ketligini tartibga keltiruvchi hisoblanadi. Hatto birinchi qaraganda dasturlar uskunalar bilan o‘zaro harakat (aloqa)da bo‘lmaganidek, kiritish uskunasidan hech qanday ma’lumotni talab qilmaydigandek, chiqish uskunasidan hech qanday ma’lumotni chiqarishni amalga oshirmayotgandek ko‘rinsa ham, baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan.
Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish hech bo‘lmaganda shartli ekanligini unutmasligimiz kerak.
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minotining tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga tayanib ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida
gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar va o‘zaro hamkorlik harakatlarining mavjudligi, amaliyotda
esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o‘zidan oldingi darajaning dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘laklab hisoblash texnikasi bilan ishlashning dastur o‘rnatishidan boshlab to amalda foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. Shunga ham ahamiyat berish kerakki, yuqori darajadagi barcha dasturiy ta’minotlar butun tizimning funktsional ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, tayanch darajada dasturiy ta’minotni hisoblash tizimi ko‘plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy ta’minotni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi.
.
Amaliy daraja. Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot ma’lum ish o‘rnida aniq topshiriqlar bajaruvchi amaliy dasturlar majmuasidan iborat. Bu topshiriqlarning spektori ishlab chiqarishdan to ijodiygacha va ko‘ngilochar topshiriqlargacha juda kengdir. Hisoblash texnikasining tadbiq qilinishi mumkin bo‘lgan sohalarining ulkan funktsional (harakat) diapazoni turli xildagi faoliyat turlari uchun amaliy dasturlarning mavjudligi bilan bo‘langan.
Foydalanilgan adabiyotlar
.
1 Xalq ta'limi tizimida axborot tеxnologiyalaridan samarali foydalanish
yo'llari va istiqbollari.
B.X.Daniyarov
2 Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida
Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari vositalaridan foydalanish samaradorligini
oshirish yo'llari
F.R.Ro'ziqulov
3 Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari vositasida tasviriy san'at ta'limi sifati va samaradorligini oshirish.
A. Sulaymonov
4 Xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirishga bo'lgan ehtiyojlari bilan
ishlash masalalari.
D. Bakirov
Glossary
1.Axborot kommunikatsion texnologiyalari – bu bilim, dalil va qonunlarni
taqdim etishda barcha imkoniyatlarni o’zida jamlab olgan usul va
metodlar demakdir.
2.Multimedia – bu obyekt va jarayonlarni an’anaviy matn shaklida emas,
balki fotorasm, video, chizma va animatsiya, ovoz yordamida namoyon
qilishdir.
3.Ko’rgazmali metod – ko’rgazmali qurollardan foydalanib dars berish.
4.Axborot – obyektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to’plami.
5.Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon va hodisaning holati haqidagi
yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumot yozish, ishlov berish va
uzatishning vosita va uslublarning jamlanmasidan foydalanadigan
jarayondir.
6.Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa,
uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta
ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
7.Axborot zahiralari – alohida hujjatlar, axborot tizimlar, ya’ni kutubxona,
arxiv, fond ma’lumotlari, banklari, shuningdek, boshqa axborot
tizimidagi hujjatlar to’plamidir.
8.Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalar
Asosida axborotning an’anaviy va orginal turlar asosida o’quv materiallarni o’quvchigayetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir.
Krossvord
Savollar.
1.Innovatsiya so'zining ma'nosi nima?
2.O'quv jarayoni tarkibining birinchisini nima tashkil etadi?
3.Pedagogik innovatsiyaning asosiy manbasi nima?
4.Texnologiya so'zining ma'nosi nima?
5.Zamonaviy ta'lim tizimining asosini nima tashkil etadi?
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Virtual laborotoriyani yaratishdan maqsad nima?
2.Boshlang'ich ta'lim tizimida bilim olishmotivini oshiruvchi
narsalar nimalardan iborat?
3.Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadanfoydalanish
o'quvchiga nima beradi?
4.Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi nima?
5.Mikroprotsessor texnologiyasi qachon kashf etilgan?
6.Axborot zahiralari nimalardan iborat?
7.Ta'limni axborotlashtirish qanday imkoniyatlar beradi?
8.Elektron taqdimot nima?
9.Innovatsiya nima?
10.Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi nima?.
Mavzu yuzasidan testlar
1.AKTning ta’limiy vositasi bu…
a) Elektron nashr
b) Zamonaviy texnologiya
c) Innovatsion loyiha
2. Zamonaviy ta’lim tizimining asosini nima tashkil qiladi ?
a) Sifatli va yuqori texnologiyali muhit
b) Malakali va bilimli o’qituvchilar
c) Animatsion ko’rgazmalar
3. 1872 – yilda fanga kirib kelgan tushuncha qaysi?
a) Axborot
b) EHM
c) Texnologiya
4. Axborot necha xil ko’rinishda ifodalanadi ?
a) 5 xil
b) 4 xil
c) 3 xil
5. Ta’lim jarayonidagi eng muhim vosita nima ?
a) Axborot
b) Malakali kadr
c) Kompyuter vositalari
6. Ob’ektlar.,hodisalar, jarayonlar haqidagi to’plam nima?
a) Kompyuter
b) Axborot
c) texnologiya
7. Innovatsiya so’zi qaysi tildan olingan ?
a) Grek
b) Lotin
c) Ingliz
8. 20- asrning 80 – yillarida ……….. kashf etilgan ?
a) Arifmometr
b) Skaner
c) Mikroprotsessor
9. Mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlarini yaratish borasidagi
Ishchi faoliyati bu…
Texnologiya jarayoni
Axborot uzatish va qabul qilish
Bunday faoliyat mavjud emas
10.Talabaning fikrlash faoliyatini kompyuter texnologiyalar yordamida
Ko’rgazmali tashkil qilish nechta vazifani bajaradi?
2ta
3ta
4ta
Do'stlaringiz bilan baham: |