Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan


Kichik biznesning xususiyatlari va imkoniyatlari



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

3.3. Kichik biznesning xususiyatlari va imkoniyatlari 
Kichik  biznes  korxonalari  yirik  firmalardan  kо‗proq  farq  qiladilar  va  bozor  iqtisodiyoti 
sharoitlarida  о‗z  xususiyatlarini  amalga  oshirish  uchun  katta  imkoniyatlarga  egalar.  Boshqaruv  va 
qarorlar  qabul  qilishdagi  mustaqillik,  texnologik  ajralganlik,  epchillik  о‗zlarining  faoliyatlarini 
yirik  korxonalar  qila  olmagan  ishni  eng  katta  foyda  olish  bilan  bajaradigan  qilib  tashkil  qilishga 
yordam beradi. 
Kichik 
korxonalar 
ishlab 
chiqarayotgan 
mahsulotlarining 
turlarini 
о‗zgartirib, 
iste‘molchilarning  о‗zgaruvchan  talablariga  kо‗ra  tovarlar  ishlab  chiqarish  bilan  bozor  holatini 
о‗zgarishiga tez javob qaytarish qobiliyatiga egalar. Ular odamlarning mavsumiy ehtiyojlarini tо‗laroq 
va sifatliroq qondirishlari mumkin. 
Iste‘molchilar  bilan  bevosita  aloqa  kichik  firmalarning  xususiyatlaridan  biri  bо‗ladi,  bu 
narsa yirik ishlab chiqarishda yо‗q. Masalan, kichik novvoyxona non mahsulotlarini tayyorlaydi va 
xuddi  shu  yerda  ularni  haridorlarga  sotadi  va  haridorlardan  buyurtmalar  qabul  qiladi.  Bundan 
tashqari, xaridorlar shu yerning о‗zida о‗z fikrlarini aytishlari, maslahatlar berishlari mumkin. 
Qoidaga  kо‗ra,  kichik  korxonalar  tovarlar  va  xizmatlar  bozorining  belgilangan  segmentida 
ixtisoslashadilar.  Ixtisoslashish  –  mehnat  unumdorligini  oshirish,  moddiy  xarajatlarni  pasaytirish, 
mahsulot sifatini oshirishning eng muhim omilidir. 
Kichik  biznesda  nisbatan  kichik  boshlang‗ich  sarmoyalar  bilan  shaxsiy  ishni  boshlash 
hamda qisqa muddatda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bor. Bu holat, qulay sharoitlarda 
kichik biznes sohasini jadal rivojlantirish imkonini beradi. 


 
47 
Kichik firmaning rahbari boshqa har qanday firmalarga  qaraganda kо‗proq darajada xо‗jayinlik 
tuyg‗usini  his  qiladi,  zero,  u  yuqori  idoralarning  buyruqlaridan  tо‗laligicha  ozod,  bu  yerda  bir 
shaxsda  mulk  egasi,  menejer,  moliyachi,  biznesmen  birlashadi.  Moddiy  va  ma‘naviy 
muvaffaqiyatni  olish  maqsadida  unumdor  mehnat  qilish  uchun  qudratli  qо‗shimcha  rag‗bat  mana 
shundan iboratdir.  
Kichik  korxonalar  mahalliy  sharoitlar,  urf -odatlar,  an‘analarga  tez  moslashish  qobiliyatini 
namoyon  qiladilar.  Bu  sifatlar  kichik  biznesga  mahalliy  aholi  uchun  an‘anaviy  tovarlar  ishlab 
chiqarish  va  xizmatlar  kо‗rsatish  sohasidagi  faoliyatini  rivojlantirishga  imkon  beradi.  Shuning 
uchun  ham  kichik  korxonalar  kosibchilik,  hunarmandchilik  buyumlari,  badiiy-dekorativ  ashyolar, 
uy va qishloq xо‗jaligi asboblari, kurilish detallari, bolalar о‗yinchoqlari, milliy xarakterdagi oziq-
ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasida keng tarqalgan. 
Yirik ishlab chiqarishga nisbatan kichik korxonalar о‗zlarini caqlab turish, xizmat kо‗rsatish va 
boshqarishga kam xarajat talab qiladilar. Bundan tashqari, ular uchun xarajatlarni tez о‗zini qoplashi, 
mablag‗larning  jadal  aylanishi  xarakterlidir.  Bularning  barchasi  tejamkorlik  bilan  xо‗jalik  
yuritishga, foydalilikka erishishga, texnik rivojlanish uchun mablag‗lar jamlashga imkon beradi.  
Kichik  korxonalarning  mehnatni  tashkil  qilishda  mehnat  taqsimotining  alohida  tamoyillarini 
yо‗lga  quyish,  xodim-larning  ish  sohasida  bir-birlarini  о‗zaro  almashtira  olishi  ular  о‗rtasidagi 
ishonchli  munosabatlar  kabi  xususiyatlarini  ham  ta‘kidlab  о‗tish  zarur.  Ishlab  chiqarishning  kichik 
kо‗lamlari  jamoada  meyoriy  ruhiy  sharoitni  yaratish,  xodimlar  qо‗nim-sizllgini  kamaytirish, 
rahbarlar  va  bо‗ysunuvchi  xodimlar  о‗rta-sidagi  munosabatlarni  demokratik  asosda  qurish, 
tashabbus-korlik,  ijodkorlik  muhitini  yaratish  bilan  birga  har  bir  jamoa  a‘zosining  yuqori 
mas‘uliyatli faoliyatini yо‗lga qо‗yish imko-nini beradi. 
Kichik  korxonalarning  xо‗jalik  faoliyatida  barqaror  va  foyda  bilan  ishlashga  erishish 
imkoniyatini  beruvchi  eng  muhim  xususiyatlari  ana  shulardan  iboratdir.  Ammo  bu  imkoniyatlar 
о‗z-о‗zidan  amalga  oshadi,  kichik  biznes  gullaydi,  tadbirkorlarning  hech  qanday  harakatlarisiz 
kengayadi, bu  sohada hamma narsa tinch va unda alohida muammolar yо‗q deb hisoblash xato bо‗ladi. 
Kichik biznesni rivojlantirish yо‗lida kо‗pgina tо‗siqlar, qiyinchilik bilan hal qilinadigan muammolar 
borki,  ularni  bartaraf  qilish  uchun  anchagina  say-harakatlar  qilish,  doimo  izlanishda  bо‗lish, 
о‗rganish zarur. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish