Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

4.4. Yangi korxonani boshqarish 
Korxona  (firma)ning  rivojlanish  bosqichlari.  Faoliyatining  dastlabki  bosqichlarida  ishbilarmon 
qator muammolarga duch keladi. Shulardan biri о‗z xо‗jalik yuritish maqomiga ega bо‗lishidir. Shu bilan 
birga ishbilarmon bozor holatini, talab va taklifni о‗rganishi lozim. Bundan tashqari, oldida qanday tо‗siq va 
chegaralar uchrashi, qanday imtiyozlar olishi mumkinligini bilishi zarur. Shu tariqa investitsiya kiritishning 
umumiy shartlari belgilanadi. 
Bunday  ma‘lumotlar  ochiq  va  ular  matbuotda,  statistik  axborot-larda,  qonunchilik  hujjatlarida 
mavjuddir. Mutasaddi shaxslardan ham bunday ma‘lumotlarni olish mumkin. 
Xо‗jalik  yuritish  yо‗nalishini  aniqlab  olgach,  ishbilarmon  о‗z  korxonasining  ixtisoslanishini 
belgilaydi. Buning uchun bо‗lajak iste‘molchilarning imkoniyatini aniqlash, raqobatchilar haqida barcha 
ma‘lumotlarga ega bо‗lishi lozim. 
Faoliyat  shaklini,  ya‘ni  individual  yoki  jamoa  ishbilarmon-ligidan  birini  tanlash  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Individual  shakl  tanlaganda  ishbilarmon  ixtiyoriy  ravishda  tavakkalga  qо‗l  uradi.  Ish 
muvaffaqiyatsiz  tugaganda  mulkdor  korxona  majburiyati  uchun  о‗zi  javob  beradi  va  о‗z  mulki  hisobidan 
zararni qoplaydi. 
Jamoa  shakli  tanlanganda  ishbilarmon  mas‘uliyatni  korxonaning  boshqa  ishtirokchilari  bilan 
bо‗lishadi. Ushbu shakl qо‗llanganda tavakkal kamayadi, bundan tashqari, qо‗shimcha resurslarni jalb etish 
mumkin bо‗ladi. 
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbi-larmon ishlab chiqarish va omborxona, 
asbob-uskunalarni ijaraga olishi, xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tublash qismlarini sotib 
olishi,  ishchi  kuchini  jalb  etishi  kerak.  Korxona  asbob-uskunalarni  ishlab  chiqaruvchilar,  xom  ashyo  va 
materiallar ta‘minotchilari, vositachi firmalar  bilan  munosabat о‗rnatadi. Kerakli ishchilarni mehnat birjalari, 
e‘lonlar yordamida jalb qilishi mumkin. 
Moliyaviy  vositalarni  jalb  qilish  muhim  bosqichlardan  hisoblanadi.  Faoliyatining  dastlabki  paytlarida 
ishbilarmonning  ishni  boshlashi  uchun  moddiy  mablag‗lari  yetarlicha  bо‗lmaydi.  Pul  mablag‗lari 
kamchiligini  aksiyalarni  chiqarish,  ya‘ni  korxona  kapitali  va  daromadiga  bо‗lgan  huquqni  qisman 
boshqalarga berish, tijorat banklaridan zayomlar olish yо‗li bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona 
aksiya  yoki  qarz  majburiyatlarini  sotib  oluvchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  tijorat  banklari  bilan  о‗zaro 
aloqa  qila  boshlaydi.  Bank  kreditlari  qisqa  muddatli,  о‗rta  muddatli  va  uzoq  muddatli  bо‗lishi  mumkin. 
Bozor  munosabatlariga  о‗tish  jarayonida  banklar  tomonidan  qisqa  muddatli  kredit  berish  shakli  keng 
qо‗llanilmoqda. 
Banklarning  korxonalarga  kredit  berishi  turli  xildagi  sug‗urta  operatsiyalari  bilan  bog‗liqdir.  Inshoot, 
moddiy  zaxiralar  va  korxonaga  qarashli  boshqa  mulklar  sug‗urta  qilinishi  mumkin.  Bu  hollarda  korxonalar 
sug‗urta kompaniyalar bilan munosabat о‗rnatadi. 
Aksiya,  obligatsiya  va  boshqa  qimmatbaho  qog‗ozlarni  sotib  olish  yoki  ularni  sotishda  korxonalar 
jamg‗arma bozori, ya‘ni qimmatbaho qog‗ozlar bozoriga murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar 
soni  juda  kо‗p  bо‗ladi.  Ular  ichida  turli  xil  fond  birjalari,  kredit-moliya  institutlari,  investitsion 
jamg‗armalar, individual investorlar yetakchi о‗rinni egallaydilar. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish