3.3. Polivinilxlorid uchun termostabilizatorlar-antioksidant
sinergik aralashmalar
Polimerlarni fizik-kimyoviy modifitsirlash borasidagi ko‘pgina ishlar alohida komponentlarning polimer tuzilishi va xossalarini modifitsirlash samaradorligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ko‘p komponentli tizimlar modifikatsiyasi ayniqsa diqqatni o‘ziga tortadi. Shuning bilan birgalikda ulardan foydalanishning bir qator afzalliklari bor, jumladan komponentlarni birgalashib o‘zaro ta’siri natijasida sinergik samaraga erishish yoki kam miqdorda modifikator sarflab ekspluatatsiya davrida polimer xossalarini saqlab qolishga erishishdir.
Komponentlarning ta’sir mexanizmi kimyoviy o‘zaro reaksiyalarga asoslanib, aralashmadagi komponentlarning bir – biri bilan reaksiyalari natijasida samaraliroq modifikatorlar hosil bo‘lishi (PVX uchun shunday ta’sir kuchiga ega bo‘lgan T-mahsulotining kalsiyli, bariyli va qo‘rg‘oshinli tuzlari bilan santanoks va difenilolpropanlar); individual ta’sirlar (komponentlarning har biri modifitsirlash samarasiga individual ravishda ta’sir qiladi); aktivlanish (bir komponent ikkinchisini aktivlashtiradi); polimer va polimerning parchalanish mahsulotlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvlarini o‘z ichiga oladi.
Ishda PVX ning oksidlanishidagi qo‘shaloq tizimlar: T-mahsulotining qo‘rg‘oshinli tuzi – santanoks, T-mahsulotining bariyli tuzi – santanoks, T-mahsulotining kalsiyli tuzi – santanoks va T-mahsulotining qo‘rg‘oshinli tuzi – difenilolpropan, T-mahsulotining bariyli tuzi - difenilolpropan, T-mahsulotining kalsiyli tuzi – difenilolpropanlar tadqiq qilindi. Barcha holatlarda ham sinergizm hodisasi ko‘zatilib, ayniqsa T-mahsulotining qo‘rg‘oshinli tuzlaridan foydalanilganda uning gidroperekisni parchalashdagi ta’siri eng yuqori bo‘ldi. Bu yerda T‑mahsuloti tuzlari kuchsiz ingibitor hisoblanib ular sinerigst ishtirokida kuchli ingibitorlar kabi ta’sir qiladi, T‑mahsuloti tuzlari to‘liq sarflangandan keyin ham oksidlanish jarayoni statsionar holatda qoladi. T‑mahsuloti tuzlari ishtirokida gidroperoksidlarni parchalashi natijasida sarflanishidan quyidagicha xulosa qilish mumkin, sinergistlar, ya’ni gidroperoksidlarni parchalovchilar fenol tutgan qismini to boshqa qismining tugagunicha sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu esa polimer tarkibida gidroperoksidlarning boshlang‘ich qismi hosil bo‘lishiga olib keladi.
Organik birikmalar aralashmalarida o‘zaro ta’sirlashishi natijasida antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lmagan sinergizm samarasining paydo bo‘lishi yuqoridagi mexanizmlarga qaraganda adabiyotlarda judayam kam tahlil qilingan.
6 va 7 rasmdan ko‘rinib to‘ribdiki antioksidantlar aralashmasi PVX termodestruksiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Moddalar aralashmalari bir‑biri bilan ta’sirlashishi natijasida yanayam samaraliroq stabilizatorlar hosil qiladi:
In1 + In2 →Insam
Bu ko‘rinishdagi sinergistik ta’sir mexanizmi katta qiziqish o‘yg‘otadi, ya’ni bu birikmalar hosil qilgan “kuchlar” alohida qo‘llagandagiga nisbatan bir necha o‘n martalab oshib ketishi mumkin./
7 rasmdan ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi miqdorlarda olingan stabilizatorlar PVXning termik barqarorligini sezilarli darajada oshishiga olib keladi, ya’ni stabilizatorlar individual holda qo‘llanganiga nisbatan ularning samaradorlik yig‘indisi 2,4‑3 marta yuqori ekanligini ko‘rish mumkin. Bunda maksimal stabillash samaradorligi “termik barqarorlik vaqti” ko‘rsatkichi bo‘yicha stabillangan namunalarda amalda 1:1 nisbatdagi qiymatga mos keladi. Ko‘rinib turibdiki antioksidantlar konsentratsiyasi yig‘indisi 0,5 mol/kg ga teng bo‘lganda egri chiziqdagi maksimum “tarkib – induksion davr” koordinatalarida T‑mahsulotining qo‘rg‘oshinli tuzi –difenilolpropan uchun 120 min va shunga mos ravishda T‑mahsulotining bariyli tuzi ‑ difenilolpropan uchun 96 minutni, T‑mahsulotining kalsiyli tuzi ‑ difenilolpropan kompozitsiyalari uchun esa 82 minut, shuningdek 1,0 mol/kg miqdordagi induksion davr uzunligidagi maksimumi T‑mahsulotining qo‘rg‘oshinli tuzi – Santanoks aralashmalaridagi samaradorlik nisbatan kuchliroq bo‘lgan komponent tomonga siljiydi, bunda samaradorlik 3 marta yuqori bo‘lishiga erishiladi.
Ko‘pincha polimer materiallar olishda uning tarkibiga turli xil komponentlar qo‘shilishi talab etiladi: to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, stabilizatorlar oksidlanishga qarshi qo‘shimchalar va boshqalar. Bu moddalar bir‑biri bilan o‘zaro turlicha ta’sirlashishi va polimer termooksidlanish tezligiga ham ta’sir qilishi mumkin .
Shunday qilib, sintez qilingan stabilizatorlarning sinergetik samaradorlik ta’sirining kuchayishini PVXning termik va termooksidlanib parchalanish vaqtida kuzatish mumkin. Sinergik aralashmalar nafaqat termik barqarorlikning oshishiga, balki polimer kompozitsiyalarining uchuvchanligiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |