- MULKCHILIK MUNOSABATLARI VA ULARNI TARKIBI
Reja: - 1. Mulkchilik munosabatlari. Mulk obyekti va subyekti.
- 2. Mulkchilikning turli shakllari.
- 3. O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo`llari, usullari.
Mulkchilik munosabatlari: - Bu- mulkga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish jarayonida vujudga kekadigan iqtisodiy munosabatkardir.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni quyidagilarni tashkil qiladi: - egalik qilish
- foydalanish
- tasarruf etish
Egalik qilish. - Mulkdorlik xuquqini uning egasi qo`lida saqlashni bildiradi.Ayrim xollarda mulkga egalik qilish uning egasi qo`lida saqlanib undan amalda foydalanish esa boshqalar qo`lida bo`ladi.
- Masalan ijaraga berilgan mol-mulk.
Foydalanish: - Bu mol-mulkni iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo`llanilishi.
- Mol-mulkdan foydalanishda undan daromad olish yoki shaxsiy extiyojni qondirish uchun ishlatiladi.
Mulkni tasarruf etish: - Mol-mulk taqdirini mustaqil xal qilishdir. Ya`ni: mol-mulkni sotish, meros qoldirish, xadya qilish, ijaraga berish.
Mulk obyekti. - Mulkga aylangan barcha boylik turlari. Bunga inson yaratgan moddiy va ma`naviy boyliklar,tabiiy boyliklar, aqliy mehnat maxsuli va boshqalar kiradi.
Mulk subyekti. - Jamiatda ma`lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo`lgan, mulk obyektini o`zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo`lib ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruxlarga birlashgan bo`lishlari mumkin.
- Ayrim kishilar oila va hatto davlat ham mulkchilik subyektini tashkil qilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi “Mulkchilik” to`g`risidagi qonun - Qonunda mulklar quyidagi guruxlarga taqsimlanadi:
- 1. Davlat mulki
- 2. Jamoa mulki
- 3. Xususiy mulk
- 4. Shaxsiy mulk
- 5. Aralash mulk
Davlat mulki. - Davlatga tegishli bo`lgan mulkga egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish davlat ixtiyoroda bo`ladi.
Jamoa mulki. - Muayyan maqsadda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma`naviy boyliklarni xamjixatlik bilan o`zlashtirish.Buning abzallig tomoni shundaki ishlab chiqarish vositalari va mexnat maxsuliga ayrim shaxslar emas, ma`lum gurux kishilari egalik qiladi.
- Bunga: Koorperetivlar, ijara va jamoa korxonalari, aksionerlar jamiyati va shirkatlarning jamoa tashkilotlari, daniy tashkilotlarning mulklari kiradi.
Shaxsiy mulk. - Fuqarolar mulki bo`lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy extiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Xususiy mulk. - Yollanma mexnatga asoslangan va o`z egasiga foyda keltiradigan mulk. Qonunda xususiy mulki bo`lgan, mol-mulkining miqdori va qiymati cheklanmasligi belgilangan.
O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirish yo`llari va usullari. - Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan davlatning monopol xukmronligiga chek qo`yib jamiyatda faollik ko`rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo`l va imkoniyatlar ochib berishidan iborat. Xususiylashtirish davlat mulkini ma`lum darajada xaqiqiy egalariga- fuqarolarga berish demakdir.
O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirish dastur asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. - 1992-1993-yllar xususiylashtirishning 1-bosqichini o`z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, maxalliy sanoat, xizmat ko`rsatish korxonalari xamdaqishloq xo`jalik maxsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oladi.
1994-1995-yillar 1994-1995-yillar 2-bosqichga to`g`ri keladi. Bu davrda ko`plab yirik va o`rta korxonalar xissadorlik jamiyatlariga aylantirildi va ularning aksiyalari respublika qimmatbaho qog`ozlar bozorining asosini tashkil qildi. 1996-yil 3-bosqich. - Bu yakunlovchi bosqich bo`lib, bu davrda xususiylashtirilmaydigan obyektlar ro`yxatiga kirmagan barcha obyekt va korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Do'stlaringiz bilan baham: |