Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan


Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning rivojlanishi darajasi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning rivojlanishi darajasi
13
 
Mamlakatlar 
Kichik 
biznes 
subyektlari  soni 
(ming) 
1000 kishiga tо‗g‗ri 
keladigan 
kichik 
biznes soni 
Kichik 
biznesda 
bandlarning  umumiy 
bandlikdagi ulushi (%) 
Kichik 
biznesning 
YAIMdagi 
ulushi (%) 
Buyuk Britaniya 
2930 
46 
49 
50-53 
Germaniya 
2290 
37 
46 
50-54 
Italiya 
3920 
68 
73 
57-60 
Fransiya 
1980 
35 
54 
55-62 
AQSH 
19300 
74 
54 
50-52 
Yaponiya 
6450 
50 
78 
52-55 
 
Jadvaldan  kо‗rinishicha,  bir  qator  mamlakatlarda  kichik  biznesning  umumiy 
iqtisodiyotdagi  ulushi  ancha  katta  va  hatto  ustuvordir.  Mehnatga  yaroqli  aholining  yarmidan 
kо‗prog‗i  shu  sohada  ishlaydi  va  bu  sohada  butun  mahsulotning  50-60  foizi  ishlab 
chiqariladi.О‗zbekistonda ushbu kо‗rsatkichlar nisbatan pastroqdir (5-jadval).  
5-jadval 
О‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish dinamikasi
14
 
Yillar 
KBXT 
subyektlari  soni 
(ming birlik) 
KBXT 
da 
band 
bо‗lganlari 
soni (ming kishi) 
KBXT 
da 
bandlarning 
umumiy 
bandlikdagi  ulushi, 

YAIM 
da KBXT ning 
ulushi, % 
2000 
142,9 
4462,7 
50,0 
31,0 
2001 
170,8 
4842,5 
53,0 
33,8 
2002 
208,7 
4911,8 
55,0 
34,6 
2003 
255,9 
5436,7 
56,1 
35,0 
2004 
277,4 
6038,3 
57,2 
35,6 
2005 
308,7 
6679,0 
65,5 
38,2 
2006 
384,1 
7258,6 
69,3 
42,1 
Bu  holat  esa  mamlakatda  hali  kichik  biznesni  rivojlantirish  borasida  mavjud  salohiyat  va 
imkoniyatlardan samarali foydalanib, rivojlangan mamlakatlar kо‗rsatkichlariga erishish bо‗yicha uzoq va 
mashaqqatli ish olib borilishi zarurligini kо‗rsatadi. 
Mamlakatning  tadbirkorlik  iqlimi  haqida  sо‗z  yuritganda,  birinchi  navbatda,  kichik  biznes 
sohasidagi  ishlarning  holati  bо‗yicha  mulohaza  qilinadi.  U  iqtisodiyot  sog‗lig‗ining  barometri 
hisoblanadi.  Tashqi  sarmoyadorlar  u  yoki  bu  iqtisodiyotga  sarmoya-larni  investitsiyalash  haqidagi 
qarorni  qabul  qilishdan avval  ki-chik  va xususiy  biznesning  rivojlanganlik  darajasini  о‗rganish-lari 
tasodifiy  emas.  Ularning  fikriga  kо‗ra,  bu  о‗tkazilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  kо‗zguda  aks 
ettirilishi, bozor iqtiso-diyoti jarayonlari barqarorligining kafolati hisoblanadi.  
О‗zining  «Soni»,  «Panasonik»,  «Toshiba»,  «Mitsubisi»,  «Seyko»  korporatsiyalari  bilan 
dunyoga mashxur bо‗lgan Yaponiyani  olaylik.  Bu  korporatsiyalar  mamlakatning  iqtisodiy  yuzini 
tо‗liq  darajada  belgilamaydi.  Yaponiyaning  umumiy  iqtisodiyotida  ular  faqat  bir  foizni  tashkil 
qiladi,  99  foizi  esa  bu  kichik  korxonalardir.  Yapon  iqtisodiyotining  muvaffaqiyati  kо‗proq  kichik 
biznesning faoliyatiga bog‗liq. Bu kichik korxonalar nafaqat muvaffaqiyatli ishlaydilar, balki sanoat 
                                                 
13
 Блинов А. Условия регулированиея малого бизнеса. – Российский экономический журнал, №7, 1998. 
14
 Jadval О‗zbekiston Respubliki Davlat statistika ќо‗mitasi ma‘lumotlari asosida tuziladi. 


 
49 
gigantlariga  qudratli  raqobatni  tashkil  qiladilar,  ular  shubhasiz  о‗zlari -ning  kichik  sheriklarisiz 
butun  jahonga  mashxur  bо‗la  olmasdi-lar.  Yaponiyada  katta  korporatsiyalar  mahsulotlarining 
deyarli 40% kichik korxonalardan iborat bо‗lgan subpudratchilar tomonidan bajariladi. 
AQSH  iqtisodchilari  va  tadbirkorlarining  fikricha,  yirik  korporatsiyalar  iqtisodiyotining 
suyagidir, uning muskullari esa, katta biznesni harakatga keltiruvchi kichik kompaniyalardir. Ma-salan, 
«Djeneral  elektrik»  kompaniyasi  asosan  kichik  korxonalar  bо‗lgan  subpudratchilarning  45  mingta 
firmalari bilan bog‗langan. 
Shunday  qilib,  har  qanday  mamlakatning  iqtisodiy  salohiyatida  kichik  biznesning  roli  g‗oyatda 
kattadir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  u  davlatning  muvaffaqiyatli  rivojlanishi  va  gullab-yashnashining 
garovidir.  Shuning  uchun  О‗zbekistonda  kichik  biznes,  yakka  tartibdagi  tadbirkorlik,  fermer  va  dehqon 
xо‗jaliklari rivojlanishini rag‗batlantirishga katta e‘tibor qaratilgan. 
Shunday  ekan,  kichik  korxonalarning  roli  va  ahamiyati  nimadan  iborat?  Bular,  qisqacha 
aytadigan bо‗lsak, quyidagi omillarda namoyon bо‗ladi: 
-  kichik  korxonalar  bozorning  tovarlar  va  xizmatlar  bilan  tez  tо‗ldirilishiga  yordam 
beradilar, ichki bozorni shaxsiy ishlab chiqarilgan tovarlar bilan boyitadi;  
-  kichik  korxonalar  yengil  va  oziq-ovqat  sanoatining  salmo-g‗ini
 
oshirib,  mamlakatni  xom 
ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yо‗nalganlik  holatidan chiqarib, iqtiso-
diyotni tarkibiy qayta qurishga  faol ta‘sir qiladi; 
-  kichik  korxonalar,  iqtisodiyotning  dvigateli  bо‗lgani  hol-da,  sohaviy  va  mintaqaviy 
yakka hokimlikni bartaraf qilishga, raqobat sohasini kengaytirishga yordam beradi;  
- kichik firmalarning faoliyatida ilg‗or, ixcham texnolo-giyalardan foydalanish alohida о‗rin 
tutadi, zero, bu ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim yо‗nalishlardan biridir; 
-  kichik  korxonalar  eksportga  mо‗ljallangan  va  raqobat -bardosh  mahsulotlarni  ishlab 
chiqarish bilan shug‗ullanib, mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi; 
-  mahalliy  idoralarning  iqtisodiy  bazasini  mustahkamlash,  qishloq  aholi  punktlari,  kichik 
shaharlarning rivojlanishiga ta‘sir kо‗rsatishda ularning roli kattadir; 
-  kichik  korxonalar  unutilgan,  an‘anaviy  xalq  amaliy  san‘ati,  badii y  hunarmandchilikning 
tiklanishiga  kо‗maklashadi,  bu  nafaqat  iqtisodiyot,  balki  xalq  madaniy  merosini  tiklashda 
g‗oyatda muhimdir; 
-  kichik  korxonalar  kо‗pincha  yirik  korxonalarni  butlovchi  detallar  va  qismlar  bilan 
ta‘minlab,  ularning  yо‗ldoshi  bо‗la-di,  bu  yirik  va  kichik  biznes  manfaatlarini 
birlashtirishning samarali usuli bо‗ladi; 
-  kichik  korxonalarda  pensionerrlar,  nogironlar,  yoshlar,  tala balar,  uy  bekalarining 
mehnat  qilish  imkoniyati  bor,  bu  esa  ularning  moddiy  ahvolining  yaxshilanishiga  yordam 
beradi; 
- kichik biznes mehnatni qо‗llash sohasini kengaytirish,  ish bilan band bо‗lmagan aholini va 
samarasiz  ishlovchi  korxonalardan  ozod  bо‗lgan  xodimlarni  ishga  joylashtirish  uchun  yangi  imko-
niyatlar yaratishga, boshqacha qili b aytganda, ishsizlikni kamay-tirishga imkon beradi; 
-  kichik  biznesning  rivojlanishi  hisobiga  xususiy  mulkchilik  sohasi  kengayadi,  bu  jamiyat  va 
davlatning  tayanchi  bо‗lib  xizmat  qiluvchi  о‗rta  hollar  sinfining  shakllanishi,  mamlakatda  barqa-
rorlikning muhim sharti bо‗lib xizmat qiladi. 
Shunday qilib, kichik biznesning rivojlanishi mamlakatning  iqtisodiy  farovonligini  oshirishda 
va muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishda katta rol о‗ynaydi.  

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish