Muloxaza. Xulosa chikarish



Download 127,14 Kb.
bet5/32
Sana06.07.2022
Hajmi127,14 Kb.
#747221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
10-mavzu mulohaza

S

P

A

+

- (+)

E

+

+

J

-

- (+)

O

-

+



Predikatning mazmuniga ko’ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko’rsatiladi. Shuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa bo’ladi.
Masalan, «Hamma daraxtlar o’simliklardir» va «Hyech bir o’simlik hayvon emas». Birinchi hukmda daraxtlarning o’simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o’simliklar va hayvonlar sinfining o’z holicha umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan.
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o’rtasida muayyan munosabatlarning bo’lishi yoki bo’lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo’lakdan katta». «Ikki–uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo’lak o’rtasida bo’lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan.
Munosabat hukmlari sifatiga ko’ra, tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo’linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o’zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar o’rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi.
Munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra ham turlarga bo’linadi. Xususan, ikki o’rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, juz’iy-juz’iy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo’linadi.
Masalan, «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Guruhimizning har bir talabasi fakultetimizdagi hamma o’qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Guruhimizdagi ba’zi talabalar ba’zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy); «Tarix o’qituvchisi guruhimizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do’stim ba’zi masalalarni yecha oladi» (yakka-juz’iy); «Guruhimizdagi hamma talabalar ingliz tilini o’rganadilar» (umumiy-yakka); «Guruhimizdagi ba’zi talabalar fransuz tilini o’rganadilar» (juz’iy-yakka); «Guruhimizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o’yinchisini biladilar» (juz’iy-umumiy).
Uch o’rinli, to’rt o’rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga bo’linadilar.
Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat hukmlari («A–B» ko’rinishda bo’lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg’ir yog’adi)ni ko’rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qat’iy hukm turlari sifatida talqin qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko’rib chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko’pincha atributiv hukmlar ko’rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko’rinishida talqin qilish mumkin.
Shuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko’rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar ham farqlanadi. «Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko’rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o’qitiladigan fanlardan darsliklar yetarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir.



Download 127,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish