II-BOB. DAVLAT BUDJETI 2.1. DAVLAT BUDJETINING TAQCHILLIGI
Davlat byudjeti-bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir.
Davlat byudjeti tushunchasi, umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to‘plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslar harakatini anglatadi.
Byudjetning qaysi darajada ekanligidan qatiy nazar unga uch jihatdan yondoshish mumkin: Iqtisodiy kategoriya, moliyaviy dastak va xuquqiy ktegoriya sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet turli darajada markazlashgan fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlardir.
2.1-rasm. Xorijiy valyutalar hajmi.
Moliyaviy dastak sifatida byudjet-tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni byudjet xisobidan moliyaviy ta’minlashda undan moliyaviy dastak sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi.
Huquqiy kategoriya sifatida byudjet mamlakat tegishli xududlari doirasida markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga qaratilgan hamda tegishli davlat yoki mahalliy xokimiyat muassasalari tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy rejadan iboratligi nazarda tutiladi.
Belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan byudjet davlat yoki mahalliy xokimliklar moliyaviy rejasiga, davlat me’yoriy xujjatiga aylanadi.
Davlat xarajatlari asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi. Bular davlatning investitsiya sarflari, mudofaa xarajatlari, ijtimoiy extiyojlar uchun ajratmalar va davlat boshqaruvining moliyaviy manbalaridir. Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy to‘rt turi ajratiladi.
1. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga investititsiyalar;
2. Ijtimoiy sohalarni (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, madaniyat) pul bilan ta’minlash;
3. Davlat idoralarining xarajatlarini qoplash;
4. Mamlakat mudofaasini ta’minlash. Davlat byudjetining daromad qismi, albatta, birinchi navbatda, ana shu xarajatlarni to‘liq qoplashi zarur bo‘ladi.
Byudjet kamomadi bu daromadlarning xarajatlarni qoplay olmasligi bo‘lib, byudjet taqchilligini yuzaga keltiradi. U qo‘shimcha soliqlar kiritish, pul emissiyasidan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz olish orqali qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |