Mulk huquqi REJA: - 1. Mulk va mulk huquqi tushunchasi.
- 2. Mulk huquqining mazmuni, vujudga kelish va bekor bo’lishi asoslari.
- 3. Mulk huquqining asosiy tamoyillari
- Jamiyatning iqtisodiy negizi - mavjud mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga, bal’ki iqtisodiy ma’noga xam ega. Kishilar mexnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o’ziga xos tarzda "takdim etilgan" boyliklar xar doim mulk bo’lib kelgan. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmasligiga karab, kishilarning jamiyatdagi mavkei, anikrogi ijtimoiy-iqtisodiy makomi vujudga keladi. Mulkiy munosabatlarsiz iqtisodiy munosabatlar, ishlab chikarish jarayoni o’z mazmuniga ega emas.
- Mulkchilik munosabatlari - jamiyatdagi boyliklarni o’zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Mulkchilik, birinchidan, insonning boyligi bo’lmish ashyo, buyum yoki boshqa narsaga nisbatan munosabat, ikkinchidan, boylik, ne’mat xususida kishilar urtasida vujudga kelgan munosabatdir. Kishilar buyumlarni, ne’matlarni o’ziniki kilib olgandagina o’zlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda o’zganiki bo’lgan ne’matlarni o’zlashtirib bo’lmaydi. Mulk soxibi o’z mulkiga mustakil tayanib ush kuradi. Mulksiz o’zganing mulkini ijaraga oluvchi yoki mulkdorga yollanib ishlovchi shaxs bu ma’noda mustakil emas. Ne’matlar ikki yusinda: ishlab chikarish resurslari, ya’ni vositalari va ishlab chikarish natijalari o’zlashtiriladi.
Mulkchilik bu - ma’suliyat bilan manfaatlarning o’zviy birligi xisoblanadi. Mulkchilik real bo’lishi uchun mulkdorning ikisodiy manfaati - uning boylik egasi sifatida xayotiy extiyoji bo’lib, xatti-xarakat, fe’l-atvorini iqtisodiy motivasiyasi (sababi)ni yuzaga chikaradi. - Mulkchilik bu - ma’suliyat bilan manfaatlarning o’zviy birligi xisoblanadi. Mulkchilik real bo’lishi uchun mulkdorning ikisodiy manfaati - uning boylik egasi sifatida xayotiy extiyoji bo’lib, xatti-xarakat, fe’l-atvorini iqtisodiy motivasiyasi (sababi)ni yuzaga chikaradi.
- Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik munosabatlarini tubdan qayta kurib chikishni takozo etadi. Shaxsning mulkdan begonalashuviga asoslangan ijtimoiy aloxida imtiyozli mavkeiga barxam berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 58-moddasida bozor munosabatlarini mamlakatimiz iktisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi mustaxkamlab kuyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |