Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

2.2. Tijorat tadbirkorligi 
Tovar  birjalari.  Tijorat  tadbirkorligi  faoliyati  tovar  birjalari  yoki  savdo  tashkilotlari  bilan 
bog‗liq. 
Tovar  birjasi  –  tovar  namunalari  haridor  tomonidan  oldindan  kо‗zdan  kechirilmagan  va 
tovarlarni  minimal  partiyasi  belgilangan  ulgurji  tovar  bozorining  turi.  Tovar  bir jasida  о‗zaro 
kelishilgan  va  rioya  qilingan  qoidalar  asosida  savdo  operatsiyalarini  amalga  oshirish  uchun  tijorat 
vositalari va ularning xizmatchilari о‗z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin 
raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil qilish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda 
haqiqiy  bozor  narxlarini  aniqlashdir.  Tovar  birjasi  standartlar  bо‗yicha  sotiladigan  tovarlar  (don, 
kо‗mir,  metall,  neft,  yog‗och)-ning  doimo  faoliyat  kо‗rsatuvchi  ulgurji  savdo  bozoridir.  Shunga 
о‗xshash  birjalar  barcha  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  faoliyat  kо‗rsatib  kelmoqda.  Misol 
sifatida  London  (rangli  metall),  Liverpul  (paxta),  Singapur  (kauchuk)  va  boshqa  tovar  birjalarini 
kо‗rsatish mumkin. 
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari fyucher bitimlari ham tuziladi. 
Bu  bitim  bо‗yicha  kon-traktda  kо‗rsatilgan  tovar  uchun  tо‗lovni  ma‘lum  vaqtdan  keyin  amalga 
oshirish mumkin. 
Tovar birjalari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 
- savdo bitimlarni tuzishga vositachilik xizmati kо‗rsatadi; 
- tovar  savdosini  tartibga  soladi,  savdo  jarayonlari ni  boshqaradi  va  savdo  mojarolarini  hal 
qiladi; 
-  narxlar  tо‗g‗risida,  shuningdek  ishlab  chiqarish  va  narxlarga  ta‘-sir  qiluvchi  turli  omillar  haqida 
axborotlar yig‗adi va e‘lon qiladi. 
Tovar  birjalari  aylanmasining  aksariyat  qismi  bor  tovarlar  (kassa  bitimlari)  bilan  emas,  balki 
kelajakdaagi tovar  yoki  tovar  yetkazib  berish bitimi  asosida (vaqtli bitim)  amal ga oshiriladi. Tovar 
birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bо‗ladi.  Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va 
haridor  о‗rtasidagi  vositachilar  ishtirok  etadi.  Ochiq  birja-larda  esa  xohlagan  kishi  ishtirok  etishi 
mumkin. Tovar birjalari birja operatsiyalari mazmuniga kо‗ra real tovar birjalari va fyuchers tovar 
birjalariga bо‗linadi. 
Respublika tovar-xom ashyo birjasi 1994  yili ochiq hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi. 
U  sanoat,  qishloq  xо‗jaligi,  oziq-ovqat  tovarlari  va  xom  ashyo  mahsulotlarini  erkin  ulgurji 
savdosini  uyushtiradi.  Birja  savdolarida  brokerlar  orqali  harid  qilingan  mahsulotlar  respublikadan 
tashqariga litsenziyasiz va bojxona tо‗lovisiz chiqariladi. Tovar-xom ashyo birjasining bо‗linmalari 
barcha viloyatlarda va Qoraqalpog‗is-ton Respublikasida tashkil etilgan. 
Tovar-xom  ashyo  birjasi  chet  el  davlatlari  (Angliya,  Polsha,  Turkiya)  hamda  MDH 
mamlakatlari(Rossiya,  Tojikiston,  Turkma-niston)ning  tovar  xom  ashyo  birjalari  bilan,  Kiyev, 
Belarus uni-versal birjalari bilan birjalararo aloqalarni yо‗lga qо‗ygan. 
«О‗zulgurjibirjasavdo»  respublika  tovar  resurslari  bozo-rini  shakllantirishda  zarur 
infratarkibni  yaratish  maqsadida  1994  yili  О‗zbekiston  shartnomalar  va  savdo  bо‗yicha  davlat 
aksiyadorlik uyushmasi negizida tashkil etilgan. Ilgari xalq xо‗jaligi ta‘minotiga respublika moddiy-
texnika ta‘minoti idorasi rahbarlik qilgan. О‗zbekistonda о‗tkazilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar 
moddiy-texnika  ta‘minoti  tizimini  ham  tubdan  о‗zgartirdi.  «О‗zulgurjibirjasavdo»  xо‗jalik 
mexanizmini  rejaviy  moddiy-texnika  ta‘minoti  tizimidan  erkin  xо‗jalik  aloqalariga  о‗tishini, 
davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berishni,  ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish 


 
31 
yо‗li  orqali  amalga  oshirishni  ta‘minlaydi.  Moddiy-texnika  ta‘minoti  va  sotish  bozor  usullari 
bо‗yicha  oldi-sotdi,  ulgurji  savdo,  yarmarka,  birja  va  kim  oshdi  savdolari  yо‗li  bilan  amalga 
oshiriladi. 
Yetkazib  beruvchilar  va  iste‘molchilar  о‗rtasida  tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri  о‗zaro  manfaatli  aloqalar 
moddiy-texnika  ta‘minotining  yetakchi  shakli  bо‗lib  qoldi.  «О‗zulgurjibirjasavdo»  uyushmasi 
respublikada  ishlab  chiqarish  vositalari  bozorini  vujudga  keltirishga,  tovar  resurslarini  oldi-
sotdisini  uyushtirishga,  korxonalar,  muassasalar  va  tadbirkorlarga  xizmat  kо‗rsatishni  kengaytirish  hamda 
rivojlantirishga kо‗maklashadi. 
Uyushma 
tarkibida 
13 
ta 
respublika 
aksiyadorlik 
ulgurji 
vositachilik 
firmasi, 
«Sanoatanjomkartonsavdo»  aksiyadorlik  ishlab  chiqarish  savdo  birlashmasi,  respublika  viloyatlari 
va  Qoraqalpog‗istondagi  14  ta  hududiy  tijorat-vositachilik  aksiya-dorlik  kompaniyalari, 
aksiyadorlik  transport  ekspeditsiya  agentligi,  aksiyadorlik  tovar  xom  ashyo  birjasi,  «Trastbank» 
aksiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kim oshdi bozorlari direksiyasi mavjud.  

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish