«muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi» kafedrasi



Download 0,63 Mb.
bet4/20
Sana15.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#366908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
normatova zilola 11-19

Mavzuni tanlash


Talabalarga tavsiya etiladigan kurs loyihasi mavzulari “Gaz ta’minoti tizimlari” fani dasturiga muvofiq tarzda kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlanadi. Talabaga kafedra tomonidan tavsiya etilgan mavzular tarkibidan istalgan mavzuni tanlab olish huquqi beriladi.

Ayrim hollarda talaba, kurs loyihasiga rahbar etib tayinlangan pedagog-xodim va kafedra mudiri bilan kelishilgan holda, kurs loyihasi mavzulari ro‘yxatiga kirmagan mavzuni tanlashi (agar bunga asos bo‘lsa) mumkin.

Odatda, kurs loyihasi mavzulari ro‘yxatidagi mavzular soni akademik guruhdagi kurs loyihasini bajaradigan talabalar sonidan 2 barobar ortiq bo‘ladi va bu holat talabalarning mavzularni tanlash imkoniyatini beradi. Shu sababli bir akademik guruhdan bir necha talaba bitta mavzuni tanlamagani maqsadga muvofiq (kurs loyihasi topshiriq varaqasining namunaviy ko‘rinishi ushbu ko‘rsatmaning 4-ilovasida keltirilgan).

Kurs loyihasi mavzusini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega, u yoki bu mavzuni tanlab olish tasodifiy bo‘lmasligi lozim. Ayrim talabalar mavzu tanlashdek muhim bosqichga jiddiy yondashmaydilar, natijada tasodifiy biror mavzuni olib, bir qancha vaqt o‘tgach, qator qiyinchiliklarga uchrab hamda qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, so‘ng kafedraga mavzuni o‘zgartirishni so‘rab murojaat qiladilar.

Shuningdek, ba’zi talabalar duch kelgan mavzuni tanlab, mavzu ustida yuzaki, hech bir tashabbus va izlanishsiz ishlaydilar. Bunday sovuqqonlik va loqaydlikdan, e’tiborsizlik va sustkashlikdan umumiy ish faqat zarar ko‘radi, kurs loyihasini bajarishdan ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi.

Bundan tashqari, kurs loyihasi mavzusini talaba kelgusida yozajak bitiruv-malakaviy ishining mavzusi va yo‘nalishini hisobga olgan holda tanlagani maqsadga muvofiq, chunki kurs loyihasi, ma’lum ma’noda, malakaviy ishda ko‘tariladigan masala va muammolarning nazariy asosini tashkil qiladi.

Qisqa qilib aytganda, kurs loyihasining mavzusini tanlashda qanday omil asos bo‘lishidan qat’i nazar, bu tasodifiy emas, asoslangan va to‘g‘ri qabul qilingan qaror bo‘lishi kerak. Talaba o‘z ilmiy rahbariga, nafaqat, o‘zi tanlagan kurs loyihasining mavzusini, balki aynan shu mavzuni tanlash sababini ham izohlashi tavsiya etiladi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish