Muloqot va kommunikatsiya
91_20 OOT guruh talabasi Mirzokhiddin Mirzayev
Reja:
Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar.
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda.
Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi axborot ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar.
Muloqot funksiyalari
ko’rsatma
integrallashuv
ma’lumot berish
baholash
o’qitish
ta’sir ko’rsatish
Imidj yaratish
ishchilarni xabardor qilish
«Kommunikatsiya» soʻzi lotincha “communicare” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, xabar bermoq, qatnashmoq, boʻlishmoq, umumlashtirmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlarning bir-birlari bilan va boshqa mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi.
Kommunikativ aloqa inson hayotiga ma’no qoʻshadi. U munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi. U bizning butun jahon toʻgʻrisidagi bilimimizni boyitib, turmushimizni munosib qiladi.
Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Muloqotning bu turi tashkilotlarda keng qo‘llaniluvchi xabar yozish jarayonini yozishga aylantiradi. Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, ma’lumotnomalar, siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shaklda bo`lishi kerak.
Yozma nutq yuqori darajada bo`lmas ekan, og`zaki nutq ko`ngildagidek bo`lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo`llashga to`liq imkoniyat bo`ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin.
Yozma nutqda og`zaki nutqdagi kabi hayajon bo`lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og`zaki nutqdan ko`ra ravon, aniq va izchilroq bo`ladi.Yozma nutq barqaror va qat’iy bo`ladi, u har doim avvaldan o‘ylanadihamda matnga tushiriladi. Yozma nutq og`zaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi. Og`zaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi.
- Muhiddinova X., Salisheva Z., Po‘latova X. O‘zbek tili (oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 288 b.
- Normatova Sh., Abdurahmonova M. O‘zbek tili, (darslik) Toshkent: JIDU. 2014. – 192 b.
- Fayzullayeva Sh., Azizova H., Usmonova G. O‘zbek tili (oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim talabalari uchun o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Iqtisodiyot, 2012. – 108 b.
- Yuldasheva Sh., Kabulova D., Sobirova M. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma) –Nukus: Bilim, 2013. – 156 b.
- Husanov., Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma) – Toshkent: TMI. 2017.- 336 b.
6. Lafasov U. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: ToshDSHI. 2016. – 532 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |