Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

 
Asosiy adabiyotlar 
1. Karimov I.A. О‗zbekiston demokratik taraqqiyotining yangi bosqichida –T.: О‗zbekiston, 2005. 
2. Lapusta M.G. Predrinimatelstvo.-M.: INFRA-M,2004.. 
3. Sobirov M.A. О‗zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari. –T.: Fan, 2004.  
4.  Qosimova  M.S.,  Xodiyev  B.Y.,  Samadov  A.N.,  Muxitdinova  U.S.  Kichik  biznesni    boshqarish. 
О‗quv qо‗llanma. –T.: О‗qituvchi, 2003.   
10-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING  IQTISODIY 
SAMARADORLIGI 
10.1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati 
Bozor iqtisodiyotiga о‗tish xо‗jalik yuritishning oqilona yо‗llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu 
esa  materiallar  va  hom  ashyoni  tejab-tergab  sarflashni,  dastgohlar  va  uskunalardan  yaxshiroq 
foydalanishni,  xodimlar  ish  unumdorligini  oshirishni,  mahsulot  birligiga  tо‗g‗ri  keladigan  xarajatlarni 
pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni kо‗zda tutadi. 
Kо‗rsatib  о‗tilgan  omillarning  barchasi  ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  samaradorligiga  erishish 
tushunchasiga  birlashadi.  Korxona  xо‗jalik  faoliyatining  yakuniy  natijasi  (foyda)ni  unga  erishishga 
sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqa-rishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning 
oshishi  xarajatlar  birligiga  tо‗g‗ri  keladigan  iqtisodiy  natijalarning  kо‗payishi  bilan  ifodalanadi. 
Samaradorlik xо‗jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni tо‗g‗ri yо‗nalishda 
olib borilayotganligidan darak beradi. 
Samaradorlikning  ta‘rifi  asosida  ishlab  chiqarish  xarajat-larining  tarkibi  va  hajmi  yotadi. 
Xarajatlar  –  bu  korxonaning  ishlab  chiqarish  va  tijorat  faoliyatini  amalga  oshirishda  zarur  bо‗lgan 
omillar  (sarmoyalar,  mehnat  resurslari,  tabiiy  resurslar,  tadbirkorlik  faoliyati)  uchun  sarflangan 
mablag‗larning  pulda  aks  ettirilishidir.  Ular  mahsulot  tannarxi  kо‗rsatkichida  namoyon  bо‗lib,  barcha 
moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq tо‗lash xarajatlarining 
puldagi ifodasidir. 


 
114 
Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va о‗zgaruvchan xarajatlarga bо‗lish 
mumkin.  Doimiy  xarajatlarga  mikdori  ishlab  chiqarish  hajmi  о‗zgarishi  bilan  ham  о‗zgarmaydigan 
xarajatlar  kiradi.  Ular  korxona  mahsulot  ishlab  chiqarmagan  holda  ham  tо‗lanishi  kerak.  Ularga 
amortizatsiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug‗urta badallari, boshqaruv xodimla-rining 
ish haqlari va boshqalar kiradi. 
О‗zgaruvchan  xarajatlar  deb,  umumiy  mikdori  bevosita  ishlab  chiqarish  va  sotish  hajmlariga 
kiritilgan,  shuningdek,  mah-sulotlarning  bir  necha  turlarini  ishlab  chiqarish  va  sotish  bilan  bog‗liq 
bо‗lgan  xarajatlar  tushuniladi.  Bularga  xom  ashyo,  material-lar,  yoqilg‗i  va  elektr  energiyasi,  ishchilar 
mehnatiga haq tо‗lash va boshqa xarajatlar kiradi. 
Ishlab  chiqarish  xarajatlarining  bunday  bо‗linishi  korxonalar  faoliyati  samaradorligining  har  xil 
kо‗rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir. 
Ishlab  chiqarish  samaradorligini  aniqlash  uslubi  umumiy  xarajatlar  va  ularning  ayrim  turlarini 
xо‗jalik  faoliyatining  natijalari  bilan  taqqoslashdan  iboratdir.  Buning  uchun  turli  xil  kо‗rsatkichlardan 
foydalaniladi.  Bu  kо‗rsatkichlarning  belgilangan  tasnifi  mavjud  emas.  Har  bir  korxona  iqtisodiyotini 
о‗rganuvchi  ularni  о‗zicha,  u  yoki  bu  kо‗rsatkichlarning  ahamiyatini  ta‘kidlash  zaruriyatidan  kelib 
chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi. 
Barcha kо‗rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xо‗jalik faoliyatini 
umumlashtiruvchi  kо‗rsatkichlar;  resurslarning  ayrim  turlaridan  foydalanish  samaradorligi  kо‗rsatkichlari; 
moliyaviy faoliyatni baholovchi kо‗rsatkichlar. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish