Muhandislik texnologiyalari


IQTISODIY MUVOZANAT DARAJASINI ANIQLASH USULLARI



Download 51,62 Kb.
bet4/7
Sana17.11.2022
Hajmi51,62 Kb.
#867679
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat

IQTISODIY MUVOZANAT DARAJASINI ANIQLASH USULLARI.

Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usuldan foydalaniladi:


1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun etarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo’ladi.
To’liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo’lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg’arishga qo’yish mumkin. Jamg’arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi.
Investitsion sarflarning ko’payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o’zgarishga nisbati. Investitsion sarflardagi o’zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o’zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta’sir ko’rsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o’zgarish iste’mol va jamg’arishda xuddi shunday yo’nalishda o’zgarish bo’lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.
Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari o‘rganiladi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq band qilish, inflatsiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga erishish muammolari bu tahlil obyektdir. Qisqacha aytganda, makroiqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo‘jaligi o‘rganiladi. Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy o‘zaro ta’siri asosida xulosalar chiqarishdir. Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtayi nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‘yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro‘y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtayi nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. Foydalaniladigan usullar ichida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi, xususan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni anglatsa, deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi. Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real hayotdagi holatini qanday bo‘lsa, shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda ishsizlik 2015-yilda 4,9 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 2016-yilda 7,0 foizdan oshmadi va h.k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 5,0 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi narxlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishi zarur va hokazo. Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. Iqtisodiy tahlilda «Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda» degan farazdan ham foydalaniladi. Chunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko‘plab omillar bir vaqtda, shu bilan birga turli xil yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi. Bu barcha omillarning birgalikda ta’sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. Shu sababli, ularning alohida olingan omil ta’sirida mohiyati ochilib, boshqa omillar ta’siri e’tibordan chetda qoladi yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta’siri ham alohida-alohida qarab chiqiladi. Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy modellar – bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar. Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘- liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k. Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarni xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k. Model qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatlisi nisbatan qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq vaqt davrini qamrab oladi. Iqtisodiyotning barcha masalalariga javob berishga layoqatli yagona model mavjud bo‘lmaydi. Shu sababli, iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan foydalaniladi, ulardan har biri muayyan vazifalarni hal qiladi. Ayni vaqtda, har qanday model real hayotiy voqealar (bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy yetuklikning yuqori andazasidir. Bu qayd qilinganlar iqtisodiy modellar uning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. Jumladan yalpi talab va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ifodalab, real jarayonlar uning idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq omillar ta’sirini miqdoriy baholash imkonini beradi. Iqtisodiy prinsiplarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan boshqa omillar ham mavjud. Umumiylashtirish iqtisodiy prinsiplar iqtisodiyot fani yoki iqtisodiy munosabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy prinsiplarni muayyan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi yondashuv deb qabul qilish mumkin.

Download 51,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish