Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan


.5. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish asoslari



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

4
.5. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish asoslari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar  faoliyat  yuritishlarini mablag‗ bilan ta‘minlash 
iqtisodiy  muammolardan  biri  bо‗lib,  katta  tavakkalchilikni  talab  etadi.  Sarflangan  mablag‗larni  qaytarish, 
qoplash muddati qanchalik uzoq bо‗lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat 
ichida  bozor  konyunkturasi  ham,  narx-navolar  ham,  ish  haqi  tо‗lovlari  ham  zimdan  oshib  boradi.  Shuning 
uchun, iqtisodiyot barqaror bо‗lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun 
mamlakat uchun xos bо‗lsa) xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag‗ sarflash maqsadga 
muvofiqdir.  Bunday  yondashish  ilmiy-texnika  taraqqiyotining  sur‘ati  eng  yuqori  bо‗lgan  va  yangi 
texnologiya  yoki  mahsulotlarning  kirib  kelishi  oldingi  investitsiyalarni  tezda  qadrsizlantirib  yuborishi 
mumkin bо‗lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, pulni oluvchi yetarli obrо‗ga ega bо‗lmasa 
va mablag‗ egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag‗ning о‗zini qoplash muddatiga 
qarab ish kо‗riladi. 
Misol  tariqasida,  «Jahongir»  kichik  korxonasining  mablag‗  bilan  ta‘minlanish  va  uni  о‗zlashtirish 
tartibini kо‗rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida о‗zlashtirish uchun 120 ming sо‗mlik xom ashyo resurslari va 
tayyor  mahsulotlar  mavjud.  Mazkur  resurslardan  foydalanish  natijasida  korxona  35  ming  sо‗m  daromad 
olishni  kо‗zda  tutmoqda.  Shu  asnoda  korxona  rivojlanish  fondidan  ajratilgan  pullar  va  bankdan  olingan 
kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalash-tirilgan. Xо‗sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi? 
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz. 
Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
Xarajatlarni 
qoplash muddati 

 
Boshlang‗ich investitsiyalar 

120000 
=  3,4yil 
(
1) 
Har yilgi pul daromadlari 
35000 
 
Mazkur hisob-kitobdan kо‗rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish muddati belgilangan 
muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investitsiya ajratishning ushbu varianti qulaydir. 
Ammo  amalda  pul  daromadlari  har  yili  har  xil  bо‗ladi.  Odatda,  ular  ish  boshida  kamroq  bо‗lib, 
keyinchalik  о‗sib  borishi  mumkin  (agar  loyiha  biror  bir  aniq  maqsadni  kо‗zlagan  bо‗lsa  va  ishlab 
chiqaradigan  mahsulot  haridorgir  bо‗lsa).  Bunday  holatda  xarajat-larni  qoplash  muddati  ancha  boshqacha 
bо‗ladi. 
Faraz  kilaylik,  investitsiya  miqdori  misolimizdagi  kabi  bо‗lib,  yillar  bо‗yicha  kо‗zda  tutiladigan 
tushumlar quyidagicha bо‗lsin: 
birinchi yilda – 25 ming sо‗m; 
ikkinchi yilda – 35 ming sо‗m; 


 
67 
uchinchi yilda – 48 ming sо‗m; 
tо‗rtinchi yilda – 54 ming sо‗m. 
Bulardan  kо‗rinadiki,  3  yilda  daromadlar  hajmi  108  ming  sо‗mni  tashkil  etadi.  Demak, 
investitsiyaning  tо‗liq  qoplanishi  uchun  tо‗rtinchi  yili  davomida  atigi  12  ming  sо‗m  talab  etiladi.  Bu 
summani tо‗rtinchi yilda kо‗zda tutilgan daromadlar summasi (54 ming sо‗m) ga teng bо‗lib, shu yil uchun 
xarajatlarni  qoplanish  muddatiga  –  0,22  yilga  ega  bо‗lamiz.  Shunday  qilib,  xarajatlarni  qoplash  muddati 
3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi. 
Investitsiyalarni  tahlil  qilishning  bunday  usuli  soddaligi  va  aniqligi  bilan  ajralib  turadi.  Uning 
qulayligi  yana  shundaki,  agar  investitsiya  yо‗l  qо‗yiladigan  muddatda  qoplanishi  nuqtai  nazaridan 
baholanganda,  u  investitsiyaning  qaltisligi  haqida  ham  aniq  tasavvurga  ega  bо‗lishga  yordam  beradi.  Shu 
boisdan, bunday hisob-kitob investitsiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qо‗shimcha bо‗la 
oladi. Chunki, ular, kо‗pincha, kutilishi mumkin bо‗lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik yaqqol ifodalay 
olmaydi. 
Bu  usulning  ham  о‗ziga  yarasha  kamchilik  va  nuqsonlari  bor,  albatta.  Birinchidan,  u  pulning  vaqt 
davomida  qiymat  о‗zgarishini  hisobga  olmaydi.  Ikkinchidan,  yuqorida  keltirilgan  formulada  investitsiya 
tо‗liq  qoplangandan  keyin  tushadigan daromadlar ham kо‗rsatilmagan. Zero,  yangi fondlar undan keyin 
ham ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hech bо‗lmaganda qisman bartaraf etish uchun, xarajatlarni 
qoplash muddatini sо‗mning bugungi va kechagi qiymati о‗rtasidagi farqni hisobga olgan holda  qо‗llash 
maqsadga muvofiqdir. 
Pullarning yoki sarflangan mablag‗larning bugungi va kechagi qiymatlari о‗rtasidagi farqni hisobga olish 
uchun  investitsiyalarning  qoplanishi  hisob-kitob  qilinayotganda  kelgusidagi  daromadlar  diskontlash 
koeffitsiyentlariga kо‗paytiriladi. Diskont koeffitsiyentlari quyidagi formula orqali hisoblanadi: 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish