Muhsinova nargiza erkin qizi


Termik barqarorlashgan PVX kompozitsiyalarining termooksidlanish destruksiyasini tadqiq qilish



Download 60,1 Kb.
bet9/16
Sana20.07.2022
Hajmi60,1 Kb.
#830534
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
CHAROS

2.4. Termik barqarorlashgan PVX kompozitsiyalarining termooksidlanish destruksiyasini tadqiq qilish
T-mahsuloti tuzlari bilan termik barqarorlashgan polivinilxlorid kompozitsiyalarining termooksidlanish destruksiyasi atmosfera havosida dinamik va izotermik termogravimetrik usullar yordamida tadqiq qilindi.
Dastlabki va modifitsirlangan polivinilxlorid kompozitsiyalari namunalarining destruksiyasi dinamik sharoitlarda Paulik-Paulik-Erdey 676 sistemadagi derivatografda o‘rganildi: haroratlar intervali 20-5000S, namunalar miqdori 0,1 g, qizish tezligi 10o min., inert modda: spektral toza alyumin oksidi.
Polimer namunalarini izotermik gravimetrlash torsion tarozilarda olib borildi. Tarozida tortilgan namunalar yupqa devorli shisha idishlarga solinib, torsion tarozi ilgaklariga osib qo‘yildi. Shisha idish reaksiya ketadigan idishga tushirildi, so‘ng oldindan qizdirilgan hammomga solindi, haroratning aniqlik darajasi ± 10 ni tashkil etadi. Namuna massasining o‘zgarishi torsion tarozi orqali qayd qilindi.
Destruksiya 490 ± 1 K haroratda olib borildi.
Qo‘shimchalar qo‘shilgan polimer kompozitsiyasining termik barqarorligi aniqlash uchun 0,05-0,1 g tadqiq qilinayotgan moddadan kvars idishga solindi, undagi kvars ilgak va kvars ip bilan pastki kvars prujinaga o‘landi. Kvars prujinaning yuqori qismidan yopiq shakldagi shisha idishning yuqori qismiga osib qo‘yildi, qaysiki u ham o‘rta va past qismlardan iborat. Shisha idish kran orqali differensial manometr, LT-2-9 elektrolampasi, kislorod yoki argon solingan ballon bilan o‘landi. Bu sistemani forvakuum, diffuzion nasos va manometrga o‘lash orqali argonning bosimi nazorat qilib turildi. Shisha idishning pastki qisqa qismi termostatga tushirildi, bunda haroratni 373 K dan 873 K gacha (harorat aniqligi ± 20) ushlab turish imkoniyati bor. Issiqlik tashuvchi sifatida belgilangan proporsiyada natriy nitrit va kaliy nitrat aralashmasidan foydalanildi. Namunalarni parchalanish darajasini bilish uchun simning ixtiyoriy no‘qtasidan kvars prujinaga kvars ip bilan va KM-6 katetometr bilan o‘langan qismi o‘rganildi. Kvars prujina oldindan kalibrovka qilib olindi va tajriba haroratning shunday interval qismida olib borildiki, bu yerda kuchlanish deformatsiyasining qat’iy chiziqli bog‘lanishi ko‘zatildi. Issiqlik tashuvchilar yordamida 5 minut davomida kvars idishdagi harorat 473 K ga yetdi.
Termik barqarorlikni aniqlash davomida ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng prujina – kvars idish sistemasidagi tanlangan no‘qtaning hisob ishlari bajarildi. Kvars idish tarozida tortib olindi va o‘tkazilgan tajriba davomida yo‘qotilgan massani quyidagi formula bo‘yicha hisobladik:
Δg = g0 - gt
Bu yerda: g0 – tajriba boshlanishidagi massa, mg;
gt – tajribadan keyingi massa, mg.
Belgilangan haroratda polimer vaqt davomida ma’lum darajagacha parchalanadi. Belgilangan no‘qtada polimer massasining yo‘qotilishi:
ΔL = L0 - Lt
Bu yerda: L0 – belgilangan no‘qtadagi boshlang‘ich holat;
Lt – belgilangan no‘qtadagi oxirgi holat.
Quyidagi formuladan gravimetrik koeffitsiyentni hisoblaymiz:
K = =
Ma’lum vaqt oralig‘ida massani yo‘qolishini quyidagi formula bo‘yicha hisoblaymiz:
Δg = ΔL ∙ K
Bu yerda: ΔL – ma’lum vaqtda prujinaning belgilangan no‘qtadagi harakatlanishi. Ushbu vaqtdagi polimer massasining nisbiy yo‘qotilishi (% da) quyidagicha topildi:
K =
Eksperimentni rejalashtirish. Har bir namuna uchun natijalarning ishonchliligiga ta’sir qiluvchi omillarning o‘zaro bog‘langanligini hisobga olgan holda to‘liq uch faktorli eksperiment o‘tkazildi.
Eksperiment natijalarini hisoblash va ishlarning rasmiylashtirilishi standart dasturlar Misrosoft Offise Power Point - 2007 [Prezentation], Paint Misrosoft Offise- 2007, Misrosoft Offise Word - 2007, Misrosoft Offise Excel – 2007, Internet Explorer ga muvofiq kompyuterda amalga oshirildi.


Download 60,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish