Muhandislik texnologiyalari



Download 1,05 Mb.
bet11/13
Sana19.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#868755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Fiskal siyosat

To‘rtinchidan, soliq to‘lov jarayoni soliq to‘lovchilarga oddiy, tushunarli va qulay, soliq yig‘uvchi tashkilotlar uchun tejamli bo‘lishi zarur;
Beshinchidan, soliq tizimi iqtisodiyotda yaratilgan YaMMning samarali qayta taqsimlanishini ta’minlashi kerak.
O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo‘lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o‘z ichiga oladi. SHunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali ishlab chiqarishning paspayishiga barham berish va iqtisodiy o‘sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi.
Bunda soliq tizimi– xazinani to‘ldirish, qayta taqsimlash va rag‘batlantirish vazifalarini to‘la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat vazifalarini xal etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YaMMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o‘zgartirish, aholini ijtimoiy ximoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir.
Bu vazifalarni real bajarishi uchun amaldagi soliq tizimi bosqichma - bosqich isloh qilish talab qilinadi.
Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil-korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablag‘larini ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi.
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig‘idan foydadan undirilgan soliqqa o‘tish ko‘zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni vaqtda ishlovchilar ish xaqini oshirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy muhit qaror topadi.
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi.
Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi.
Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun er osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to‘lov o‘rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo‘nalishidir.
Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan soliqlar bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishidir.
Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi.
Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to‘lov majburiyatlarini bir meyorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Soliq yukini kamaytirish – mamlakatimiz soliq siyosatining muhim yo‘nalishi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishning tadrijiy yo‘li tanlandi. Bozor munosabatlariga o‘tishning beshta tamoyili amaliyotga joriy etildi va u iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida o‘zining ijobiy natijasini berdi. Ta’kidlash joizki, ushbu besh tamoyil bugungi kunda dunyoning barcha davlatlari tomonidan "o‘zbek modeli" deb tan olindi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bozor tamoyillariga to‘liq javob beradigan yangi soliq tizimi shakllandi. O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliqlarni boshqarishning zamonaviy usullari va mexanizmlari joriy etildi, soliq organlarining yaxlit tizimi yaratildi. O‘zbekistonda bugungi kunda olib borilayotgan soliq siyosati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq yukini yanada pasaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, aholining real daromadlari va ularning xarid qilish qobiliyatini oshirishga qaratilgan.
Iqtisodiy o‘sishga erishish uchun avvalo, soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini optimallashtirish lozim. Chunki yuqori soliq stavkalari qo‘llanilishi korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini cheklashga olib keladi.
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor qaratib kelindi. Bunda, birinchi navbatda, ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‘ini pasaytirish lozimligi alohida ahamiyatga ega. Buning natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushining ko‘payishi evaziga ularning aylanma mablag‘lari miqdorini oshirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, uning samaradorligini oshirish maqsadida investitsiyalarni keng jalb etish, ishchixodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkoni yaratiladi.
O‘zbekistonda soliq yukini kamaytirishga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ish beruvchilar uchun ish haqi tarzidagi daromadlarga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov va boshqa shu kabi asosiy soliqlar stavkalarini kamaytirish, ayrim samarasiz soliqlar va yig‘imlarni bekor qilish yoki ularning soliq solish bazasini qisqartirish, shuningdek, iqtisodiyotning ayrim tarmoq va soha korxonalariga soliqlardan turli imtiyozlar berish orqali erishildi. Natijada soliq yuki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1991 yilda 41,2 foizni tashkil etgani holda 2000 yilda 27,9 foizni, 2015 yilda esa 20 foizni tashkil etdi (4-rasm). Boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olganda bu ko‘rsatkich 30-33 foizdan oshmaydi. Dunyo davlatlari soliq amaliyotida bu ko‘rsatkich normal holat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: "O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsada, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi".
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish quyidagi yo‘nalishlarda olib borildi:

  • asosiy soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalarini pasaytirish;

  • iqtisodiyotning strategik tarmoq, sohalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan imtiyozlar taqdim etish;

  • ayrim asosiy soliq turlarining soliq solish bazasidan korxonalar tomonidan qilingan xarajatlarni chegirish.

2021 yilning I yarmida bojxona organlari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlar 5,2 trln so‘mga (52,5%) oshdi va 15 trln so‘mni tashkil qildi. Davlat byudjetining soliq va bojxona organlari tomonidan nazorat qilinmaydigan tushumlari 6 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2 trln so‘mga ko‘pdir.
2021 yilning I yarmida Davlat byudjeti daromadlari 74,9 trln so‘mni tashkil qildi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,7 trln so‘mga (+28,7%) ko‘p bo‘ldi, deyiladi Moliya vazirligi hisobotida.
2021 yilning I yarmida foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar 18,6 trln so‘mni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tushumlar 6,8 trln so‘mga oshdi.
Foyda solig‘i tushumlarining 12,6 trln so‘mi, ya’ni 67,8%i oltin va mis qazib oluvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
10 957 nafar (11,5%) soliq to‘lovchilar faoliyatini zarar bilan yakunlagan, 29 677 nafar soliq to‘lovchi (31,3 foiz) «0» hisobot taqdim etgan, foyda bilan esa 54 323 nafar soliq to‘lovchi (57,2%) hisobot topshirgan.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish