Kоmmunikаnt “mеn”i vа ungа munоsаbаt
Xullas, muloqot jarayonida munosabat mazmunan ikki xil: ijobiy va salbiy; ifoda usuliga ko‘ra uch xil: verbal, noverbal va aralash usullarda ifodalanadi.
Avvalo, muomala va etiket so‘zlarini mohiyatini tushunib olishimiz zarur. Muomala so‘zi lug‘atlarda «[a. o‘zaro munosabat, aloqa] kishilar bilan munosabat, so‘zlashuv, shunday munosabat yo‘sini: Yaxshi muomala. Dag‘al muomala», deya izohlanadi. Etiket so‘zi esa: «[fr. etiquette — odob-axloq; marosim tartibi] biror jamiyatda, ijtimoiy guruh va sh.k. da qabul qilingan o‘zaro muomala, odob-axloq; marosim tartibi, qoidalari. Diplomatik etiket»
MUOMALA ETIKETLARI
(telefon suhbatlari misolida)
Umuman olganimizda, etalon sifatida qabul qilingan odob-axloq me’yorlarini etiket deb yuritsak to‘g‘riroq bo‘ladi. Kiyinish, yurish-turish, ovqatlanish etiketlari qatori muomala etiketlari ham insonning madaniyatlilik darajasini belgilovchi omillardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |