Qisqa xulosalar
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi korxonalar kichik biznes subyektlari bо‗lib
hisoblanadilar. Ulardagi xodimlarning о‗rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan
oshib ketmasligi kerak.
Kichik korxonalar fuqarolar, oila a‘zolari va boshqa shaxslar tomonidan, davlat, ijara, jamoa, qо‗shma
korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, xо‗jalik uyushmalari, jamoat tashkilotlari tomonidan yoki mulk egasining
roziligi bilan jamoa tashabbusi asosida amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi.
Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilovchi mezon-lar bо‗lib, xodimlar soni, ishlab
chiqariladigan mahsulot miqdori, sotish hajmi va asosiy kapitalning balans qiymati hisoblanadi.
О‗zbekistonda esa kichik biznesni belgilovchi mezon bо‗lib, unda ishlovchi xodimlarning о‗rtacha
soni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |