Mulohazala r


Texnika va taktikani o’rgatishda asosan yaxlit mashqlar qo’llanadi



Download 194,92 Kb.
bet7/21
Sana31.05.2022
Hajmi194,92 Kb.
#621328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
« futbolchilarning texnik harakatlarini tahlil qilish va uni oshirish yo’llari

Texnika va taktikani o’rgatishda asosan yaxlit mashqlar qo’llanadi.
10 – 12 yoshda tezlik, asosan, tezkorlik – kuch sifatlarining rivojlanishi va mushak tizimining o’sishi tufayli oshadi.
Shuning uchun tezlikni tarbiyalash vositalari tarki – bida tezkorlik – kuch mashqlari (sakrashlar, depsinishlar, yugurishda tezlanishlarning o’zgarishi) muhim o’rinni egallaydi.
Chidamlilikni tarbiyalash uchun: bir maromda kross yugurish; sport va harakatli o’yinlar, yugurish va o’yin mashqlarini qismlarga bo’lib bajarish kabilar zarur.
Katta o’quv – mashg’ulot guruhlarida tezkorlikni tarbiya – lashga katta ahamiyat beriladi, chunki uni rivojlantirish juda mushkul bo’ladi. Mashg’ulot jarayonida mashqlar quyidagi xususiyatlariga ko’ra tanlanadi:
– o’yin mazmuni va tizimi yo’nalishi (texnika va taktikani takomillashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish);
– organizmning alohida funksiyalariga ta’sir qilish (aerob, anaerob va aralash);
– mashqlarning davomiyligi va shiddati, takrorlanish soni, tanaffuslar kattaligi miqdori va hokazo.
1.Futbol texnikasi haqida tushuncha.
Qo`yilgan maqsadga erishmoq uchun o`yinda xilma xil tarzda qo`shib turib qo`llaniladigan maxsus priyomlar to`plami futbol texnikasini tashkil etadi.
Texnik priyomlar – bu futbol o`yinni vujudga keltirish vositasi demak. Yuksak sport natijalariga erishish ko`p jihatdan futbolchining ana shu xilmag’xil vositalarini qanchalik to`liq bilishiga raqib komanda o`yinchilari qarshilik ko`rsatayotgan ko`pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda uyin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo`llanishiga bog’liq. Futbol texnikasini yaxshi bilash futbolchining har tomonlama tayyorgarlik ko`rishi va garmonik kamol topishidagi ajralmas qismidir.
O`yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbolda texnikasida muayyan o`zgarishlar bo`ldi. Bu evolyutsiyaning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: boshning chakka qismi va orqasi bilan zarba berish to`pni boldir bilan to`xtatish singari noratsional priyom va usullarni qo`llash ancha kamayib ketdi; oyoq yuzi bilan zarba berishdan, to`pni son va ko`krakda to`xtatishdan, to`pni qo`l bilan tashlash (darvozabon texnikasi)dan foydalanish koeffitsenti oshdi, aldash harakatlari (fintlar) ko`paydi.
Hozirgi futboldagi texnik priyomlar uyin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan etarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul harakat sistemasi bilan xarakterlanadi. Tez va ishonchli, sodda va samarali bo`lsin! Futbol texnikasini qo`llanishga qo`yiladigan hozirgi kundagi talab ana shundan iborat.
Trenerlik ishi amaliyoti shundan dalolat beradiki, futbolchilarni o`yin texnikasiga o`rgatishda katta futbolchilar trenirovkasiga nisbatan boshqa uslublarni qo`llash lozim. Mazkur masala futbol bo`yicha maxsus adabiyotlarda ham keng yoritilga.
Yosh futbolchilar bilan ishlaydigan trenerlar o`yinda yuzaga keladigan harakatlarni bajarish usullarini yaxshi egallagan bo`lishlari lozim. Futbol texnikasining o`ziga xos xususiyatlari, boshqa sport turlaridan farqi, o`ziga xos bo`lgan qirralari va harakatlanish malakalarini bilmagan trener futbol o`yini texnikasiga muvaffaqiyatli o`rgatishga qodir emas.
Futbol o`yini texnikasi, harakat malakalarining umumiy o`ziga xos xususiyatlaridan tashqari, bir qator o`ta ixtisoslashgan malakalarga ega. Texnika usullari va to`pni egallab olishning ayrim elementlarini bajarish hamda ularni o`yin vaziyatlarida qo`llash quyidagicha tavsiflanadi:
1) futbol harakatlari malakasi har doim ma`lum bir sifatlar, masalan, mushakg’kuch, tezkorlik, chidamlilikka asoslanadi;
2) harakat malakasi o`yin texnikasini ifodalovchi element hisoblanadi va u shundan iboratki, uzoq vaqt ichida yuqori darajada barqaror bo`ladi, ya`ni o`yin texnikasi malakalari ko`p yillarga saqlanib qoladi;
3) futbol o`yini texnikasi uchun xos bo`lgan tabiiy holat shundan iboratki, asosiy texnika usullarini qo`l bilan emas (bu insonlar uchun odatiy xol), balki oyoq bilan bajarishga to`\ri keladi. Bu faqat o`rgatishning boshlan\ich davridagina o`yin texnikasini egallash uchun qiyinchilik tu\diradi.;
4) futbol o`yini texnikasi elementlari \ayrioddiy, bolalar uchun notabiiy bo`lganligi sababli, o`yin texnikasiga o`rgatishda tegishli uslubiy usullarni qo`llash zarur bo`ladi;
5) o`yin paytida futbolchilar texnik usullarni “o`ziga xos muhitda” qo`llaydilar: o`yin qoidalarida gavda bilan kurash olib borish ruxsat beriladi. Bunda raqibingiz sizga u yoki bu texnika usulini qo`llashingizga xalaqit berishi mumkin. SHuning uchun texnikaga o`rgatish va uni mustahkamlashda o`yindagi kurash xususiyati hamda raqibning qarshilik ko`rsatuvchi harakatlarini nazardan qochirmaslik lozim;
6) futbolda (birinchi navbatda o`yin paytida) harakatlarni oldindan mo`ljallay olish mumkin emas: ular vaqt va makonda sodir bo`ladi. Ularni oldindan rejalashtirib bo`lmaydi. Bu harakatlarning makondagi, vaqt orali\idagi va dinamik (mushak kuchi, tashqi ta`sir kuchlari) tuzilmasi ko`pgina “individual” sport turlariga (engil atletika, gimnastika, suzish, velosiped sporti va h.k.) nisbatan boshqacharoq.
O`yin xususiyati va harakatlarning o`ziga xos tuzilmasi, o`yinchilarning individual jismoniy hamda ruhiy xususiyatlaridan tashqari, texnikaga o`rgatish va uni mustahkamlashni belgilab beradi. Harakatlarga o`rgatishni alohida qismlarga bo`lingan va parchalangan holda amalga oshirish mumkin emas.


2.Futbol texnikasining klassifikasi
Futbol texnikasining klassifikatsiyasi texnik priyomlarini umumiy (yoki o`xshash) spetsifik belgilariga qarab gruppalarga bo`lishdan iborat.
O`yin faoliyati xarakteriga qarab futbol texnikasida ikkita yirik bo`lim ajratiladi: maydon o`yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo`lim esa quyidagi: harakatlanish texnikasi va to`pni boshqarish texnikasi bo`limchalariga bo`linadi. Kichik bo`limlar turli usullarda ijro etiladigan konkret texnik priyomlardan: harakatlanish texnikasi priyomlari va usullardan iborat. Ulardan maydon o`yinchilari va darvozabon foydalanadi. Ammo ayrim priyom va usullar o`zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo`lib, detallardagina farq bo`ladi. Har xil priyom, usul va turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turlig’tuman qiladi.
Futbol texnikasining xarakteristikasi maydon o`yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bo`lim bo`lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi.

3.To`psiz harakatlanish texnikasi.

Harakatlanish texnikasi quyidagi priyomlar gruppasini o`z ichiga oladi: yugurish, sakrash, to`xtash, burilish. harakatlanish texnikasining klassifikatsiyasi 2 rasmda ko`rsatilgan.


O`yin vaqtida harakatlanish texnikasi priyomlardan xilmag’xil tarzda qo`shib foydalaniladi. Mana, masalan futbolchining harakatlanish tezligi nihoyatda xilmag’xil, sekin yurushidan boshlab startdagi tezlanishi maksimal tezlikka qadar o`zgaradi, yugurishin maromi va yo`nalishi qo`qisdan o`zgarib turadi. YUgurishnigg xilmag’xil priyomlarini sakrash, to`xtash, burilish bilan birga qo`shib olib borish futbolchi qarakatlanishi xos xususiyat hisoblanadi.
Harakatlanish texnikasining priyomlari maydon o`yinchilari va darvozabonning to`pni boshqarish sa`nati bilan chambarchas bo\liq. harakatlanish texnikasi priyomlarini eragicha hamda kompleks tarzda qo`llanish ko`p taktik vazifalarni (to`p olish uchun ochilish va raqibni chal\itish, pozitsiya tanlash, o`yinchini to`sib olish va h.q) samarali hal qilish imkonini beradi.
YUGURISH. Futboldagi asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To`pni boshqarmayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar.. Bundan tashqari yugurish tarkibiy qism sifatida to`pni boshqarish texnikasiga ham kiradi.
Futbolda yugurishning quyidagi priyomlari qo`llaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish.
Oddiy yugurishdan asosan to`\riga borayotgan o`yinchilar bo`sh joyga chiqish raqibni quvish va hokazolardan foydalanadi. Harakat sistemasi ham (bir oyoqqa tayanish va havoda uchish fazalariga bo`linishi) tuzilishi ham engil atletika yugurishidan farq qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi, chastotasi va ritmidagi farqi bor xolos.
YUgurish qadamning uzunligi sprinterlarda 2g’2,2 m ga teng bo`lsa, katta yoshchi futbolchilarda o`rtacha 1,3g’1,5 m ga teng. qadamlar chastotasi sprintlardagi sekundiga 4g’4,5 qadamga teng. Fubolchilarda chastota sal ortiqroq. Sekundiga 5,1g’5,5 qadam bo`ladi. Bu esa, havoda uchish fazasi qisqaroq bo`lgani sababli tez to`xtashga yoki tez burilib, oshishga yordam beradi.
Tisarilib yugurishdan asosan to`pni olib qo`yishda va to`pni olishda qatnashayotgan himoyadagi o`yinchilar foydalanadilar. YUgurishning bu turi ham tsiklik (qo`shaloq kadamda) bo`ladi. qisqag’qisqa, lekin tezg’tez qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo`qligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyo\i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan ekanidir.
O`yin sharoiti ko`pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga ortadigan bo`lib, bu ko`proq oyo\ining orqaga aktiv harakat qilishiga bo\liq.
Tisarilib yugurayotganda o`yinchi ba`zan muvozanatni yo`qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning o\irlik markazi o`qi tayanch yuzasining tepasida turishi o`yinchining holati tur\un bo`lishi shartlaridan biridir.
CHalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo`nalishini o`zgartirish uchun, turgan joydan o`ngga yoki chapg siltanib yugurish paytida, burilib olganda keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spetsifik vositasi bo`lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo`shib qo`llaniladi.
CHalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan yugurish qadamlari bilan xarakterlanadi. Qadam tashlash tsiklining birida (qo`shaloq qadam) siltanuvchi oyoqni tayanch oyoqning oldiga chalishtirib o`tkaziladi. YUgurish paytda havoda uchish fazasi juda qisqa.
Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan kerakli holatga o`tishda (masalan, o`yinchi oldini to`sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi. Keyinroq o`yindagi vaziyatga qarab, xarakatlanish texnikasining turli priyomlari sifatida ijro etiladi.
Juftlama qadam tashlab yugurish oyoqlarni sal bukib bajariladi. Birinchi qadamni harakat yo`nalishiga yaqin oyodan boshlab, yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo`r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo`naltiradi.
Sakrash. To`xtash va burilish priyomlarining ba`zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to`pni oyoqda, ko`krakda, kalla bilan to`xtatib qolish va ba`zi fintlar texnikasining qismiga kiradi. o`yndan olding, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo`nalishlarda sakraladi. o`yindagi vaziyat ko`pincha maksimal baland yoki maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbolchining koordinatsion qobiliyati bilan belgilanib, futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristikalari optimal bo`lgan harakatlar qilishi kerak bo`ladi.
Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va erga tushish fazalari bo`ladi.
Sakrashning ikki xil priyomi bor: bir oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.
Bir oyoqda depsinib sakrash oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda aktiv depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda o\irlik markazining o`qi sakrash tomonga o`tkaziladi. Sakrashning traektoriyasi va kuchi o`yindagi vaziyatga bo\liq. Bir oyoqda yoki ikki oyoqda erga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o`tish imkonini beradi. Oqirlik markazi o`qining proektsiyasi tayanch yuzasining chegarasida yoki undan tashqarida bo`lishi ham shunga yordam beradi.
Sakrab to`pga kalla urayotganda ko`pincha maksimal baland ko`tarilish kerak bo`ladi. Bunda yugurib kelib depsinadigan oyoqni taqqa to`xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil qilib) qo`yish yordam beradi. Sal cho`nqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilabg’oldinga tomon aktiv depsinish kerak bo`ladi, bunda qo`llarni ko`krak baravar silkitib ko`tarish depsininshning samarasini oshiradi.
Ikki oyoqda depsinib sakrash. Bunday usul bilan oldinga, oldinlabg’yon tomonga va oraliq yo`nalishalarda sakraladi.
Turgan joydan sakraganda o`yinchi depsinish oldidan tezda salgina cho`qayadi. Oyoqlarni aktiv to`\rilash bilan birga gavda o\irlik markazining sakrash tomoniga o`tkaziladi va o`qllar silkitiladi. YUgurib kelib sakrayotganda so`nggi qadamda bir oyoqni taqqa to`xtaydigan qilib o`qyiladi. CHo`nkayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi. Depsinish havoda uchish va erga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi bo`ladi.
To`xtash. Harakatlanish texnikasida to`xtashga harakat yo`shalishini o`zgartirishning samarali vositasi deb haraladi. To`satdan to`xtab qolganda, raqiblarning qaerda, qanday joylashishiga qarab turib to`p bilan ham, to`psiz ham o`sha ketayotgan tomonning o`zig yoki qarshi tomonga otilib ketiladi, o`ngga yoki chapga qochib qolinadi.
To`xtashda ikki xil priyom qo`llaniladi: sakrab to`xtash va tashlanib to`xtash.
Sakrab to`xtash uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda erga tushildi – bunda tur\unlik bo`lsin uchun shu oyoq sal egiladi. Ammo ko`pincha erga ikki oyoqlab tushiladi.
Tashlanib to`xtash so`nggi yugurish qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tiralanadig’da, keyin oyoqni rostmana erga qo`yiladi. Tashlanib to`xtash oyoqlarni anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan xarakterlanadi.
Barcha xil to`xtashlardan keyin, odatda, turli yo`nalishlarda harakat davom ettiriladi. SHuning uchun to`xtashdagi so`nggi holat keyingi harakatning start holati bo`lishi kerak.
Burilish. Burilish yordamida futbolchilar tezlikni minimal kamaytirib, yugurish yo`nalishini o`zgartiradilar. Odatda turgan joyda burilgandan keyin start harakatlari boshlanadi. Burilish, shuningdek, zarba berish, to`pni to`xtatish, to`pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi tarkibiga ham kiradi.
Burilishning quyidagi priyomlaridan foydalaniladi: hatlab o`tib burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. O`yin sharoitga qarab yon tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, xarakat paytida ham ijro etilaveradi.
Hatlab o`tib burilganda qisqag’qisqa 2g’3 qadam tashlash hisobiga kerakli yo`nalishga qarab olinadi.
Harakat yo`nalishini to`satdan va tez o`zgartirishda sakrab burilish samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga aktiv depsiknnib bajariladi. Silkinch oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi. Sakrash unchalik baland bo`lmasa ham to`lag’to`kis bajariladi. Tayanch oyoqda burilishning ikki turi bor. Birinchisida burilish yo`nalishidan uzoqdagi oyoqqa tayanib burilinadi. Bunda futbolchi gavda o\irlik markazi o`qining proektsiyasini tayanch satq chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga aylanadi. Ikkinchisida harakat yo`nalishiga yaqin oyoqqa tayanib burilinadi, gavda o\irlik markazining o`qi burilish tomonga ko`chadi. o`tkaziladigan oyoqni ham shu yo`nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib qo`yiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi.

  1. To`p bilan harakatlanish texnikasi.

Maydon o`yinchisining texnikasi ikkita kichik bo`limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo`lsa, ikkinchisi to`pni boshqarish texnikasidir.
Maydon o`yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilmag’xil priyomlari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar.
To`pni boshqarish texnikasiga quyidagi priyomlar gruppasi kiradi: zarba berish, to`pni to`xtatish, to`pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to`pni olib quyish. Bundan tashqari, qo`lda bajariladigan spetsifik priyom – yon chiziqning nariyoqidan to`pni tashlab berish ham to`pni boshqarish texnikasiga kiradi.
O`yin vaqtida qaysi priyom qancha miqdorida ijro etilishi futbolchilarning o`yindagi funktsiyalariga bo\liq. Priyomlarining ijro etish sifati esa maydon o`yinchilarining hammasida yuksak darajada bo`lishi kerak.

Download 194,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish