1.10. Tekislikning proeksiya tekisliklariga nisbatan turli vaziyati
Tekislik proeksiya tekisliklariga nisbatan umumiy va xususiy vaziyatda joylashishi mumkin.
Umumiy vaziyatdagi tekisliklar proeksiya tekisliklariga nisbatan qiya joylashgan bo‘ladi. 1.25-shaklda berilgan tekislik umumiy vaziyatdagi tekislikka misol bo‘ladi. Bu tekislik proeksiya tekisliklari bilan kesishib izlar uchburchagini (x,y,z) hosil qiladi.
Xususiy vaziyatda joylashgan tekisliklar proeksiya tekisliklariga nisbatan parallel yoki perpendikulyar joylashgan bo‘ladi.
Agar tekislik proeksiya tekisliklaridan birortasiga perpendikulyar bo‘lsa, bu tekislik proeksiyalovchi tekislik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |