148
19. GRUNTLARNING UMUMIY TARKIBI VA FIZIK
XOSSALARI
Gruntlarning muhandis - geologik sifatini baholashda, ularning fizik
xossalari: zichligi, hajmiy massasi, g’ovakligi, plastikligi, namligi muhim
ahamiyatga egadir.
Gidrofizik xossalariga esa, suv o’tkazuvchanligi, kapillyarligi kiradi.
Gruntlarning tarkiblarini xarakterlovchi ko’rsatgichlar: granulometrik va
mineralogik tarkiblardir.
Gruntlarning zichligi
deb – uning qattiq, quruq zarrachalari massasining,
shu zarrachalar egallagan zich hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Uni quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
k
k
v
m
;
(19.1)
Bu yerda;
- grunt zichligi, g/sm
3
;
m
k
– quritilgan grunt qattiq zarrachalar massasi, gr;
v
k
- gruntlardagi qattiq zarrachalar egallagan zich hajm, sm
3
;
Gruntning zichligi, uning ximiyaviy va mineralogik tarkibiga bog’liq bo’lib,
o’rtacha tog’ jinslarida 2,60 –2,75 g/sm
3
oralig’ida bo’ladi.
19.1-jadval
Grunt
(tog’ jinsi)
Zichlik g /sm
3
Grunt
(tog’ jinsi)
Zichlik g /sm
Do'stlaringiz bilan baham: