16.2. Jamoaning ijtimoiy rivojlanishi.
Jamoaning ijtimoiy rivojlanishiga inson xayoti bilan boglik xal kilinishi lozim bulgan
masalalar majmui, iktisodiy va ijtimoiy masalalar tuplami sifatida karaladi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar iktisodiy va ijtimoiy masalalarni xal etishda
ancha erkinliklarga ega buldilar. Korxona jamoasi uz mablagi bilan uzi mustakil ravishda
foydalanish xukukiga ega, jamoaning xar bir a‘zosi uning va u okali butun jamiyatning
iktisodiy, ijtimoiy ma‘naviy masalalarni xal kilishda faol katnashish uchun kengrok
imkoniyatlarga ega buladi. Korxona jamoasi texnikaviy iktisodiy kursatkichlar bilan bir
katorda uz ijtimoiy muammolarini yechishga xam xarakat kiladi. bu asosan korxonani
ijtmoiy iktisodiy rivojlantirish buyicha ikki guruxga bulinuvchi tadbirlar vositasida amalga
oshiriladi. Birinchi gurux tadbirlar jamoa ijtimoiy tarkibini kayta tashkil etishga
karatilgan. Fan texnika yutuklarini ishlab chikarishga joriy kilish bilan uning
samaradorligi ortadi, ishlovchilar malakasi, madaniyatiga bulgan talab ortadi, yangi
kasblar vujudga kelib, eskilari yukolib boradi.
Fan texnika tarakkiyoti, mexanizasiyalash va avtomatlashtirish kupchilikni oldin
shugullangan ishidan bushatadi. Kachon, kancha ishchi ishdan bushashi, ularning
kanchasini kayta tayyorlash, kayerga ishga joylashni oldindan kura bilish zarur.
Bozor munosabatlariga utish shuningdek, ishlovchilar ijtimoiy tabakalanuviga uzgartirish
kiritadi. Bozor iktisodiyoti uchun tadbirkor, mexnat ijodiy yondashuvchi, bilimlarini
kullay oluvchi, menejment, marketing, va biznesni biluvchi kishilar kerak. Ijtimoiy
rivojlanish tadbirlari ichida kadrlarni barkarorlashtirish va ularning kunimsizligini tugatish
buyicha tadbirlar aloxida urin egallaydi.
Ikkinchi guruxga kiruvchi tadbirlar ishchilar moddiy farovonligini oshirish(ish xakini
tartibga solish, moddiy ragbatlantirish tizimini takomillashtirish), madaniy-maishiy xayot
sharoitini yaxshilashga (yashash sharoiti, madaniy maishiy xizmat kursatish, umumiy
ovkatlanish, dam olishni tashkil etish va x.k.) karatilgandir.
Ijtmoiy rivojlanish buyicha tadbirlar iktisodiy jixatdan asoslangan va texnikaviy-iktisodiy
tadbirlar bilan uzviy boglik bulishi kerak. Boshka tomondan texnik iktisodiy tadbirlar
ijtmoiy tadbirlarni amalga oshirish uchun asos bulib xizmat kiladi va mexnat jamoasi
a‘zolari extiyojlari va manfaatlarini xar tomonlama kondirishga karatilgan bulishi kerak.
Shunday kilib, mexment jamoasining ijtimoiy rivojlanishi korxona umumiy biznes-
rejasining tarkibiy kismidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |