Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan


-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

4-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH,  
REJALASHTIRISH VA TAHLIL ETISH 
4.1.  Yangi korxonani tashkil etish, uni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish va litsenziya 
olish tartibi  
Yangi  korxonani  tashkil etish  bir  necha  bosqichdan  iborat.  Ushbu  bosqichlarning  ketma-ketligi  5-
chizmada aks ettirilgan. 
Ta‘sischilar 
tarkibini 
aniqlash 
va 
ta‘sis hujjatlari-
ni 
ishlab 
chiqish 
 
Korxonani 
tashkil  etish  va 
uning  faoliyati 
haqida 
ta‘sischilar 
tomonidan 
shartnoma 
tuzish 
 
Korxona 
nizomini 
tasdiqlash 
va 
bayonnomani 
rasmiylash-
tirish 
 
Bankda 
vaqtincha 
hisob 
raqamini 
ochish 
 
Korxonani 
rо‗yxatdan 
о‗tkazish 
 
 
 
   
 
 
 
 
Davlat 
reyestriga 
kiritish  uchun 
korxona 
haqidagi 
ma‘lumot-larni 
tayyorlash 
 
Korxona 
ishtirokchi-lari 
omonatlarini 
bankka 
tо‗la 
kiritish 
 
Bankda  doimiy 
hisob  raqamini 
ochish 
 
Korxonani 
tuman 
soliq 
inspeksiya-
sida 
rо‗yxatdan 
о‗tkazish 
 
Dumaloq  muhr 
va 
burchakli 
shtamp 
tayyorlashga 
ruxsatnoma 
olish  va  ularni 
tayyorlash 
 


 
56 
5-chizma. Yangi korxonani tashkil qilish tartibi 
 
Yangi  korxonani  tashkil  qilishda  ta‘sischilar  tarkibi  belgilanib,  ta‘sis  hujjatlari,  ya‘ni  korxona 
Nizomi,  korxonani  tashkil  etish  haqidagi  ta‘sischilar  shartnomasi  va  boshqa  meyoriy  hujjatlar  ishlab 
chiqiladi.  Shu  bilan  bir  qatorda  korxona  rahbari  va  taftish  komissiyasi  raisini  tayinlash  haqida  ishtirokchilar 
majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiriladi. Sо‗ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi. Bu hisob 
raqamiga korxona rо‗yxatdan о‗tgandan  keyin 30  kun  ichida  Nizom  kapitalining  50  foizi  kelib  tushishi  lozim. 
Keyin korxona ta‘sis etilgan joyidagi mahalliy hukumat idoralari tomonidan davlat rо‗yxatidan о‗tadi. 
Birja,  auditorlik  firmalari  va  chet  el  sarmoyasiga  ega  bо‗lgan  korxonalar  esa  О‗zbekistan 
Respublikasi Adliya vazirligida rо‗yxat-dan о‗tadi. 
Korxonani  davlat  rо‗yxatidan  о‗tkazish  uchun  rо‗yxatdan  о‗tkazuvchi  vakolatli  organlarga  quyidagi 
hujjatlar taqdim etiladi: 
- korxonani rо‗yxatdan о‗tkazish tо‗g‗risida ta‘sischilarning arizasi; 
-  notarial  idoralari  tomonidan  tasdiqlangan  ikki  nusxadagi  ta‘sis  hujjatlari  (korxona  Nizomi, 
korxonaning ta‘sis shart-nomasi); 
- korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat; 
- davlat bojini tо‗laganligi tо‗g‗risida bankdan berilgan hujjat; 
- hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi tо‗g‗risida berilgan guvohnoma; 
- muhr va tamg‗aning uch nusxadagi namunasi. 
Yangi  korxonani  tashkil  etishda  qonun  tomonidan  belgilangan  tartibning  buzilishi  yoki  uning  ta‘sis 
hujjatlarining qonun talablariga mos kelmasligi davlat rо‗yxatidan о‗tkazishni rad etilishiga olib keladi. 
Korxonani davlat rо‗yxatidan о‗tkazishni rad etish sabablari  asos-lanmagan yoki korxonani rо‗yxatdan 
о‗tkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, sudga murojaat etish mumkin. 
Korxona  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  idoralariga  zarur  hujjatlarni  ilova  qilib,  ariza  topshirgan 
paytdan boshlab, uzog‗i bilan 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bо‗lgan muddatda davlat rо‗yxatidan о‗tkazilishi 
kerak.  Korxonaning  davlat  rо‗yxatidan  о‗tkazilganligi  tо‗g‗risidagi  ma‘lumotlar  О‗zbekiston  Respublikasi 
yagona davlat reyestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qо‗mitasiga xabar  qilinadi. 
Korxona davlat rо‗yxatidan о‗tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. 
Davlat  rо‗yxatidan  о‗tkazilgan  korxonaga:  hokimiyatning  kor-xonani  davlat  rо‗yxatidan 
о‗tkazilganligi  tо‗g‗risidagi  qaroridan  kо‗chirma  nusxasi,  hokimiyat  rо‗yxatidan  о‗tkazilgan  va 
tasdiqlangan  korxona  Nizomi  hamda  korxonaning  rо‗yxatdan  о‗tkazilganligi  tо‗g‗risidagi  davlat 
orderi topshiriladi. 
Davlat rо‗yxatidan о‗tkazilgandan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandan sо‗ng korxona 
rahbariyati: 
- dumaloq muhr va tamg‗aga buyurtma berishi; 
- bankda hisobvarag‗i ochishi; 
- soliq inspeksiyasidan rо‗yxatdan о‗tkazishi; 
- aholini ijtimoiy himoyalash fondidan rо‗yxatdan о‗tkazishi; 
- bandlik markazidan rо‗yxatdan о‗tkazishi kerak.  
Dumaloq muhr va tamg‗ani tayyorlatishga buyurtma berishdan  oldin korxona rahbari korxona 
joylashgan  tumandagi  ichki  ishlar  bо‗limiga,  korxonaning  rо‗yxatdan  о‗tkazilganligi  haqidagi  hoki-
miyat  qaroridan  kо‗chirma,  hokimiyat  tasdiqlagan  ikki  nusxadagi  muhr  va  tamg‗a  chizmalarini 
taqdim etishi kerak. 
Ichki  ishlar  bо‗limi  ruxsatni  alohida  xat  kо‗rinishida  beradi.  Chizmalar  esa  kerakli  yozuvlar 
bilan ma‘qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. 
Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
- korxona rahbarining arizasi; 
- hokimiyat tasdiqlagan ta‘sis hujjatlari; 
- notarius tasdiqlagan imzo namunalari;  
- muhr va tamg‗a bilan tasdiqlangan kartochkalar;  
-  hokimiyatning  mahalliy  kengashi  korxonani  davlat  rо‗yxa-tidan  о‗tkazilganligi 
haqidagi qaroridan kо‗chirma yoki notarius tasdiqlagan ma‘lumotnoma; 


 
57 
- soliq organidan rо‗yxatdan о‗tganligi haqidagi ma‘lumot-noma. 
Shundan  sо‗ng  bank  muassasasi  arizachiga  hisob  raqami  ochadi,  uning  raqamini  korxona 
Nizomining  asl  nusxasiga  yozadi  va  bosh  hisobchining  imzosi  qо‗yilib,  bankning  gerbli  muhr i 
bosiladi. 
Davlat  rо‗yxatidan  о‗tgandan  keyin  barcha  tabdirkorlik  subyektlari  soliq  organiga  rо‗yxat 
(identifikatsiya)  raqami  olish uchun  davlat  rо‗yxatidan  о‗tgan  vaqtdan  e‘tiboran  10  kun  mobaynida 
murojaat qilishlari lozim. 
Soliq  tо‗lovchining  identifikatsiya  raqami  soliq  tо‗lovchilar-ga,  yuridik  shaxslarga  soliq 
organi tomonidan xо‗jalik yurituvchi subyektlarni rо‗yxatdan о‗tish shaklini tо‗ldirgan ma‘lumotlar 
asosida beriladi. 
Davlat soliq inspeksiyasida tadbirkorlik subyektlari ni rо‗yxatdan о‗tkazish  bir marta amalga 
oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini tо‗xtashi munosabati bilangina bekor  qilinadi. 
Tadbirkorlik  subyektlari  о‗z  identifikatsiya  raqamini  О‗z-bekistan  Respublikasi  Soliq 
Kodeksiga muvofiq qо‗llanila-digan barcha hujjatlarda kо‗rsatishi shart. 
Yangi  korxonani  tashkil  etishning  yakunlovchi  bosqichida  ishtirokchilar  о‗z  omonatlarini 
tо‗laligicha  kiritadi  (rо‗yxatdan  о‗tgandan  keyin  bir  yildan  kechikmaslik  kerak),  bankda  doimiy 
hisob  raqamini  ochadi,  korxona  tuman  soliq  inspeksiyasida  rо‗yxatga  olinadi,  о‗zining  dumaloq 
muhri  va  burchakli  shtampiga  ega  bо‗ladi.  Shu  vaqtdan  boshlab  korxona  mustaqil  yuridik  shaxs 
sifatida faoliyat kо‗rsata boshlaydi. 
Agar  korxona  aksiyadorlik  jamiyati  sifatida  shakllanayotgan  bо‗lsa,  uning  ta‘sischilari 
aksiyalarni  sotib  olish  uchun  unga  obuna  bо‗lishi  lozim.  Aksiyalarni  sotib  olish  uchun  obuna 
ochiq  bо‗lganda  ta‘sischilar  kelajakda  aksiyalarga  obuna  bо‗lish  haqida  xabarnoma  chiqaradi. 
Xabarnomada  aksiyadorlik  jamiyatining  predmeti,  maqsadi  va  muddati,  ta‘sis  majlisining  vaqti, 
Nizom  jamg‗armasining  hajmi,  aksiyalarning  miqdori  va  turi,  ular-ning  qiymati,  aksiyalarga 
yozilish  muddati  va  boshqa  ma‘lumotlar  kо‗rsatilgan  bо‗ladi.  Aksiyaga  obuna  bо‗lganlar  ta‘sis 
majlisi  bо‗lgan  kuniga  qadar  aksiyalar  qiymatining  30%ini  kiritishi  lozim.  Agar  aksiyalar 
ta‘sischilar  о‗rtasida  bо‗linadigan  bо‗lsa,  badal  miqdori  50%dan  kam  bо‗lmasligi  lozim. 
Aksiyador  barcha  aksiyalarni  aksiyadorlik  jamiyatini  rо‗yxatdan  о‗tkazgandan  sо‗ng  bir  yildan 
kechik-tirmasdan sotib olishi lozim. 
Keyin ta‘sis majlisi о‗tkaziladi. U quyidagi masalalarni hal etishi kerak: 
- aksiyadorlik jamiyatini tuzish; 
- aksiyadorlik jamiyati nizomini tasdiqlash; 
- aksiyalarga obuna tugagandan sо‗ng nizom jamg‗armasi miqdorini aniqlash; 
- aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organini saylash; 
- jamiyatnin faoliyat yо‗nalishlarini belgilash va boshqalar. 
Ta‘sis  majlisi  muvaffaqiyatli  о‗tkazilgandan  keyin  yangi  tashkil  qilingan  aksiyadorlik  jamiyati 
rо‗yxatdan о‗tkaziladi va rо‗yxatdan о‗tkazilgan jamiyat о‗z faoliyatini yuritishga kirishadi. 
Litsenziya beruvchi organlar 6-jadvalda keltirilgan. 
Tadbirkorlik  faoliyatining  ayrim  turlari  bilan  shug‗ullanish  uchun  davlat  tomonidan  vakil  qilingan 
organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi.  

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish