2
4-rasm.
-misol. Silindr bilan yarim halqaning kesishish chizig’i yasalsin (5-rasm).
Yasash: gorizontal proyeksiyadan ko’rinib turibdiki, sirtlar qisman kesishgan, demak, kesishuv chizig’i yopiq bir egri chiziq bo’ladi. Kesishuv chizig’iga oid nuqtalarni topish uchun V tekislikka parallel tekisliklardan foydalanamiz. Bunday tekisliklar silindrni yasovchilari bo’yicha, yarim halqani yarim aylanalar bo’yicha kesadi. Masalan, Q tekislik silindrning sirtini AB va A1B1 yasovchilari bo’yicha, yarim halqani radiuslari O030 va O040 kesmalarga teng yarim aylanalar bo’yicha kesadi. Bu yasovchilarning frontal proeksiyalari bilan yarim aylanalarning frontal proyeksiyalari kesishib, izlangan egri chiziqda yotgan to’rt nuqtaning 3″, 4″, 3″1, 4″1 proyeksiyalarini beradi. Shu yo’l bilan topilgan barcha nuqtalarni bir-biriga tartibli ravishda tutashtirsak, kesishuv chiziqning frontal proyeksiyasi hosil bo’ladi, kesishuv chizig’ining gorizontal proyeksiyasi silindrning gorizontal proyeksiyasiga to’g’ri keladi.
5-rasm. 6-rasm.
3-misol. Shar bilan silindrning kesishuv chizig’i yasalsin (6-rasm). Silindrning o’qi (O1) sharning markazidan o’tgan emas va H tekislikka perpendikulyardir.
Yasash: gorizontal proyeksiyadan ko’rinib turibdiki, silindrning hamma yasovchilari sharni kesib o’tgan, shuning uchun yarim sharda bir fazoviy egri chiziq, hosil bo’ladi. Bu chiziqning gorizontal proyeksiyasi silindrning gorizontal proyeksiyasiga – aylanaga to’g’ri keladi.
Kesishuv chizig’iga oid nuqtalarning frontal proyeksiyalarini topish uchun V tekislikka parallel yordamchi tekisliklardan foydalanamiz. Bunday tekisliklar bilan shar sirtning kesilishidan hosil bo’lgan aylanalar V tekislikka o’zgarmay proeksiyalanadi.
Bu aylanalarning tegishli yasovchilar bilan kesishuv nuqtalari izlangan nuqtalar bo’ladi.
Oldin izlangan kesishuv chizig’ining xarakterli (tayanch) nuqtalarini topamiz; bunday nuqtalar qatoriga shar va silindr proeksiyalarining konturlaridan o’tgan 4″, 6″, 3″, 7″ nuqtalar, eng pastki 8″ nuqta, eng yuqorigi 9″ nuqta va V tekislikka eng yaqin 1″ nuqta, eng olis 5″ nuqta kiradi. Ko’rsatilgan tayanch nuqtalarning hammasi epyurda frontal tekisliklar (PH, QH, RH, ...) vositasi bilan topilgan.
Eng pastki va eng yuqorigi nuqtalar (8, 9) sharning markazidan va silindrning o’qidan o’tgan tekislikda, ya’ni ularning umumiy simmetriya tekisligida bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, xususiy vaziyatdagi yordamchi tekisliklardan kesishuvchi sirtlar proyeksiya tekisliklariga nisbatan xususiy vaziyatda joylashgandagina foydalanish qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |