Muhandislik texnologiyalari


Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o’zaro mos kelishlik darajasini bildiradi



Download 51,62 Kb.
bet3/7
Sana17.11.2022
Hajmi51,62 Kb.
#867679
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat

Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o’zaro mos kelishlik darajasini bildiradi.
Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanatliklar ko’rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida mamlakatimiz
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o’zining barcha shakllari bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal qilinishini ta’minlash yo’llarini topish imkonini beradi.
Milliy iqtisodiyot darajasida to‘liq bandlikka va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, inflatsiyani eng kam darajaga keltirish makroiqtisodiy muvozanatlikni taqozo etadi. Iqtisodiyot fan tarixida iqtisodiy muvozanatlik tushunchasiga turlicha qarashlar mavjud bo‘lib, ularni umumlashtirilgan holda ikkita yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalish bevosita «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining vujudga kelish va rivojlanishining tarixiy bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunda mazkur tushuncha «umumiy bozor muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha yetib keladi. Bu yo‘nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko‘plab modellari mavjud bo‘lib, ular turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks ettirgan: Oddiy takror ishlab chiqarish modeli. (F. Кene tomonidan XVIII asrda Fransiya misolida tushuntirilib berilgan). Oddiy va kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish nazariyasi. (XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan). Erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy muvozanatlik modeli. (L. Valras tomonidan asoslagan). «Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish» modeli. (V. Lontev asos solgan). Qisqa davrli iqtisodiy muvozanatlik modeli. (D.Кeyns siklik rivojlanishni tahlil qilish orqali ko‘rsatib bergan). Кengayib boruvchi iqtisodiyotda muvozanatlik modeli (Dj. Neyman tahlil qilgan). Iqtisodiy muvozanat nazariyasiga ilk fikrlar klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan biri A. Smit tomonidan «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» nomli asarida berilgan bo‘lib, unda iqtisodiy munosabatlarning barchasi bozor mexanizmi yordamida tartibga solinishi, talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat faqat bozor mexanizmi yoki «ko‘rinmas qo‘l» yordamida ta’minlanishi ta’kidlab o‘tilgan. Uning mashhur «Alohida olingan har bir odam faqat o‘zini o‘ylagan holda, o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida qilgan harakatlari ko‘rinmas qo‘l orqali uning qiziqishi doirasiga mutlaqo kirmagan boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi va bu harakat ongli ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qilgandagiga qaraganda ko‘proq samara beradi» - degan fikri hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ammo, u iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash jarayonlariga davlat ishtirokini mutlaqo inkor etgan. Iqtisodiy muvozanat nazariyasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shganlardan - J.S. Mill fikricha, “Jamiyat ortiqcha puldan o‘z kuchi bilan qutula olmaydi, shu sababli yagona yo‘l narxning o‘sishi bo‘lib, faqat shu yo‘l bilan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatlikni ta’minlash mumkin”. Narx o‘sishini talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagunga qadar davom ettirish zarur . XX asr boshlaridayoq shveysariyalik Nobel mukofoti sovrindori L. Valras birinchilardan bo‘lib yaxlit olingan umumiy bozor muvozanati modelini yaratishga hamda mazkur tushunchaning mazmunini ancha to‘liq ilmiy yoritib berishga erishdi. Lekin L.Valras umumiy bozor muvozanati modeliga matematik usuldagi tengliklar orqali juda oddiy yondashgan. Umumiy bozor muvozanati ishlab chiqarish hajmi va narxlar o‘zgarishi hamda boshqa bir qator omillarning ta’sirida buzilishiga olib kelishini hisobga olmagan . XX asrning 20 - yillar oxirlari va 30 - yillar boshlarida G‘arbdagi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti «Buyuk depressiya» nomi bilan mashhur bo‘lgan barqaror va uzoq davom etgan, makroiqtisodiy beqarorlikka duchor bo‘ldi. Bundan yuz yil oldin shakllantirilgan klassik nazariya ta’limoti ro‘y bergan inqiroz jarayonlarining barcha jihatlarini tushuntirib berishga layoqatsiz bo‘lib qoldi. Bu barcha iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanatlik to‘g‘risidagi g‘oyalari o‘zlari yashagan muhit sharoitidan kelib chiqqan holda yaratilganligi va hozirgi davr uchun kam ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Avvalo, ularning iqtisodiy g‘oyalari umumiy bozor muvozanatini tahlil qilish bilangina cheklanadi. Iqtisodiyotning umumiy muvozanati uning asosiy shart-sharoitlari va namoyon bo‘lish shakllarini ko‘rsatib berolmagan. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti doimiy inflatsiya va ishsizlik sharoitida rivojlanib, makroiqtisodiy beqarorlik tavsifi kuchayib borishi natijasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash ham ancha murakkab kechib, davlatning samarali makroiqtisodiy siyosat olib borishini taqozo etadi. Shu sababli, hozirgi zamon nazariy fanlarda iqtisodiy muvozanatlik tushunchasi barcha jihatlari (sabablari, oqibatlari, natijalari) bilan birgalikda ancha keng tadqiq qilinadi. Jumladan, iqtisodiy muvozanatlik muammosi ko‘pchilik manbalarda yopiq va ochiq iqtisodiyot uchun yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatligi orqali tushuntirilib beriladi. Bunda ko‘plab alohida olingan bozorlardagi muvozanatli narx va ishlab chiqarish hajmini o‘rganish orqali xususiy muvozanatlikni, barcha bozorlardagi yalpi taklif hajmi va narxlarning o‘rtacha darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar orqali umumiy bozor muvozanatini ko‘rsatib berishga harakat qiladilar. Biroq bu tahlilda ham “umumiy bozor muvozanati” yalpi talab va yalpi taklif muvozanati doirasi bilan cheklanadi. Bundan tashqari, bu tushunchalar ancha mavhumlashtirilib, murakkab matematik tenglashtirishlar va




2020- yil

2021- yil

2021- yil




mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati, % da

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati, % da

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati, % da

YAIM shu jumladan:

265 941,9

101,0

296 416,1










tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati

245 827,1

101,2

67 366,2










qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

56 312,1

102,4

84 895,2










sanoat

70 013,0

99,0

21 027,2










qurilish

18 256,9

106,9

123 127,5










xizmatlar

101 245,1

101,2

21 934,8










savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar

16 923,3

100,8

22 036,2










tashish va saqlash, axborot va aloqa

17 491,6

99,4

79 156,5










boshqa xizmat tarmoqlari

66 830,3

101,8













mahsulotlarga sof soliqlar

20 114,8

98,9













grafikli tahlil usullari orqali bayon qilinadi. Bu esa iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mazmunini ilg‘ab olishni ancha qiyinlashtiradi.


Nihoyat mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning ishlab chiqarish natijalariga mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Butun milliy iqtisodiyotning natijalarini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ‒ yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), bandlik, ishsizlik, inflatsiya darajasi va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yil davomida mamlakat ichida va chet ellarda yaratilgan barcha pirovard mahsulot (tovar va xizmat)larning bozor narxlari summasi sifatida aniqlanadi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni to‘ldiradi. YaMM hajmini hisoblab topishda zaxiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinadi, chunki u joriy yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) ni aks ettiradi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri aniqlash uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmida sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf etish uchun, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat – bu biron bir subyekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xomashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) summasi kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i keskin farqlanadi. Shu sababli, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YaIM ma’lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va iste’mol qilishga tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatidir. U barcha ishlab chiqarish subyektlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida chiqadi. “Pirovard mahsulot” – bu iste’molga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlardir. Oraliq mahsulot – qayta ishlash, ishlov berishga va qayta sotishga mo‘ljallangan, tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishda to‘liq iste’mol qilinadigan mahsulotlardir. YaIM (YaMM)ni miqdoriy aniqlashda oraliq mahsulotlar qiymati chiqarilib, ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymati hisoblab chiqiladi. YaIM (YaMM) ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan, asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. YaIM (YaMM)dan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik moddiy xarajatlar summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.




    1. Download 51,62 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish